167
Platon tasviriy san’at bilan shug’ullangan, tragedik asarlar, epigrammalar,
komediyalar yaratgan. E.av. 408 yilda Platon ustozi Suqrot bilan uchrashadi va
dastlab uning shogirdlaridan biriga, so’ngra esa do’stiga aylanadi. Ular o’rtasida
sakkiz yil davom etgan do’stlik ayanchli yakun topadi: Suqrot o’limga hukm qilinadi;
Platon esa 12 yillik safarga otlanadi.
Safar davrida Platon Kichik Osiyo va Misrda bo’lib, taniqli faylasuflar
tomonidan mavjud ilmiy bilimlarni o’zlashtrishni davom ettiradi va bu o’lkalarda o’z
qarashlari bilan shuhrat qozonadi. Platon Janubiy Italiyada bo’lganida taniqli
matematik Pifagorning shogirdlari bilan tanishadi. Bu yerda allomaning qarashlari
bilan tanishib, o’z bilimlarini boyitadi. E.av. 387 yilda Afinaga qaytgan Platon bu
yerda bilimlar uyi – Akademiyani tashkil etadi. Alloma er.av. 347 yilda Afina
shahrida vafot etadi. Ulug’ mutafakkir Platon o’zining “Davlat” asarida tarbiyaning
katta ta’sir kuchiga egaligiga alohida e’tibor qaratadi. Allomaning yozishicha, “Har
bir ishda, ayniqsa, yoshlar tarbiyasida boshlang’ich bosqich nihoyatda muhim. Zero,
bu bosqichda o’qituvchi nimaning izini qoldirishni xohlasa, o’shaning izi qoladi”.
Platonning e’tirof etishicha, o’qituvchi (tarbiyachi) bola tarbiyasini tashkil
etishda ro’y berish ehtimoli bo’lgan “inqiroz”larni inobatga olishi bilishi va avvaldan
o’z o’quvchilarining ongida salbiy ta’sirlarga qarshi kurashish imkoniyatini
yaratuvchi tabiiy to’siqlarni qo’ya olishi lozim. Bu esa o’z navbatida o’qituvchi
(tarbiyachi) ishini yanada qiyinlashtiradi va uni yanada mas’uliyatli bo’lishga
undaydi. Aynan o’qituvchi (tarbiyachi) o’z o’quvchisining doimiy ravishda yakuniy
muvaffaqiyatning zarur sharti bo’lgan borliqni anglash sari qo’yilgan bir zinadan
ikkinchi zinaga ko’tarilish asosida kamol topib borishi uchun qayg’ura bilishi zarur.
O’qituvchi (tarbiyachi)ning o’quvchisiga bo’lgan muhabbati Afina maktablari
tizimiga xos bo’lib, u bevosita Platonning g’oyalari asosida shakllangan. Shu bois
mazkur holat “Platoncha muhabbat” deb nomlanadi. Buyuk alloma o’zining “Pir”
(“Bazm”) asarida murabbiyning pedagogik ideal sifatidagi timsolini yorqin
ifodalagan. Asarda aytilishicha, o’qituvchi o’z o’quvchisi, shogirdiga qanchalik
muhabbat qo’ysa, o’z navbatida shogirdi ham ustoziga nisbatan otashin muhabbat,
beg’araz intilish bilan yondashishi zarur.
Platon tarbiyani inson hayotining muhim asosi deya baholagan. Ya’ni: “Kim
qanday yo’nalishda tarbiyalangan bo’lsa, uning butun istiqbol yo’li xuddi shunday
bo’ladi”.
Do'stlaringiz bilan baham: