B abdullayeva, M. Usmonbayeva, O’. Asqarova, F. Ehsonova, S. Hakimov



Download 2,85 Mb.
Pdf ko'rish
bet34/478
Sana05.01.2022
Hajmi2,85 Mb.
#319548
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   478
Bog'liq
pedagogik-luat-izoxli-lugat

 
“Avesto”  asari 
(qad.  parfiyon.  “apastak”  –  matn)  –  zardushtiylik  dinining 
muqaddas  kitobi. Tarixiy  ma’lumotlarga ko’ra  e.av. VII  asrning  oxiri va  VI  asrning 
boshlarida  Xorazmda  yaratilgan.  Asar  g’oyalari  uzoq  yillar  davomida  shakllangan. 
“Avesto”ning kitob holida to’liq shakllanishi e.av. I asrga to’g’ri kelgan.  
Zardushtiylik  g’oyasining  asoschisi  Zardusht  sanaladi.  Xorazmda  yashagan 
chorvadorlar  oilasi  spitama  urug’iga  mansub  bo’lgan  Zardusht  e.av.  VI  asrda 
yashagan.  Uning  otasini  Paurushaspa,  onasini  esa  Dugdova  deb  deb  atashgan. 
Zardushtning ota-onasi ot va tuya boqib tirikchilik qilgan.  
O’z davrida Zardusht qabilalarning ko’p xudolikka sig’inishlari, ko’p qurbonlik 
keltirish  oqibatida  chorva  mollarining  qirilib  ketayotgani, buning  natijasida  esa  turli 
qabilalar  o’rtasida  nizo,  urushlar  avj  olayotganligini  ko’rib,  ularning  oldini  olish 
to’g’risida o’ylay boshlaydi.  Qabilalarni o’zaro totuvlikka, kishilarni ahillikka targ’ib 
etuvchi  g’oyalarini  ilgari  sura  boshlagan  Zardusht  qabila  boshliqlarining 
qarshiliklariga duch keladi. Zardusht ko’p xudolikka qarshi yakka xudolik g’oyasini 
targ’ib  etadi.    Yaxshilik  va  ezgulik  xudosi  Axura  Mazdani  himoya  qilar  ekan, 
Zardusht tinchlikni qaror toptirishga urinadi.  
Zardusht ta’limotini qabul qilishni istamagan qabilalarning boshliklari uni ta’qib 
etishga  kirishadi.  Shu  sababli  u  Ray  (Eron)ga  qochadi  va  o’z  dinini  o’sha  yerda 
targ’ib  etadi.  Zardusht  g’oyalari  asosida  shakllangan  “Avesto”  asarini  Eron  shohi 
Vishtasp (Gushtasp)ga taqdim etadi. G’oyalarning ezguligi, tinchlik va ahillikni qaror 
toptirishga  xizmat  qilishi  shoh  Vishtaspga  yoqadi.  Shoh  Vishtasp  Zardushtiylik 
ta’limotining  homiysiga  aylanadi.  Vishtaspning  farmoniga  binoan  otashxona  — 
ibodatxonalar qurdiriladi va zardushtiylik dini keng tarqaladi. 
Tarixiy manbalarda ko’rsatilishicha,  “Avesto” asari 1200 bobdan iborat  bo’lib, 
shoh  Vishtaspning  farmoniga  ko’ra  o’n  ikki  mingta  oshlangan  mol  terisiga  oltin 
harflar  bilan  yozilgan.  Asarning  eng  qadimgi  nusxasi  Aleksandr  Makedonskiyning 
Markaziy  Osiyoga  qilgan  yurishigacha  Istahr  shahrida  saqlangan.  A.Makedonskiy 
shaharni  bosib  olgach,  “Avesto”  asaridagi  tibbiyot,  astronomiya,  falsafa  sohalariga 
oid matnlarnigina yunon tiliga tarjima qildirib, qolganlarini yoqtirgan.  
Arablar  tomonidan  Eron  bosib  olingach  (VII  asr),  zardushtiylarning  bir  qismi  
Hindistonga  ko’chib  o’tgan  bo’lib,  ularning  avlodlari  hozir  ham  mavjud. 
Zardushtiylar o’zlarining Bombey shahridagi jamoalarida “Avesto”ning asl nusxasini 
hanuzgacha saqlab keladi.    
Ayrim tadqiqotchilar (m: N.Mallaev) “Avesto”ning 1324 yilda ko’chirilgan eng 
qadimgi  nusxasi  hozirda  Kopingagen  kutubxonasida  saklanishini  ko’rsatishgan 
bo’lsa,  boshqa  bir  guruh  olimlari    (m:  V.A.Livits)  esa  Zardusht  g’oyalarining  eng 
qadimgi qo’lyozma nusxasi 1288 yilda yaratilganini ta’kidlab o’tadi. 
“Avesto”  asarining  tarkibiy  tuzilmasi  quyidagicha:  1.  Duolar  to’plami  – 
Vendidat-sede (Pok Vendidot) bo’lib, unga “Yasna” va “Vispered” ham kiritilgan. 22 
bobdan  iborat  bu  kitobda  yomon  ruhlarni,  devlarni  yengish  voqealari,  gunohlardan 
pok  bo’lish  qoidalari  hamda  mifologik  unsurlarni  o’z  ichiga  oladi.  Asar  g’oyalari 
Axura  Mazda  bilan  Zardushtning  savol-javobi  shaklida  ochib  berilgan.  “Avesto”da 


 
25 
qayd  etilishicha,   Axura        Mazda            ezgulik, yaxshilik,       xayrli        ishlar  homiysi 
sanalsa, Anxra Manu (Axriman) o’z yurtida yomonlik yaratadi. 2. Sharhlar kitobi  – 
“Zand Avesto” bo’lib, unga ham “Vendidat”, “Yasna”, “Vispered” kiritilgan, biroq, 
asosan,  sharhlar  o’rin  olgan.  24  bobdan  iborat.  “Vispered”ga,  asosan,  ibodat 
qo’shiqlar kiritilgan. 3. “Yasna”lar. Unda 72 bobda diniy ibodatlar paytida, qurbonlik 
keltirish  marosimida  aytiladigan  qo’shiqlar,  xudolar  madhiyasi  va  b.  o’rin  olgan. 
Ushbu  bo’lim  “Gotlar”  deb  ham  ataladi.  4.  Yashtlar.  U  zardushtiylik  dinining 
xudolari,  ma’budalari  madhiga  aytilgan  22  qo’shiq  (gimn)ni  o’z  ichiga  oladi.  5. 
“Xurde  Avesto”  (“Kichik  Avesto”).  U  Quyosh,  Oy,  Ardvisura,  Mitra,  olov  va  b. 
xudolar,  ma’budalar  sharafiga  yig’ilgan  kichik  ibodat  tekst  (gimn)lardan  tashkil 
topgan. Bu bo’limda to’g’rilik bilan yashash, ijtimoiy munosabatlarni tashkil etishda 
axloqiy unsurlarga amal qilish zarurligi ta’kidlanadi.  
“Avesto”da  oilaviy  munosabatlarni  yo’lga  qo’yish,  savdo-sotiqni  chorvachilik, 
dehqonchilik  ishlarini  tashkil  etish,  insonning  atrof-muhitga,  tabiatga  munosabati, 
sanitariya-gigiena  qoidalari,  hatto  huquqiy  masalalar  yoritilgan.  Zardushtiylik 
ta’limoti asosini “Avesto”da yaqqol o’z aksini topgan “oltin uchlik” (axloqiy triada): 
ezgu fikr, ezgu kalom (so’z), ezgu amal (ezgu ish) tashkil etadi.   
1999  yilda  YuNESKOning  XXX  sessiyasida  “Avesto”ning  jahon  madaniyatini 
rivojlantirishdagi  hissasi  inobatga  olinib,  asar  yaratilganligining  2700  yilligini 
xalqaro miqyosda nishonlash to’g’risidagi qaror qabul qilindi. Shu munosabati bilan 
2001  yilning  oktyabr  oyida  O’zbekistonda  “Avesto”  asarining  o’rganilishiga 
bag’ishlangan xalqaro ilmiy konferensiya, bayram tadbirlari tashkil etilgan.   

Download 2,85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   478




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish