Ishlab chiqarish amaliyoti – malakali mutaxassislarni tayyorlashga
yo’naltirilgan o’quv jarayonining muhim tarkibiy qismi. Amaliyot davrida nazariy
ta’lim hamda malakani va tanlangan ixtisoslikni o’zlashtirish bo’yicha amaliy
ishlarning ko’nikma va malakalarini egallash natijalarini mustahkamlash va
aniqlashtirish ro’y beradi. O’quv jarayonini amaliyot bilan almashtirish talablar bilan
o’zaro bog’langan obyektiv qonuniyatlarga asoslangan hodisa bo’lib, u bo’lajak
mutaxassis xatti-harakatlarini maksimal darajada kelgusi kasbiy faoliyatga
yaqinlashtiradi.