- 109 -
- 109 -
O‘zinduksiya EYK tebranishlarining amplitudasi qanchaga teng
(V)?
A)180 B)0,2 C)45 D)6
100. O‘zgaruvchan tok zanjiri uchun Om qonuni. Rezonans
1. O‘zgaruvchan tok zanjiridagi g‘altakning to‘la qarshiligi qaysi
formula bilan ifoda etiladi?
A)R=ρl/S B)ωL C)
( )
2
2
L
R
w
+
D)ωC
2. Cho‘g‘lanma lampaga ketma – ket induktiv g‘altak ulangan. Bu
zanjir oldin o‘zgarmas tok manbaiga, keyin o‘zgaruvchan tok
manbaiga ulangan. Ikkala holda ham zanjirga qo‘yilgan
kuchlanishlar bir xil. Qaysi holda lampochka ravshanroq yonadi?
O‘zgarmas tokdami yoki o‘zgaruvchan tokdami?
A)o‘zgaruvchan tokda B)o‘zgarmas tokda
C)ikkala holda ham bir xil D)kuchlanishga bog‘liq
3. Elektr sig‘imi 100 μF bo‘lgan kondensator, induktivligi 200 mH
bo‘lgan g‘altak va qarshiligi 60 Ω bo‘lgan reostat ketma – ket
ulangan zanjirdagi tokning o‘zgarish qonuni i=8sin100t (A)
ko‘rinishga ega. Zanjirning to‘la qarshiligini aniqlang (Ω).
A)100 B)360 C)6400 D)80
4. Lampochka va kondensator o‘zgaruvchan tok tarmog‘iga ketma –
ket ulangan. Xuddi shunday yana bir kondensator zanjirdagi
kondensatorga parallel ulansa, lampochkaning cho‘g‘lanishi qanday
o‘zgarishini aniqlang.
A)ortadi B)kamayadi C)o‘zgarmaydi
D)ikkala holda ham lampochka yonmaydi, chunki kondensator tok
o‘tkazmaydi
5. O‘zgaruvchan tok manbaiga rezistor, kondensator va g‘altak
ulangan. Kuchlanish tebranishlarining amplitudasi rezistorda 4 V,
kondensatorda 6 V, g‘altakda 3 V ga teng. Manba qisqichlaridagi
kuchlanish tebranishlarining amplitudasi necha voltga teng?
A)6 B)5 C)4 D)3
6. 50 Hz chastotali o‘zgaruvchan tok zanjiriga 5 Ω aktiv qarshilikka
ega bo‘lgan rezistor va induktivligi 0,01 H bo‘lgan g‘altak ketma –
ket ulangan. Agar kuchlanishning samarador qiymati 220 V bo‘lsa,
bu zanjirdagi tok kuchining samarador qiymati nimaga teng (A)?
π
2
=10
A)54 B)44 C)37 D)27
7. Tok zanjiriga induktivligi 31,4 H bo‘lgan g‘altak va 314 nF
sig‘imli kondensator ketma – ket ulangan. O‘zgaruvchan tok
chastotasi 50 Hz bo‘lganda zanjirning to‘la qarshiligini (Ω) toping.
Tutashtiruvchi simlarning qarshiligi hisobga olinmasin. π
2
=10
A)0 B)1 C)10 D)6,28
8. Siklik (doiraviy) chastotasi 10
3
rad/s bo‘lgan o‘zgaruvchan tok
zanjiriga induktivligi 2 H bo‘lgan g‘altak va sig‘imi 1 μF bo‘lgan
kondensator ketma – ket ulangan. Zanjirning to‘la qarshiligini
hisoblang (kΩ).
A)1 B)3 C)10 D)30
9. Siklik (doiraviy) chastotasi 10
3
rad/s bo‘lgan o‘zgaruvchan tok
zanjiriga qarshiligi 15 Ω bo‘lgan rezistor va induktivligi 0,02 H
bo‘lgan g‘altak ketma – ket ulangan. Agar zanjirdagi to‘la
kuchlanishning amplituda qiymati 1 kV bo‘lsa, tok kuchining
amplituda qiymati nimaga teng bo‘ladi (A)?
A)5 B)35 C)40 D)70
10. Siklik (doiraviy) chastotasi 300 rad/s bo‘lgan o‘zgaruvchan tok
zanjiriga qarshiligi 4 Ω bo‘lgan rezistor va induktivligi 10 mH
bo‘lgan g‘altak ketma – ket ulangan. Zanjirdan o‘tayotgan tok kuchi
amplitudasi 50 A ga teng bo‘lsa, zanjir uchlaridagi kuchlanishning
amplituda qiymati nimaga teng (V)?
A)500 B)400 C)350 D)250
11. Siklik (doiraviy) chastotasi 10
4
rad/s bo‘lgan o‘zgaruvchan tok
zanjiriga qarshiligi 100 Ω bo‘lgan rezistor va sig‘imi 1 μF bo‘lgan
kondensator ketma – ket ulangan. Zanjirdagi tashqi kuchlanish
amplitudasi 300 V. Zanjirdan o‘tayotgan tok kuchi amplitudasi
topilsin (A).
A)3 B)2,1 C)1,5 D)4,2
12. O‘zgaruvchan tok zanjiriga sig‘im qarshiligi 10 Ω bo‘lgan
kondensator induktiv qarshiligi 20 Ω bo‘lgan g‘altak ketma – ket
ulangan. Agar tok kuchining samarador qiymati 2 A bo‘lsa, zanjir
uchlaridagi kuchlanishning samarador qiymati nimaga teng (V)?
A)20 B)30 C)40 D)60
13. O‘zgaruvchan tok zanjiriga induktiv g‘altak, kondensator va
rezistor ketma – ket ulangan. G‘altak, kondensator va rezistor
uchlaridagi kuchlanishlar, mos ravishda 30, 24 va 8. Zanjirdagi
umumiy kuchlanish nimaga teng (V)?
A)62 B)46 C)14 D)10
14. O‘zgaruvchan tok ketma – ket ulangan 30 Ω aktiv, 30 Ω sig‘im
va 30 Ω induktiv qarshiliklardan iborat. Zanjirning to‘la qarshiligini
toping (Ω).
A)120 B)30 C)24 D)8
15. O‘zgaruvchan tok zanjiri ketma – ket ulangan 18 Ω aktiv
qarshilik va 24 Ω sig‘im qarshilikdan tuzilgan. Tok bilan kuchlanish
tebranishlari orasidagi faza siljishining kosinusini toping.
A)0,5 B)
2
2
C)0,6 D)1
16. Elektr zanjiridagi kuchlanishlar U
L
=90 V,
U
C
=60 V bo‘lsa, U necha volt bo‘ladi?
A)100 B)140 C)20 D)30
17. O‘zgaruvchan tok zanjiriga g‘altak, kondensator va aktiv
qarshilik bir – biriga ketma – ket ulangan. Elektr zanjirda rezonans
ro‘y berganda, tok va kuchlanishlar orasidagi fazalar siljishi nimaga
teng bo‘ladi?
A)tok kuchlanishdan π/2 qadar orqada qoladi
B)tok kuchlanishdan π/2 qadar ilgarilab ketadi
C)fazalar farqi nolga teng
D)tok kuchlanishdan π qadar orqada qoladi
18. Zanjir ketma – ket ulangan 9 Ω aktiv qarshilik va 12 Ω induktiv
qarshilikdan tuzilgan. Tok bilan kuchlanish tebranishlari orasidagi
faza siljishining kosinusini toping.
A
Do'stlaringiz bilan baham: |