Quyi Chirchiq XTB ga qarashli 37-umumiy o‘rta ta’lim maktabida
BOLA TARBIYASIDA OTA-ONA MASULMI YOKI O`QITUVCHI” VA “MEN TELIFONDAN TO`G`RI FOYDALANAMANMI” videorolik namoyishi yuzasidan o‘tkazilgan yig‘ilish
B A YO N N O M A S I
2021 yil 11-mart «SURUM» MFY
Raislik qiluvchi: M.D.Turdaxunova
| - |
Quyi Chirchiq XTB ga qarashli 37-umumiy o‘rta ta’lim maktabi direktori
|
Yig‘ilish kotibi:
J.A.Abdurashitov
|
-
|
Quyi Chirchiq XTB ga qarashli 37-umumiy o‘rta ta’lim maktabining ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari
|
Qatnashdilar:
|
-
|
Quyi Chirchiq tumani Surum MFY raisi G.Ismankulova, Quyi Chirchiq tumani IIB XPB profilaktika katta inspektori podpolkovnik J.A.Xudoyberdiyev xamda 37-umumiy o‘rta ta’lim maktabining Yoshlar itifoqi yetakchisi R.R.Suyarkulova va 7-8-9-10-11-sinf o‘quvchilari.
|
Kun tartibi
Toshkent viloyati IIB tamonidan “BOLA TARBIYASIDA OTA-ONA MASULMI YOKI O`QITUVCHI” VA “MEN TELIFONDAN TO`G`RI FOYDALANAMANMI?” nomli ijtimoiy videorolik namoyishi
Voyaga etmaganlar o‘rtasida jinoyatchilik va huquqbuzarlikning kelib chiqishini oldini olish
Voyaga etmaganlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish to‘g‘risida
So’zga chiqdi Quyi Chirchiq tumani IIB XPB profilaktika katta inspektori podpolkovnik J.A.Xudoyberdiyev so‘zga chiqib u o‘z so‘zida xozirgi kundagi dolzarb muammolar voyaga etmaganlar o‘rtasida jinoyatchilik va huquqbuzarliklar avj olib ketishi, uning salbiy oqibatlari haqida to‘xtaldi. Maktab o‘quvchilari ta’lim tarbiyasi ularning o‘quv jarayonidagi hatti harakatlari talab darajasida bo‘lishi o‘quvchilar qoidalariga doimo amal qilishlari zarurdir. Davlatimiz tomonidan yaratilayotgan keng imkonyatlar ulardan oqilona foydalanish zarurligi ta’kidlandi. Shunday imkoniyatlardan foydalanmay ayrim voyaga etmaganlarning turli jinoyat va huquqbuzarliklar yo‘liga kirib qolayotganlari achinarli hol ekanligini aytdi.
Shuningdek kun tartibida qo`yilgan masala yuzasidan Quyi Chirchiq tumani Surum MFY raisi G.Ismankulova “BOLA TARBIYASIDA OTA-ONA MASULMI YOKI O`QITUVCHI” VA “MEN TELIFONDAN TO`G`RI FOYDALANAMANMI” mavzu yuzasidan fikr mulhazalar bildirib o`tdi:
“ … hozirgi vaqtda farzand tarbiyasi judayam dolzarb masala sababi borgan sari farzand tarbiyasiga loqaydliklar kopayib bormoqda, buning uchun nafaqat ota onalar va o`qituvchilar balki farzandning o`zi ham to`g`ri xulosa chiqarib oziga to`g`ri yo`l tanlash zarurdir.
Shundan so`ng ochiq muloqatda qatnashayotgan o`quvchilar orasidan Sagatova Gulchehra, Esanbayev Avaz va bir nechta o`quvchilarning o`z fikr mulohazalari ham tinglandi.
Shundan so‘ng maktab o‘quvchilariga “BOLA TARBIYASIDA OTA-ONA MASULMI YOKI O`QITUVCHI” VA “MEN TELIFONDAN TO`G`RI FOYDALANAMANMI” video filmi namoyish etildi.
Shundan so`ng yoshlar yetakchisi R.Suyarkulova so`zga chiqib o‘quvchilarga yuqorilardan kelib chiqib, bu video filmni ko‘rib o‘zlariga tegishli bo‘lgan xulosani chiqarib, hamda bunaqangi ochiq munozaralar har payshanba o`tkazilishi` o`quvchilar fikr mulohazalarini yanada boyitish rivojlantirish ishlari keng yo`lga qo`yish taklif etildi.
Kun tartibidagi masalalar yuzasidan yig‘ilish
QAROR QILADI:
Haftaning har payshanba kuni har hil mavzularda munozaralar tashkil etilsin.
Darslarga muntazam qatnashmayotgan o‘quvchilarni o‘qishga jalb qilishda “SURUM” MFY bilan bevosita hamkorlik kuchaytirilsin.
Maktab o‘quvchilarining bo‘sh vaqtlarini yanada mazmunli tashkil qilish maqsadida to‘garaklar faoliyati yanada jonlantirilsin.
Maktab direktori: M.D.Turdaxunova
MMIBDO‘: kotib J.A.Abdurashitov
Yoshlar yetakchisi: R.R.Suyarkulova
Do'stlaringiz bilan baham: |