136
shiorni ilgari surib, uni madrasaning peshtohiga yozdirib qo’yadi. Madrasalardagi
o’qitish tizimini isloh qilib, unda falakiyot, matematika, geografiya kabi aniq fanlarni
o’qitishni joriy ettirdi. Natijada ta’lim mazmuni, sifati yaxshilandi, madrasalardagi
ta’lim muddati 15-20 yildan 8 yilga tushirildi.
Allomaning pedagogik qarashlarida bolalarning jismonan sog’lom, harbiy
hunarni puxta egallagan, jasur, mard bo’lib yetishuviga alohida ahamiyat berilgan.
Mirzo Ulug’bekning fikricha, ta’lim-tarbiyada matematika, falakiyot fanlari muhim
ahamiyatga ega, zero, bu fanlar bolaning aqliy salohiyati va qobiliyatini o’stirishda
muhim vosita bo’lsa, tarix va adabiyot fanlari esa bolalarning vatanparvar bo’lib
yetishishlariga xizmat qiladi. Ulug’ alloma axloqiy masalalarga to’xtalar ekan, bunda
insonlar o’rtasidagi o’zaro munosabat, do’stlik va birodarlik alohida ahamiyat kasb
etish kerakligini ta’kidlaydi. Uning fikricha, haqiqiy va soxta do’stlarni ajrata olish
lozim. G’arazli kishi hech qachon do’st bo’lmaydi, aksincha, g’arazgo’y kishi
boshqalarni to’g’ri yo’ldan ozdiradi. Do’st tanlashga e’tibor berilmas ekan, soxta
do’stlar ko’payadi. Bu esa odamlar o’rtasida nopok manfaatlarning rivojlanishini
ta’minlaydi. Shu bois g’arazgo’y kishilardan qanday yo’l bilan bo’lsa-da, yiroq
bo’lish, kasbi va xulq-atvori yaxshi, hamma hurmat qiladigan, xushfe’l kishi bilan
do’stlashish lozim, deya ta’kidlaydi. Beg’araz do’stlik va hamkorlikning yorqin
namunasini Mirzo Ulug’bek va allomaning sevimli shogirdi Ali Qushchi
munosabatlarida ham ko’rish mumkin. Agar Ali Qushki umrining oxirigacha
allomaga sodiq qolgan bo’lsa, Mirzo Ulug’bek o’zining mashhur asari “Ziji
Ko’ragoniy”ni unga ishonib topshirgan.
Mirzo Ulug’bek ta’lim-tarbiyada poraxo’rlik, qalloblik bo’lmasligi zarur
ekanligini uqtiradi. Mudarrislar odil va halol bo’lishga, o’z pedagogik mahoratlarini,
bilimlarini oshirib borishga, har bir mashg’ulotni yuqori saviyada tashkil etishga
da’vat qiladi. Allomaning fikricha, shundagina o’kuvchilarda bilim olishga nisbatan
qiziqish oshadi. Eng muhim qoida: tarbiyachi avval o’zini tarbiyalashi, bilim va
malakalarini puxta egallashi lozim. Alloma, shuningdek, ta’limda darsliklarning
o’rnini muhim deb biladi. Shuning uchun darslik mazmuniga katta e’tibor beradi va
mualliflar oldiga jiddiy talablar qo’yadi. Mirzo Ulug’bekning fikricha, darslik hayot
haqiqatidan uzoq bo’lmasligi, sodda, tushunarli tilda yozilishi lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: