Soliq to‘lovchilar tarkibi, soliq ob’ekti va soliq bazasi___________________6
|
|
3.
|
Jami daromadlar tarkibi va jami daromaddan chegirmalar______________7
|
|
4.
|
Хarajatlar tarkibi va ularning guruhlanishi___________________________10
|
|
5.
|
Foyda solig‘i stavkalari va ularni tabaqalanishi_______________________16
|
|
6
|
Foydasolig‘ibo‘yichaimtiyozlarvayengilliklar__________________________17
|
|
7.
|
Soliq hisobotlarini tuzish va taqdim etish tartibi hamda byudjetga to‘lash muddatlari______________________________________________________18
Xulosa ________________________________________________________20
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yhati_________________________________21
|
|
KIRISH
Mustaqil ishining dolzarbligi Iqtisodiy islohotlarning samarali tashkil etilishi va olib borilishida aksariyat hollarda makroiqtisodiy ko’rsatkichlarning tarkibiy qismi hisoblangan davlat byudjeti hamda uning daromad qismi o’z vaqtida va to’liqligicha shakllanishi eng asosiysi byudjet yil davomida kamomadsiz ijro etilishi muhim hisoblanadi. Shunday ekan, byudjet daromadini yil davomida shakllantirish jarayonida ilmiy asoslangan tartib-qoidalarga to’liq rioya qilgan holda ishlarni tashkil etish lozim. Aks holda, davlat byudjetida kamomad qaror topadi. Byudjet muassasalarini o’z vaqtida moliyalashtirish imkoniyati cheklanadi.
Byudjet daromadlarini shakllantirish shartli holatda ikki guruhga bo’linadi. Xususan: soliqli daromadlar va soliqsiz daromadlar. O’z navbatida, soliqli daromadlar bir necha guruhlarga bo’linib, ular quyidagilardan iborat: to’g’ri soliqlar, egri soliqlar va mulk soliqlaridan iborat. Soliqsiz daromadlar soliqli xarakterga ega bo’lmasdan, shuningdek, amaldagi qonunlarga zid bo’lmagan barcha moliyaviy manbalardan tarkib topadi. Ushbu ikki manbaning byudjet daromadlaridagi ulushiga nazar soladigan bo’lsak, bu ko’rsatkich turli davlatlarda turlicha bo’ladi.
Amaliyotda esa, rivojlangan davlatlarda soliqli daromadlarning davlat byudjetidagi ulushi 80-82 foizni tashkil etadi. Soliqsiz daromadlar esa mos ravishda 18-20 foizni tashkil etadi. Milliy iqtisodiyoti rivojlanayotgan davlatlarda esa manzara qisman o’zgacha bo’lib, soliqli daromadlar 90-95 foiz, mos ravishda soliqsiz daromadlar 5-10 foizni tashkil etadi. O’zbekiston respublikasi Prezidentining “O’zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo’yicha harakatlar strategiyasi to’g’risida” gi farmoniga asosan, iqtisodiyotni yanada rivojlantirish va liberallashtirishga yo’naltirilgan1 makroiqtisodiy barqarorlikni mustahkamlash va yuqori iqtisodiy o’sish sur’atlarini saqlab qolish, milliy iqtisodiyotning raqobatbardoshligini oshirish, makroiqtisodiy mutanosiblikni saqlash, qabul qilingan o’rta muddatli dasturlar asosida tarkibiy va institutsional o’zgarishlarni chuqurlashtirish hisobiga yalpi ichki mahsulotning barqaror yuqori o’sish sur’atlarini ta’minlash, xarajatlarning ijtimoiy yo’naltirilganini saqlab qolgan holda Davlat byudjetining barcha darajalarida mutanosiblikni ta’minlash, mahalliy byudjetlarning daromad qismini mustahkamlashga qaratilgan byudjetlararo munosabatlarni takomillashtirish, soliq yukini kamaytirish va soliqqa tortish tizimini soddalashtirish siyosatini davom ettirish, soliq ma’muriyatchiligini takomillashtirish va tegishli rag’batlantiruvchi choralarni kengaytirish, investitsiyaviy muhitni yaxshilash orqali mamlakatimiz iqtisodiyoti tarmoqlari va hududlariga xorijiy sarmoyalarni faol jalb etishga alohida e’tibor qaratildi. Soliq tizimida olib borilayotgan islohotlar makroiqtisodiy barqarorlikni ta’minlashga, tadbirkorlik faoliyatini har tomonlama qo’llab-quvvatlashga va mamlakat aholisining turmush darajasiga ijobiy ta’sir etishi lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |