A.Qodiriy nomidagi Jizzax Davlat pedagogika instituti Tasviriy san’at va mehnat ta’limi fakulteti Mehnat ta’limi va umumiy texnika fanlari kafedrasi Mexanizatasiyalash, avtomatlashtirish va robototexnika asoslari fanidan “Robototexnika asoslari” mavzusida o’tkazilgan ochiq dars
B A YO N N O M A S I
Jizzax sh. 4.12.2017-y
Raislik qiluvchi:
|
T. Aliboyev – uslubiy kengash raisi
|
Qatnashdilar:
|
Mehnat ta’limi va umumiy texnika fanlari kafedrasi pedagog-xodimlari (ro’yxat bo’yicha).
|
KUN TARTIBI:
X.Tog`ayevning “Robotexnika asoslari” mavzusidagi ochiq darsi muhokamasi
Raislik qiluvchi: Kun tartibidagi ushbu masala yuzasidan uslubiy kengash raisi T. Aliboyev so’zga chiqib, 2017 yilning 4-dekabrda o’qituvchi, X. Tog`ayev tomonidan IV bosqich talabalariga Mexanizatsiyalash, avtmatlashtirish va robototexnika asoslari fanidan “Robototexnika asoslari” mavzusidagi ochiq darsi o’tkazilganligini ma’lum qildi. U so’zining davomida X. Tog`ayev tomonidan mashg’ulot axborot kommunikatsion texnologiyalari hamda tarqatma materiallardan foydalanib, pedagogik va innovatsion texnologiyalarni qo’llab, dars so’ngida tarqatma test savollari bilan talabalarning yangi mavzu yuzasidan olgan bilimlari tekshirilganligi ta’kidladi.
Eshitildi: Shuningdek ushbu masala yuzasidan kafedra dotsenti M.Murtozayev va Dots.R.Umarovlar so’zga chiqdilar. Ular o’z so’zlarida X. Tog`ayevga darsga o’quv – uslubiy materiallar bilan to’liq qurollanib kirganligini, darsda talabalar davomati yaxshi bo’lganligini va o’qituvchi proyektordan foydalanib robotlar, robototexnika asoslari haqida yetarlicha ma’lumotlarni talabalar ongiga yetkazib bera olganligini ta’kidladi.
Eshitildi: Kafedra katta o’qituvchisi K.Yusupov va M.Yusurovlar so’zga chiqib, mavzu o’qituvchi tomonidan talabalarga to’liq yetkazib berilganligini, o’qituvchi nutqining ravonligini, jumalalar mantiqiy uyg’unlikka egaligini qayd etdilar.
Maruzaning texnologik xaritasi mavjud va mavzu bo’yicha slaydlar hamda to’liq tarqatma materiallar qilingan.
Qisqacha muhokamadan so’ng yig’ilish,
QAROR QILADI
1. O’qituvchi X. Tog`ayevning Mehnat ta’limi yo’nalishi bo’yicha IV bosqich talabalariga “Robototexnika asoslari” mavzusidagi ochiq darsi qoniqarli deb topilsin.
2. Yuqorida keltirilgan fikrlar inobatga olingan holda darsni yanada samarali tashkillashtirish va olib borish chora-tadbirlari ko’rish belgilab qo’yilsin.
3. O’qituvchi X. Tog`ayevning dars o’tish metodini atroflicha o’rganish va kafedraning yosh o’qituvchilari o’z darslarida samarali foydalanishlari tavsiya etilsin.
Yig’ilish raisi: T. Aliboyev
Kotibi: O. Karimov
Do'stlaringiz bilan baham: |