53
Xakimov Bahodir Absamatovich 91 971 61 42
5.Ma‘lum bir oqsil bo‘lagida 37 ta peptid bog‘ mavjud. SHu oqsil haqida axborot saqlovchi
DNK dagi 2-,6-, 9-juft nukleotitlar inversiyaga uchradi. Shundan so‘ng hosil bo‘lgan oqsildagi
aminakislatalar sonini aniqlang.
Yechim: Oqsil tarkibidagi 37 tapeptid bog‘ 38 ta aminakislota orasida joylashadi. Bitta
aminokislatani 3 ta nukleotit kodlasa, 38 ta aminokislatani 114 ta (38x3=114) nukleotit kodlaydi.
Ushbu oqsilsinteziga javobgar DNK malekulasi tarkibida esa ikki xissa ko‘p ya‘ni 228 (114 x 2 =
228 ) nukleotid bo‘ladi. Agar DNK dagi 2-, 6-, 9-juft nukleotitlar inversiyaga uchrasa, (inversiya-
bu xromasoma mutatsiyasi bo‘lib, xromasoma ayrim qismining 180 buralishi ) nukleotitlar
tarkibida son jihatdan hech qanday o‘zgarish yuz bermaydi, balki nukleotitlar joylashuvida
o‘zgarishlar yuz beradi. Natijada, DNK tarkibida nukleotitlar 228 taligicha qoladi. Ushbu DNK
dan transkripsiyalanadigan gen tarkibida 114 ta nukleotit bo‘ladi 114 ta nukleotit 38 ta
aminokislatani kodlaydi. Demak, oqsil tarkibida 38 ta aminokislata mavjud ekan.
6. Malum bir DNK bo‘lagidan 34 ta aminokislatagacha bo‘lgan oqsil sintezlanishi kerak edi.
Mutatsiya natijasida 3 ta aminokislata hosil bo‘lmadi. Mutatsiyaga uchragan DNK malekulasidagi
nukleotitlar sonini (a) va ushbu DNK malekulasining uzunligini toping (b).
Yechim: Malum bir dnk bo‘lagidan 34 ta aminokislataga ega oqsil sintezlandi, ammo
mutatsiya natijasida 3 aminokislata hosil bo‘lmadi. Natijada oqsil tarkibida aminakislatalar soni
31 ta bo‘lib qoladi.31 ta aminokislatani kodlash uchun 93 ta (31x3=93) nukleotit kerak bo‘lar
ekan. Demak, mutatsiyaga uchragan DNK malekulasining 1 zanjirida 93 ta ikkalazanjirida 186
ta nukleotit bo‘ladi. 93 ta mutatsiyaga uchragan DNK malekulasining uzunligini topamiz.
Qo‘shni nukleotitlar orasidagi masofa 0,34 nm ga teng. 93x0,34nm=62nm.
7. Malum bir DNK malekulasining uzunligi 316,2 nm Mutatsiyadan so‘ng uning uzunligi 306
nm bo‘lib qoldi. Mutatsiyaga uchragan nukleotitlar sonini va mutatsiyaga uchragan gendan
sintezlangan oqsildagi peptid bog‘lar sonini toping.
Yechim: uzunligi 316,2 nm ga teng bo‘lgan DNK malekulasining ikkala ipida 1860 ta
nukleotit bor. Qo‘shni nukleotitlar orasidagi masofa 0,34 nm ga tengdir 316 ,2 nm 0,34=930 ta
bitta zanjirida, 930 x2=1860 ikkala zanjirdagi nu kleotitlar soni. Mutatsiyadan so‘ng DNK
malekulasining uzunligi 306 nm bo‘lib qolgan. 306/0,34=900 ta nukleotid………..bir zanjirida,
900x2=1800 ta ikkala zanjirida. Demak, 60 ta nukleotid mutatsiyaga uchragan. 1860-1800=60 ta
8.Mutatsiyaga uchragan gen da 900 ta nukleotit….(mutatsiyalangan DNK ning bitta zanjiridan
sintezlangan …) Ushbu gendan sintezlangan oqsil malekulasida 300 aminokislata bo‘lib, ular
orasida 299 ta peptid bog‘ mavjud.
Do'stlaringiz bilan baham: