Mustaqil ishining ob’ekti va predmeti. Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig’i bo’yicha soliq imtiyozlari samaradorligini baholash tartibi tadqiqot ob’ekti hisoblanadi. Tadqiqot predmeti jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig’i bo’yicha soliq imtiyozlarini qo’llash jarayonida byudjet bilan soliq to’lovchilar o’rtasida shakllangan moliyaviy munosabatlar majmuasidan iborat.
Mustaqil ishining ilmiy va amaliy ahamiyati. Tadqiqot natijalarining ilmiy ahamiyati shundaki, bitiruv malakaviy ishida ishlab chiqilgan ilmiy taklif va amaliy tavsiyalardan kelgusida jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig’i bo’yicha soliq imtiyozlari samaradorligini baholash tartibi takomillashtirishga bag’ishlangan mustaqil tadqiq etishga bag’ishlangan ilmiy-tadqiqot ishlarida foydalanish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |