B abdullayeva, M. Usmonbayeva, O’. Asqarova, F. Ehsonova, S. Hakimov



Download 2,85 Mb.
Pdf ko'rish
bet35/478
Sana05.01.2022
Hajmi2,85 Mb.
#319548
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   478
Bog'liq
pedagogik-luat-izoxli-lugat

 
Avgustin, Avreliy 
(e. 354-430-y.y.) – adib, faylasuf, xristian dini g’oyalarining 
targ’ibotchisi. U Shimoliy Afrikaning Tagast shahrida tug’ilib, Gippon shahrida vafot 
etgan.  Adib,  asosan,  diniy  asarlar  yaratgan.  Uning  eng  mashhur  asarlari  22  ta 
kitobdan iborat “Ilohiy shahar haqida” va “Tavba” asarlaridir. Asarning dastlabki 10 
ta kitobida Rim imperiyasi tarixi, uning barpo etilishi, vayron bo’lishi, imperiyaning 
halokatiga  olib  kelgan  sabablar  tahliliga  doir  qarashlar  bayon  etilgan  bo’lsa,  qolgan 
12  ta  kitobda  esa  davlat  va  jamiyat  mohiyati  yoritilgan.  Garchi  Avreliy  Avgustin 
ta’limoti cherkovning ilm-fan ustidan mutlaqo ustunligini ta’minlashga xizmat qilgan 
bo’lsa-da,  uning  ayrim  qarashlari  zamonaviy  psixologiya  va  pedagogika  fanlari 
g’oyalari  uchun  asos  bo’lib  xzmat  qilgan.  Jumladan,  adib o’zining  “Tavba”  asarida  
jismoniy  jazolash  bolani  ruhiy  jihatdan  jarohatlashini  birinchi  bo’lib  isbotlagan.  U 
shaxsiy  ibratning  katta  tarbiyaviy  imkoniyatga  egaligini  ham  asoslaydi.  Adibning 
fikricha,  bo’ysunish,  intizom  va  ilm  o’rganish  o’sib-ulg’ayishi  uchun  muhim  shart-
sharoit  bo’lib  xizmat  qilsagina  shaxsning  axloqiy  kamolotga  erishishini  qayd  etadi. 
A.Avgustin  shaxsning  ishtiyoq  bilan  ta’lim  olishi  uni  qo’rqitish,  jazolash  asosida 
majburan  o’qitish  va  tarbiyalashdan  ko’ra  samarali  deb  hisoblaydi.  Shunga  ko’ra 
bolalarni  do’q-po’pisa  yordamida  majburlab  o’qitishni  qoralab,  o’z  qiziqishlariga 
ko’ra erkin o’qitish zarur ekanligi to’g’risidagi g’oyani ilgari suradi. A.Avgustinning 
boshlang’ich ta’limni olish (savod chiqarish)ga doir fikrlari ham ahamiyatlidir. Adib 
savod  chiqarishda  o’qish,  yozish  va  hisoblash  qoidalarini  o’zlashtirish  maqsadga 
muvofiqligiga  alohida  urg’u  beradi.  Faylasuf  nafaqat  pedagogik,  balki  psixologik 
hodisalar  mohiyatini  ham  tahlil  qilishga  e’tibor  qaratadi.  U,  jumladan,  bilish 


 
26 
mexanizmini  ochib berishga urinadi. Ya’ni,  “His  qilish  organlari  orqali uzatiladigan 
narsalar  bilan  tanishish  odatda  obrazlar  tarzida  emas,  balki  obrazlarsiz,  ichki 
tuyg’ular  yordamida  anglash,  anglangan  narsaning  asl  holida  yetkazib  berilishi  esa 
tarqoq, tartibsiz bo’lgan narsalarni xotirada jamlash, tartibga keltirish, yodda tutish va 
zarur bo’lganda qayta tiklash, eslash deganidir”. 
Allomaning  fikricha,  fanlarni  o’rganish  orqali  shaxs  obro’  qozonadi  va 
tafakkurga  ega  bo’ladi.  Vaqt  nuqtai  nazaridan  obro’  qozonish  ustunlik  qilsa,  ish, 
faoliyat  mohiyatiga  nisbatan  munosabatda  bo’lish  esa  shaxsda  tafakkurning  hosil 
bo’lishiga  yordam  beradi.    Adibning  falsafiy  qarashlari  orasida  diniy  axloq  va 
axloqiylik  masalalari  muhim  o’rin  tutadi.  Diniy  axloq  va  axloqiylik  mezonlarining 
mohiyatini  adib  o’z  hayoti  namunasi  asosida  tushuntiradi.  Zero,  u  xristian  dinini 
qabul  qilgunga  qadar  o’tgan  umrini  axloqsizlik,  undan  keyin  yangicha  qarashlar 
asosida kechirgan hayotini axloqiylikning namunasi sifatida e’tirof etadi. A.Avgustin 
yoshlarni  o’zining  xatolaridan  saboq  olishga,  “insoniy  axloq  talablarini  buzish, 
nojo’ya xatti-harakatlarni sodir qilish”dan qochish, ta’lim va tarbiya asosida axloqiy 
sifatlarni  o’zlashtirishga  da’vat  etadi.  Adibning  fikrcha,  axloqiylikni  tarbiyalashda 
“bir-birini  o’qitishga  asoslangan  birgalikda  ta’lim  olish”  metodi  samaralidir. 
A.Avgustinning  mazkur  fikri  “tengdosh-tengdoshga”  tamoyili  ko’rinishida  adib 
qarashlarining  zamonaviy  pedagogik  amaliyotda  samarali  qo’llanilayotganligini 
tasdiqlaydi. 
Faylasuf hatto estetik kategoriyalarni ham o’rganishga urinadi. M: u tomonidan 
“go’zallik”  tushunchasining  mohiyati  tahlil  qilinadi.  Go’zallikni  ikki  turga,  ya’ni, 
yerdagi go’zallik va ilohiy go’zallikka ajratadi.  
A.Avgustin  o’zining  “O’qituvchi  to’g’risida”  nomli  asarida  esa  falsafiy 
qarashlarining asosiy masalasi – inson kategoriyasini tahlil qilishga harakat qiladi. Bu 
boradagi  tahlilni  tashkil  etishda  o’z  davrida  o’qitishning  asosiy  metodi  bo’lgan  – 
suhbat  (o’qituvchi  sifatida  o’zi  bilan  o’quvchi  o’rtasidagi  suhbat)dan  samarali 
foydalanadi.  Faylasuf  o’qitish  tizimida  “dialog-monolog”  qanchalik  muhim  bo’lsa, 
ko’rsatmali-hissiy  o’qitish  shunchalik  ahamiyatli  ekanligiga  e’tiborni  qaratadi.  U, 
shuningdek,  o’rta  asrlar  ta’limida  ustuvor  bo’lgan  metod  –  tushunmasdan  yodlash, 
mexanik yod olishni keskin qoralaydi.      

Download 2,85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   478




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish