112
huquqshunoslikka qobiliyat mavjud bo’ladi.
Allomaning fikricha, bolalarni o’qitishni yo’lga qo’yishda faoliyatning o’yin
shaklida uyushtirishdan boshlash maqsadga muvofiqdir. Ularni o’qitishga o’rgatishda
shoshqaloqlikka yo’l qo’yish yaramaydi. Chunki bola, avvalo, harflar, keyin esa
so’zlar o’rtasidagi bog’liqlikni tutilmasdan ta’minlash imkoniyatiga ega emas. Ular
bir necha bor mashq qilganlaridan keyingina ham to’g’ri, ham tez o’qiy oladi.
Bolalarga yozishni o’rgatishda esa o’qituvchi matnning mazmuniga diqqatni qaratishi
zarur. Bunda matn mazmunining shunchaki quruq pand-nasihatdan iborat bo’lmay,
o’zida axloqiy qoidalarni ifodalashini inobatga olish muhimdir.
Mark Kvintilian o’qituvchi obrazida bilimli, yuksak madaniyatli, bolalarni
sevadigan, ularga chin dildan ta’lim beradigan, o’quvchilarni taqdirlash va jazolashda
nihoyatda ehtiyotkor shaxsni ko’radi. U namunali o’qituvchi sifatida Sitseronni
e’tirof etadi. Ta’limda bo’lgani kabi tarbiya jarayonida ham o’qituvchi o’quvchilar
bilan bir qadar yuqori turib munosabatda bo’lishi, biroq, bunda me’yor chegarasidan
chiqmasligi lozim.
O’quvchilarni jismonan jazolashga rag’bat bildirishdan qochish kerak. Bolalarni
jismonan jazolashdan avval ularni yaxshiliklar qilish va haqiqat uchun kurashishga
o’rgatish maqsadga muvofiqdir. Faqat keyingina o’quvchilarning u yoki bu talablarni
buzganliklari uchungina jazolash to’g’ri bo’ladi. O’qituvchi va murabbiylar bolalarga
nisbatan ota-onalarcha mehr-muhabbatga ega, ta’lim nazariyasi asoslaridan xabardor
va ma’rifatli inson bo’lishlari zarur.
Mark Kvintilian ijtimoiy tarbiyaning tarafdori edi. Chunki ijtimoiy tarbiya
individual, uy tarbiyasiga ko’ra bir qator afzalliklarga ega. Mashhur pedagog maktab
ta’limining o’quvchilarda o’zaro musobaqalashish, do’stlik munosabatlarini
o’rnatish, jamiyatda ustuvor bo’lgan axloq me’yorlarini o’zlashtirish, qunt bilan
o’qish asosida mavjud qobiliyatlarni rivojlantirish ko’nikmalarini shakllantirish
mumkinligini ifodalovchi ijobiy omillariga e’tiborni qaratadi. Ijtimoiy tarbiyani
tashkil etadigan o’qituvchi, agar u, tarixchi va notiqlarning ishlari bilan yaqindan
tanish bo’lsa, o’quvchilarning tezda muvaffaqiyatga erishishlariga yordam beradi,
diqqatlarini go’zallikka qaratadi, xatolarini to’g’rilaydi, o’quvchilarni doimo mustaqil
fikrlashga o’rgatadi. O’z asarida Mark Kvintilian har predmetning ta’lim tizimidagi
ahamiyatini batafsil yoritadi.
Do'stlaringiz bilan baham: