Gameta — generativ jinsiy hujayra.
Gametafit — o ‗simliklarda jinsiy hujayralami hosil etuvchi bo‗gin .
Gametalar sofligi qonuni – gametalarga 2 ta allel genlardan bittasining o‗tishi, o‗sha gameta
ikkinchi alleldan sof ekanligini ta‘kidlovchi qonun. Ikkinchi allel meyoz natijasida boshqa
gametaga o‗tadi.
Gaploid xromosomalar to‗plami — jinsiy hujayralarda boiadigan barcha xromosomalar
to‗plami (ln).
Gastrulyatsiyaning har xil yo‗llari - kovakichlilarda (hujayralar migratsiyasi), lansetnikda
(blastulaning bo‘lib kirishi), sudralib yuruvchilar va qushlarda (qat-qat joylashuv), amfibiyalarda
(o‗sib kirish).
Gemizigot gen — genotipda bir nusxada boigan retsessiv gen ta‘sirida belgining rivojlanishi.
Gen ekspressiyasi – DNKda kodlashgan informatsiyaningoqsil biosintezi, transkripsiya va
translyatsiya jarayonlarida ro‗yobga chiqishi.
Gen — oiganizmda maium funksiya bajaruvchi DNKdagi nukleotidlar izchilligi.
Gen regulyator — operatorga birikib strukturali genlar faoliyatini to‗xtatib qo‗yadigan
repressor oqsillarni sintezlovchi genlar.