( 2- va 3- tajribalar mo‘rili shkafda o‘tkazilsin)
1-tajriba. Shtativga maxkamlangan probirkada 1 g NaNO3 ni qizdiring. Gaz ajralishini kuzating. Qanday gaz ajralayotganini kuzating va probirkada qanday modda qolayotganini sovugach isbotlang. Qizdirilganida KNO3 qanday parchalanishi eslang.
2-tajriba. Cu(NO3)23H2O kristallaridan bir nechtasini probirkaga soling, uni shtativga gorizontal holatda o‘rnating va kuchli qizdiring. Tuz bilan qanday o‘zgarish sodir bo‘lishini kuzating. Qanday gazlar ajraladi? Tajribadan so‘ng probirkada nima qoladi? Reaksiya tenglamasini yozing.
3-tajriba. Probirkada AgNO3 ning bir necha kristallarini qizdiring. Qanday gazlar ajraladi? Probirkada nima qoladi? Reaksiya tenglamasini yozing.
Tajriba natijalarini o‘zaro solishtiring va nitratlarning parchalanish xarakteri, ularning tarkibiga kirgan metallarning aktivligiga qanday bog‘liqligini ko‘rsating. Bu tuzlarni qizdirilganda turli mahsulotlar hosil qilishini tushuntiring.