rRNK (ribosomal RNK)
rRNK 100–3100 nukleotiddan iborat, molekulyar massasi 35000–1100000, umumiy
RNKlarning 80% ini tashkil qiladi. rRNK ribosomada bo‗lib, oqsil sintezida qatnashadi, ya‘ni
ribosoma oqsillari bilan birikib, ribosomani tashkil qiladi va ribosomani iRNKda qadam-baqadam
siljishini ta‘minlaydi.
rRNK – yuksak polimer birikma. U oqsil bilan birikib, xujayra ichida aloxida submikroskopik
donalar – ribosomalar hosil qiladi. Ribosoma – oqsil sintezlanadigan fabrikadir unga
aminokislotalar yetkazib berib turiladi.
rRNK --- oqsil sintezi jarayonida ribosomalarning iRNK zanjirida qadam- baqadam siljishlari,
mexanik xarakatlarini amalga oshiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |