Pedagogika tarixi – pedagogik fikrlarning paydo bo’lish va rivojlanish tarixini,
turli davrlarda bola tarbiyasini tashkil etishga oid bilimlarning shakllanishini tadqiq
qiluvchi fan.
“Pedagogika universiteti talabalarining uzluksiz amaliyotini tashkil qilish dasturi” – tegishli yo’nalishda faoliyat yuritadigan universitetlarda uzluksiz
pedagogik amaliyotni tashkillashtirish va o’tkazilishining umumiy mazmunini
yorituvchi dastur. Dastur quyidagi tarkibiy tuzilmaga ega: 1. Umumiy qoidalar. 2.
Amaliyotni tashkil qilish. 3. 1-3-kurslar (yoki bitiruvchi kurs) talabalarining uzluksiz
pedagogik amaliyoti dasturi. 4. Pedagogik amaliyot modeli (tashkiliy jihatlari). 5.
Talabalar faoliyatini nazorat qilish, hisobga olish va baholash.