O’z-o’zini tarbiyalash
– bolalar, o’smirlarning o’zlarini o’zlari idora qilish,
o’zlarida ijtimoiy qadrga ega bo’lgan yangi xarakter xususiyatlari, odatlarini hosil
qilish, takomillashtirish, mavjud salbiy xislatlarni bartaraf etish, o’zgartirishga
yo’naltirilgan ongli ichki faoliyati. O’z-o’zini tarbiyalash ijtimoiy mavqeini
oshirishning ta’sirchan vositasi bo’lib, ular o’quvchilarni tashabbuskorlik va
mustaqillikka undaydi.
O’z-o’zini tarbiyalash g’oyasi ilk bor Imom al-G’azzoliy tomonidan ilgari
surilgan. Allomaning e’tirof etishicha, axloqiy sifatlar o’z-o’zini tarbiyalash va dono
ustoz-murabbiylarga taqlid qilish negizida shakllanadi. Ta’lim olish, aql-idrokning
o’sishida o’z-o’zini tarbiyalash muhim ahamiyatga ega.
Do'stlaringiz bilan baham: |