8.5.Chala dominantlik Hayvon va o‗simliklar ustida olib borilgan tajribalarda birinchi bo‗g‗in duragaylarida chala
dominantlik hodisasi aniqlandi. Bunday hodisa Mendel tajribalarida ham kuzatildi. Ya‘ni birinchi
bo‗g‗in duragaylarida ota yoki onaning belgilari to‗liq ko‗rinmaydi. Faqatgina ota yoki onaga
ozgina o‗xshaydi. Misol: oq va sariq gulli nomozshomgul chatishtirilib pushti gulli duragay
olinadi. Bunda ikkinchi bo‗g‗in duragayning fenotip bo‗yicha ajralishi (3:1) genotip bo‗yicha
(1:2:1) ajralishga mos kelmaydi. Chunki geterozigota (Aa) gomozigotadan (AA) tashqi ko‗rinishi
bilan farq qilmaydi. Chala dominantlikda 2-bo‗g‗inida duragaylarning belgilar bo‗yicha fenotip va
genotip ajralishi bir xil bo‗ladi. Ya‘ni dominant gomozigota (AA) geterozigota (Aa) dan farq
qiladi. Nisbat quyidagicha bo‗ladi: 1 (AA) sariq: 2 (Aa) pushti: 1 (aa) oq gulli, shartli ravishda
sariq - dominant, oq esa - retsissiv deb olinadi. Chala dominantlikni to‗la dominantlikdan ajratish
uchun harflar ustiga chiziq qo‗yiladi. Masalan: (Āa).