Ta’lim muassasasi faoliyatini yorituvchi hujjatlar
– ta’lim muassasasining
boshqaruv organlari, rahbarlari, pedagogik tarkibi, o’quv, ilmiy-metodik, ma’naviy-
ma’rifiy, tashkiliy-boshqaruv va xo’jalik faoliyati mohiyati, yo’nalishlari, amalga
oshirilgan tadbirlar, ularning samaradorlik darajasi haqida ma’lumot beruvchi
hujjatlar. O’quv mashg’ulotlarining jadvali; o’quv dasturi; guruh jurnallari;
o’quvchilarning shaxsiy varaqalari; buyruqlar; Pedagogik kengash yig’ilishi
bayonnomalari va qarorlari; ta’lim muassasasi smetasi va pasporti; tarbiyaviy ishlar
rejasi; o’quv-tarbiya ishlarini tashkil etishga oid hisobotlar; ta’lim muassasasi
jihozlari (o’quv partalari, stol-stullar va h.k.) qayd etilgan daftar kabilar ta’lim
muassasasi faoliyatini yorituvchi hujjatlar sanaladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |