T/r
|
Chora-tadbirlar
|
Amalga oshirish mexanizmi
|
Bajarish muddati
|
Moliyalashtirish manbai
|
Ijro uchun mas’ullar
|
I. Prezident ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi ixtisoslashtirilgan maktab-internatlar va ixtisoslashtirilgan maktablarning ta’lim-tarbiya jarayonini takomillashtirish
|
1.
|
Agentlik tasarrufiga o‘tkazilayotgan ta’lim muassasalari faoliyatini tugatish.
|
1. Agentlik tasarrufiga o‘tkazilayotgan ta’lim muassasalari o‘quvchilarini yaqin hududlardagi tegishli ta’lim muassasalariga ko‘chirish.
|
2022-yil sentyabr
|
-
|
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tasarrufida umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, professional va boshqa ta’lim muassasalari bo‘lgan vazirlik va idoralar
|
2. Agentlik tasarrufiga o‘tkazilayotgan ta’lim muassasalarining faoliyatini belgilangan tartibda tugatish.
|
2022-yil sentyabr
|
3. Agentlik tasarrufiga o‘tkazilayotgan ta’lim muassasalaridagi o‘quv ustaxona jihozlari va asbob-uskunalarni ehtiyoj mavjud bo‘lgan boshqa ta’lim muassasalariga ko‘chirish choralarini ko‘rish.
|
2022-yil sentyabr
|
2.
|
Ixtisoslik fanlaridan ta’lim dasturlarini takomillashtirish va amaliyotga joriy etish.
|
1. Matematika, informatika, fizika, kimyo, biologiya va chet tili fanlaridan ta’lim dasturlarini takomillashtirish jarayoniga malakali mahalliy va xorijiy mutaxassislarni jalb etish.
|
2022-yil may
|
Prezident ta’lim muassasalari agentligi huzuridagi Iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi (keyingi o‘rinlarda — Jamg‘arma) mablag‘lari
|
Prezident ta’lim muassasalari agentligi
(Umarova),
Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi
(Tashkenbayev)
|
2. Ilg‘or milliy hamda xorijiy tajribalardan foydalangan holda ta’lim dasturlarini takomillashtirish.
|
2022-yil iyun
|
3. Ta’lim dasturlarini tajriba-sinovdan o‘tkazish.
|
2022-yil sentyabr
|
4. Fizika, matematika, informatika, kimyo, biologiya hamda chet tili fanlaridan takomillashtirilgan ta’lim dasturlarini amaliyotga joriy etish.
|
2023-yil sentyabr
|
3.
|
Prezident ta’lim muassasalari agentligi (keyingi o‘rinlarda — Agentlik) tizimidagi ixtisoslashtirilgan maktab-internatlar va ixtisoslashtirilgan maktablarda (keyingi o‘rinlarda — ixtisoslashtirilgan maktablar) aniq va tabiiy fanlar bilan bir qatorda O‘zbekiston tarixi fanini chuqurlashtirilgan holda o‘qitish.
|
1. O‘zbekiston tarixi fani ta’lim dasturlarini Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi bilan hamkorlikda takomillashtirish choralarini ko‘rish hamda ushbu jarayonga malakali professor-o‘qituvchilarni jalb etish.
|
2022-yil may — iyul
|
Jamg‘arma mablag‘lari
|
Prezident ta’lim muassasalari agentligi
|
Do'stlaringiz bilan baham: |