Akmeologiya
(qad. yun. “ακμή”, – cho’qqi, yuksak daraja, “λόγος” (“logos”) –
ta’limot) –
1)
individual rivojlanishning yuqori darajasi (akme)ga erishish
imkoniyatini ta’minlovchi qonuniyatlar va mexanizmlarni tadqiq etadigan fan;
2)
Rivojlanish psixologiyasining bo’limi.
Al-Buxoriy, Imom Ismoil
(810-970 y.y.)
–
hadisshunos olim, buyuk muhaddis,
Islom olamida tan olingan oltita sahih (ishonarli) hadislardan biri – “Al-jomi’ as-
sahih” asarining muallifi. Abu Abdulloh Muhammad ibn Ismoil al-Buxoriy milodiy
810 (hijriy 194)-yilda Buxoroda tavallud topgan. Iqtidorli Ismoil o’n yoshidan
boshlab hadis ilmini o’rganishga kirishadi. O’n olti yoshga to’lganda onasi va akalari
bilan birga haj safariga chiqib, to’rt yil Makka shahrida istiqomat qiladi. Makka
shahrida yashaganida payg’ambarimiz Muhammad (s.a.v.) tomonlaridan bayon
etilgan hadislarni to’plab tartibga solishni niyat qiladi. Ana shu maqsadda ko’plab
islom mamlakatlarida bo’lib, ulamolar bilan bevosita uchrashish, suhbatlashish
asosida ko’plab hadislar yozib oladi.
Imom Ismoil al-Buxoriy jami 600 ming hadis to’plab, 100 ming “sahih”
(ishonarli) va 200 ming “g’ayri sahih” (ishonarsiz) hadislarni yod olgan. Hadis ilmi
bobida islom olamida katta hurmat qozongan. Bu sohada ko’plab shogirdlar
yetishtirgan. Imom Ismoil al-Buxoriyning shogirdlari orasida Muslim ibn Hajjoj, Iso
at-Termiziy, Abu Zur’a, An-Nasoiy, Abu Bakr ibn Huzayma Yusuf al-Forobiy kabi
mashhur muhaddislar alohida o’rin tutadi.
Ulug’ muhaddis ona yurti Buxoroga qaytib kelgach, hadis ilmini targ’ib etishga
kirishadi. Biroq, bu harakat Buxoro hukmdorlariga yoqmaydi. Shu sababli Buxoroni
tark etib, Samarqand yaqinidagi Xartang qishlog’iga ko’chib o’tadi va o’sha yerda
istiqomat qilib qoladi. Hadisshunos olim milodiy 870 (hijriy 256) yilning Ramazon
hayiti kuni vafot etadi. Imom Ismoil al-Buxoriy shu yerning o’ziga dafn etiladi.
Imom Ismoil al-Buxoriyning “Al-Jomi’ as-sahih” (“Ishonarli to’plam”) deb
nomlangan 4 jilddan iborat hadislar to’plami islom olamidagi boshqa muhaddislar
tuzgan hadis to’plamlari orasida eng ishonarli va mukammalidir. To’plamdan
payg’ambarimiz Muhammad (s.a.v) hadislaridan tashqari, fiqh (Islom
huquqshunosligi), islom marosimchiligi, axloq-odob, ta’lim-tarbiya, o’sha davr tarixi,
etnografiyasiga doir ma’lumotlar ham o’rin olgan. To’plamga 7275 ta eng ishonarli
hadislar kiritilgan. Mazkur to’plam Islom mamlakatlarida ko’p marta nashr etilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |