B. A. Xakimov biologiya fanidan masalalar


Yechim:  ✓ 2 ta gametadan 1 ta zigota xosil boʻladi. ✓ 1 ta zigotadan 4 ta ulotriks ipi xosil  boʻladi



Download 6,45 Mb.
Pdf ko'rish
bet122/155
Sana09.07.2022
Hajmi6,45 Mb.
#761416
1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   ...   155
Bog'liq
Biologiyadan masalalar to\'plami

Yechim: 

2 ta gametadan 1 ta zigota xosil boʻladi.

1 ta zigotadan 4 ta ulotriks ipi xosil 
boʻladi.
 
1) 256/2=128 ta zigota xosil boʻlishi kerak edi. Lekin 25%i zigota xosil qildi.
2) 128 ----------100% 
32=X---------25% 
32 ta zigota xosil boʻldi. Shu zigotalarni 50%idan ip hosil boʻldi.
3) 32 ------------100% 
16=X----------50% 4) 16•4=64 ta. 
 


201 
Xakimov Bahodir Absamatovich 91 971 61 42
12. 5.Suvo‟tlar, sporali va ochiq urug‟li o‟simliklarda ko‟payish 
Suvo‘tlar, sporali va ochiq urug‘li o‘simliklarda ko‘payish 
 
Funariya 
Funariya yo'sinining ko'payish usuli ancha murakkab. Poyasining uchidagi ko'p hujayrali 
jinsiy a'zolarda — anteridiylarda ko'p miqdorda ikki xivchinli harakatchan jinsiy hujayralar 
(spermatozoidlar) hosil bo'ladi. 
Urg'ochisining jinsiy a'zolari — arxegoniylar kolba shaklida bo'ladi. Har bir arxegoniyda 
bittadan tuxum hujayra hosil bo'ladi. 
Bahorgi yog'ingarchilik paytida, yo'sinlarning ustini suv bosib, anteridiy va 
arxegoniylarning uchi ochiladi. Spermatozoidlar anteridiydan suvga chiqadi, xivchinlari orqali 
harakat qilib, arxegoniylar ichiga kiradi va ularning ichidagi tuxum hujayra bilan qo'shilib, 
zigota hosil qiladi. Oradan ozgina vaqt o'tgach, zigota o'sib, qisqa bandli, ichida sporalar hosil 
bo'ladigan ko'sakcha — sporangiyga aylanadi. Sporalar yetilgandan so'ng to'kiladi va 
tarqaladi. 
Nam tuproqqa tushgan spora o'sib, ko'p hujayrali, shoxlangan, ingichka yashil iplami beradi. 
Ip shoxlarida kurtaklar paydo bo'ladi. Har bir kurtakdan esa yangi funariya yo'sini o'sib 
chiqadi. 
Qirqbo‘g‘im 
Erta bahorda dala qirqbo'g'imining ildizpoyasidagi kurtaklardan poya o'sib chiqadi. Bu 
poya qo'ng'ir rangli, shoxlanmagan bo'lib, uchida spora beruvchi bitta boshoq yetishadi. 
Spora beruvchi boshoqlarda yetishgan sporalar tashqariga chiqqach, suv yoki shamol 
yordamida tarqaladi. O'sish uchun qulay sharoitga tushgan sporalarning ayrimlaridan erkak 
o'simta, ayrimlaridan esa urg‘ochi o'simta unib chiqadi. Erkak o'simta kichkina, chetlari 
bo'lingan. Undagi anteridiyda ko'p xivchinli spermatozoidlar yetishadi. Urg'ochi o'simta esa 
erkak o'simtadan biroz kattaroq bo'lib, undagi arxegoniy ichida tuxum hujayra hosil bo'ladi. 
Spermatozoidning tuxum hujayrasiga kelib qo'shilishi (urug'lanish) qirqbo'g'imlarda faqat 
suvda amalga oshadi. Urug'langan tuxum hujayradan hosil bo'lgan murtak o'sib, yangi 
o'simlik — sporafitni hosil qiladi. 
Yozning boshlarida dala qirqbo'g'imining ildizpoyasidan yozgi poya o'sib chiqadi. Bu poya 
nozik, yashil va shoxlangan bo'ladi. U fotosintez jarayonida organik moddalami hosil qilishda 
ishtirok etadi. 
Qirqbo'g'imlar sporalari orqali ko'payishdan tashqari ildizpoyalari orqali vegetativ yo'l 
bilan ham ko'payadi. 
Qirqquloqlar 
Qirqquloqlarning ko'payishi ham xuddi qirqbo'g'imlarnikiga o'xshash jinssiz va jinsiy 
bo'g'inlarning gallanishi bilan sodir bo'ladi. Soruslardagi sporangiylar ichida yetilgan sporalar 
sporangiy po'sti yorilgach tashqariga chiqadi va shamol yoki suv yordamida tarqaladi. 
Nam tuproqqa tushgan sporadan gametafit o'sib chiqadi. Qirqquloqlarning gametafiti bo'yi 
1 sm keladigan, yashil, yupqa va yuraksimon bo'lib, pastki qismidagi rizoidlari bilan tuproqqa 
yopishib turadi. Lekin u uzoq yashamaydi. Gametafitdagi anteridiylarda ko'p xivchinli 
harakatchan spermatozoidlar, arxegoniylarda esa tuxum hujayra yetiladi. Yomg'ir paytida 
anteridiy va arxegoniy uchidan ochiladi va anteridiydan chiqqan spermatozoidlar arxegoniylar 
ichiga kirib, tuxum hujayra bilan qo'shiladi. Urug'langan tuxum hujayradan murtak hosil 
bo'ladi. Murtak esa o'sib, yangi qirqquloqni hosil qiladi. Qirqquloqlardagi vegetativ ko'payish 
ildizpoyalari orqali sodir bo'ladi. 
Archa 
Archa ikki uyli o'simlik. Bahor oxirlarida ayrim archa tuplarining yosh novdalarida mayda 
qubbachalar hosil bo'lib, ularda juda ko'p miqdorda chang yetishadi. Bu qubbachalar 
changchili qubbalar deb ataladi. Shu vaqtda archaning boshqa tuplarida uzunligi 0,5—1 sm 
keladigan sharsimon qubbalar hosil bo'ladi. Bu qubbalar urug'chili qubbalar deb ataladi. 
Urug'kurtakdagi arxegoniy ichida esa tuxum hujayra yetishadi. Unda esa urug'kurtak 
joylashadi. Changchi qubbachalarda yetilgan chang boshqa tupda yetilgan urug'chi 
qubbalarga kelib tushadi va uni changlantiradi. Urug'kurtakka tushgan chang ma'lum vaqt 
o'tgach tuxum hujayrani urug'lantiradi. 
Qarag‘ay 
Changchili qubbalari bahor oylarida yillik novdalarning pastki qismida boshoqsimon zich 
«to'pgul» hosil qilib o'mashadi. Qubbalarning o'rtasidan o'tadigan o'qda spiral shaklida 
tangachalar, tangachalaming ostki qismida changdonlar o'rnashgan. Changdonlar ichida 
changlar hosil bo'ladi va shamol yordamida urug'chi qubbalarga uchib o'tadi. 
Urug'chili qubbalari bittadan yoki ikkitadan uzun novdalarning uchida paydo bo'ladi. 
Qubbaning o'rtasidan o'qqa umg'chi tangachalar birlashadi. Bu tangachalarda 2 ta urug'kurtak 
joylashadi. Urug'langan tuxum hujayradan murtak, dan esa urug' hosil bo'ladi. Oddiy 
qarag'ayning qubbalari 2 yilda yetiladi shamol ta'sirida to'kila boshlaydi. 


202 
Xakimov Bahodir Absamatovich 91 971 61 42

Download 6,45 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   ...   155




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish