B. A. Xakimov biologiya fanidan masalalar


Oqsil biosintezi bosqichlarining farqi



Download 6,45 Mb.
Pdf ko'rish
bet21/223
Sana08.02.2022
Hajmi6,45 Mb.
#435196
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   223
Bog'liq
Biologiyadan masalalar to\'plami

Oqsil biosintezi bosqichlarining farqi
Transkripsiya 
Transiyatsiya 
-
DNK dagi oqsil to‘g‘risidagi 
axborotni –RNK ga ko‘chirib 
o‘tilgandek yozilishi; 
-
Yadroda kechadi: 
- i-RNK dagi nukleotidlar ketma-
ketligini amino kislotalar ko‘rinishida 
namoyon bo‘lishi;. 
-Ribosomada kechadi: 


36 
Xakimov Bahodir Absamatovich 91 971 61 42
Oqsillarning biologik vazifasi asosan aminokislotalarning oqsil molekulasidagi o‗rni ya‘ni, 
ularning ketma-ketligi bilan aniqlanadi. Binobarin, bunday molekulalar biosintezi oldindan 
belgilangan reja bo‗yicha amalga oshishi kerak. Bunday reja DNK molekulasida 4 xil 
nukleotidlarning yordamida yozilgan bo‗lib, u oqsil molekulasining nusxasi yoki qolipi deb 
yuritiladi. 20 xil aminokislotaning DNK molekulasidagi 4 xil nukleotidlar yordamida ifodalanishi 
genetik kod deb ataladi. Har bir aminokislota 3 ta nukleotidning birikishidan hosil bo‗lgan triplet 
kod yordamida ifodalanadi. 20 ta aminokislotani ifodalash uchun 61 ta tripletli koddan 
foydalaniladi. Demak, bitta aminokislota 2 va undan ortiq kod yordamida ifodalanadi. Kodlarning 
umumiy soni 64 (43 = 4∙4∙4) taga teng. Qolgan 3 ta kod oqsil 
sintezining boshlanishi va tugallanishini bildiradi. Genetik kod barcha tirik organizmlar uchun 
universal hisoblanadi. Demak, u mikroorganizmlardan odamgacha bir xildir. Genetik kodning 
muhim xususiyatlaridan biri uning o‗ziga xosligi bo‗lib, bitta triplet bitta aminokislotaga mos 
keladi, oqsil biosintezi o‗ta murakkab jarayon bo‗lib, bunda xilma-xil ferment va RNKlar ishtirok 
etadi. Bu jarayon hujayraning maxsus sintez qiluvchi organoidi — ribosomalarda kechadi. 
Dastlab, aminokislotalar ATF energiyasi yordamida faol holga keladi va t-RNKlar yordamida 
ribosomalarga tashib keltiriladi. Oqsil to‗g‗risidagi axborot DNK molekulasidan i-RNKlar 
yordamida ko‗chirib olinadi va ribosomaga beriladi. 
Demak, DNKning zanjirlaridan birida RNK molekulasi sintezlanadi. i-RNK nukleotidlarning 
ketmaketligi DNK molekulasidagi nukleotidlar ketma-ketligiga mos (komplementar) bo‗ladi. 
Oqsil sintezi transkripsiya va translyatsiya bosqichlarda amalga oshadi. DNKdagi oqsil 
to‗g‗risidagi axborotni iRNKga ko‗chirib o‗tilgandek yozilishiga transkripsiya deyiladi. 
Transkripsiya yadroda kechadi. IRNKdagi nukleotidlar ketma-ketligini aminokislotalar 
ko‗rinishida namoyon bo‗lishiga translyatsiya 
deyiladi. Translyatsiya jarayoni ribosomada kechadi. Shunday qilib, sitoplazmada ribosoma va 
iRNKdan iborat oqsil sintez qiluvchi majmua hosil bo‗ladi. Ribosoma i-RNK bo‗ylab harakat 
qiladi va polipeptid zanjirning hosil bo‗lishi boshlanadi. Bu harakat davomida ribosomaga ketma-
ket ravishda aminokislotalar kelib qo‗shiladi. Aminokislota bilan tripletli kodining mos kelishini t-
RNK belgilaydi. oqsil molekulasi sintezi tugallangach, polipeptid zanjir ribosomadan ajraladi. 
Ribosoma va iRNK molekulasidan oqsillar biosintezida qayta-qayta foydalanish mumkin. 
DNK: 1-zanjir: A – G – A – A – T – S – G 
2-zanjir: T – S – T – T – A – G – S 
RNK zanjiri: A – G – A – A – U – S – G 
Xromosomalarning ximiyaviy tarkibi oqsil va DNK dan tashkil topgan. Ko‘pchilik genetik 
olimlar avvallari irsiyatning moddiy negizi oqsil deb hisoblaganlar. Lekin 1928 yilda angliyalik 
bakteriolog F.Griffits, 1944 yilda AQSH mikrobiolog genetigi O.Everi tomonidan bakteriyalar 
ustida olib borilgan tajribalar asosida irsiyatning negizi oqsil emas, nuklein kislotalar ekanligi 
aniqlandi. 
 
Nuklein kislota molekulasi ko‘p marta takrorlanuvchi nukleotidlardan iborat. Nuklein 
kislotalarning ikki xili: dezoksiriboza nuklein kislotasi (DNK) va ribonuklein kislota (RNK) 
mavjud. DNK asosan yadroda, RNK yadroda va sitoplazmada uchraydi. 


37 
Xakimov Bahodir Absamatovich 91 971 61 42
DNK – o‘zaro bog‘langan bir necha nukleotidlardan tashkil topgan ikkita (qo‘sh) 
polinukleotid zanjirdan iborat ekanligini 1953 yilda D.Uotson va F.Kriklar aniqlagan. Nukleotid 
organik azotli asos (purin yoki pirimidin), oddiy uglevod – pentoza (dezoksiriboza) va fosfat 
kislota molekulalarining ximiyaviy yo‘l bilan birikishidan hosil bo‘lgan mahsulotdir. 
DNK polimer molekulasining tuzilishida to‘rt xil nukleotid: sitozin va guanin (purin 
hosilalari), adenin va timin (pirimidin hosilalari) ishtirok etadi. Nukleotidlar o‘z nomining bosh 
harfi bilan ifodalab belgilanadi. M: Adenin nukleotidi – A, guanin nukleotidi –G va hokazo. 
DNK zanjiridan birining tuzilishi ikkinchisiga bog‘liq bo‘ladi. Zanjirning birida A - 
joylashgan bo‘lsa, uning ro‘parasiga T joylashadi, G - joylashgan bo‘lsa uning ro‘parasiga S 
joylashadi. SHunday qilib, zanjirning birida A-G-G-S-T-A-S-S nukleotidlari ketma-ket joylashgan 
bo‘lsa, ularning ro‘parasida T-S-S-G-A-T-G-G nukleotidlari joylashadi. Bu to‘ldirish prinsipiga 
asoslanadi. Hujayra bo‘linishidan oldin undagi DNK molekulalari ikki hissa ortadi, ya‘ni 

Download 6,45 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   223




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish