Navoiy, Alisher
(1441-1501 y.y) – alloma, davlat arbobi, SHarq
mutafakkirlaridan biri. Mutafakkir 1441 yil 9 fevralda Temuriylar davlatining
poytaxti Hirotda tug’ilgan. Otasi G’iyosiddin Muhammad zamonasining bilimdon
kishilaridan va Temuriylar xonadoniga yaqin shaxslardan bo’lgan. Yosh Alisherning
otasi uning iqtidorini zukkolik bilan anglagan holda har tomonlama kamol topishi
uchun zarur shart-sharoitni yaratishga harakat qilgan. 1449 yilda sal kam 40 yil
hukmronlik qilgan Shohrux Mirzo vafotidan keyin mamlakatda tartibsizliklar
boshlandi. Shu sababli Alisherlar oilasi 1449 yilda oilasi bilan Iroqqa ko’chdi.
Ko’chish vaqtida Alisher “Zafarnoma” asarining muallifi Sharofiddin Ali Yazdiy
bilan uchrashishga muvaffaq bo’lgan. 1452 yilda taxtga Abulqosim Bobur Mirzo
o’tirganidan keyin, Alisherning otasi Sabzavor shahriga hokim etib tayinlandi. Ammo
ko’p o’tmay, u vafot etdi. Shundan so’ng Abdulqosim Bobur Mirzo Alisher va
Husaynni Mashhad shahriga olib ketadi.
O’spirin yoshida Alisher bir muddat (1466-1469 y.y.) Samarqandda yashab,
145
ulug’ mutafakkir Fayzulloh Abu Laysdan ta’lim oldi. Sulton Husayn Bayqaro
(hukmronlik davri: 1469-1506 yillar) Xuroson taxtini egallagandan so’ng do’sti
Alisher Navoiyni Hirotga chorlab, dastlab muhrdorlik, 1472 yilda esa vazirlik, 1487
yilda esa Astrobodga hokimlik lavozimiga tayinlaydi. Qanday lavozimda ishlashidan
qat’iy nazar Alisher Navoiy ijtimoiy masalalarni ijobiy hal qilishga e’tiborni qaratdi.
O’z mablag’idan rabot, ko’prik, xanaqo, masjid, maktab, madrasa va shifoxonalar
qurdirdi. Muhtojlarga ehson ulashdi, ilm ahliga homiylik qildi. Ulug’ alloma 1501 yil
3 yanvar kuni Hirot shahrida vafot etdi.
Alisher Navoiy o’zidan boy madaniy meros qoldirdi. Alloma tomonidan
yaratilgan asarlar orasida “Xamsa”, “Xazoyin ul-maoniy” (“Ma’nolar xazinasi”),
“Vaqfiya”, “Nazm ul-javohir” (“Hikmatli so’zlar majmuasi”), “Tarixi anbiyo va
hukamo” (“Payg’ambarlar va tabiblar tarixi”, “Majolis un-nafois” (“Nafis majlislar”
tazkira), “Mezon ul-avzon” (“Vaznlar o’lchovi”), “Mahbub ul-qulub”
(“Ko’ngillarning sevgani”).
Ulug’ alloma o’z mablag’lari evaziga Ixlosiya madrasasini qurdiradi, uning
yonidan maktab ochib, o’z vaqfidan mablag’ ajratdi. Madrasada tahsil olayotgan
talabalarning tartib-intizomga qat’iy amal qilishlarini shaxsan o’zi nazorat qiltib
boradi.
Alisher Navoiyining “Mahbub ul-qulub” asari negizida insonparvarlik,
xalqparvarlik g’oyalari yotadi. Alloma inson haqida qayg’uradi, uning dardini
chekadi. Chin insoniy fazilatlarni ulug’laydi, ayrim kimsalar qiyofasida namoyon
bo’ladigan illatlarni qoralaydi. Asar quyidagi asosiy qismlardan iborat: 1-qism –
“Haloyiq ahvoli va afgori, aholining kayfiyati”. Unda turli tabaqalarning ijtimoiy
maqomi, vazifasi haqida so’z yuritiladi. Dehqonlar va ularning mehnati ulug’lanadi.
2-qism – “Yaxshi fe’llar va yomon xislatlar to’g’risida”. Bu qismda Odob va axloqqa
oid masalalar yoritiladi. Odabli insonlar ulug’lanishi, hurmatli bo’lishi ko’rsatiladi. 3-
qism – “Turli foydali maslahatlar va maqollar”. Ushbu qismda esa Saxiylik,
oliyjanoblik, muruvvat, karam, vafo, muloyimlik kabi insoniy xislatlar tahlil etiladi.
Alloma murabbiylarning xizmatlarini yuksak baholaydi, ularga nisbatan cheksiz
hurmat bildiradi. Murabbiylarning mehnati mashaqqatli ekanligini ta’kidlaydi. Bu
o’rinda “Mahbub ul-qulub” asarida quyidagilarni bayon etadi: “Uning ishi odam
qo’lidan kelmas, odam emas, balki dev ham qila bilmas. Bir kuchli kishi bir yosh
bolani saqlashga ojizlik qilardi, u esa bir to’da bolaga ilm va adab o’rgatadi, ko’rkim
bunga nima yetsin. Shunisi ham borki, u to’dada fahm-farosati ozlar bo’ladi, unday
kishiga yuzlarcha mashaqqat kelsa qanday bo’ladi. Har qanday bo’lsa ham, yosh
bolalarga uning haqqi ko’pdir. Agar shogird podshohlikka erishsa ham unga
(muallimga) qulluq qilsa arziydi.
Haq yo’linda kim senga bir harf o’qitmish ranj ila,
Aylamak bo’lmas ado oning haqin yuz ganj ila.
Alisher Navoiy o’qituvchining hurmatini qanchalik yuqori deb bilsa, ularning
faoliyatiga nisbatan talabni shunchalik oshiradi. Mutafakkirning fikriga ko’ra,
mudarrislar nafaqat bilimli, fozil va dono, balki ma’naviy jihatdan barchaga o’rnak
bo’la oladigan, kamtarin, ilmi toliblarga o’rnak bo’la oladigan, kasbiga mehr bilan
yondashadigan, qilgan mehnati uchun ta’ma qilmaydigan, nojoiz xatti-harakatlarni
sodir etmaydigan shaxslar bo’lishlari zarurligini aytadi: “mudarris kerakki, g’arazi
146
mansab bo’lmasa va bilmas ilmni aytishga urinmasa, manmanlik uchun dars berishga
havas ko’rgazmasa va olg’irlik uchun gap-so’z, g’avg’o yurgizmasa, nodonlikdan
sallasi katta va pechi uzun bo’lmasa, gerdayish uchun madrasa ayvoni boshi unga
o’rin bo’lmasa… Yaramasliklardan qo’rqsa va nopoklikdan qochsa, nainki, o’zini
olim bilib, necha nodonga turli xil fisq ishlarni mumkin, balki halol qilsa; qilmas
ishlarni qilmoq undan sodir bo’lsa va qilar ishlarni qilmaslik unga qoida va odat
bo’lib qolsa. Bu mudarris emasdir, yomon odatni tarqatuvchidir”.
Do'stlaringiz bilan baham: |