Sababchisi ustoz Alisher.
Ming-ming baytlar uchar har yona
Tahsinga tor kelar hatto yer.
2-o`quvchi: Kim ko`ribdir, ey ko`ngil, ahli zamondin
Yaxshilig`,
Kimki ondin yaxshi yo`q, ko`z tutma ondin
yaxshilig`.
Bori elg`a yaxshilig` qilg`ilki, ondin
yaxshi yo`q,
Kim degaylar dahr aro, qoldi falondin
yaxshilig`.
O`qituvchi: Hayot sinovlardan iborat, bu sinovlarga bardosh beraolgan insongina o`z maqsadiga yetadi.
Bilimlar sinoviga xush kelibsiz. Bu sinovda o`zingiz uchun kurashasiz va har bir javob uchun ball yig`ib borasiz. Takrorlash bilimlar onasidir. Sinovda faol qatnashgan va eng ko`p ball sohibi bo;lgan o`quvchi sovg`a bilan taqdirlanadi.
Takrorlash yuzasidan O`qituvchi quyidagi savollarni beradi:
Yordamchi so`zlar deb nimaga aytiladi?
Yordamchi so`zlar qaysilar?
Ko`makchilar deb nimaga aytiladi?
Sof va vazufadosh ko`makchilarga misollar ayting.
Bog`lovchi deb nimaga aytiladi?
Bog`lovchilar vazifasiga ko`ra necha turli bo`ladi?
Teng bog`lovchilar qanday guruhlarga bo`linadi?
Har bir to`g`ri javob uchun rag`bat kartochkalari berib boriladi.
Monitor orqali slayd namoyish etiladi, o`quvchilarni xushyorlikka chorlanadi.
O`quvchilarga uyda yozish uchun topshirilgan “Tilga e’tibor- elga e’tibor” mavzusidagi matn o`qitiladi. Matnda qo`llangan ergashtiruvchi bog`lovchilar va ularning qo`llanishi bo`yicha qo`shimcha savollar berib, o`quvchilarning egallagan bilim ko`nikmalari baholanadi.
O`qituvchi: Tilga e’tibor hech qachon o`z ahamiyatini yo`qotgan emas. Chet tillarni o`rganish tizimini yanada takomillashtirish tog`risidagi Prezident qarorining qabul qilinishi buning yaqqol dalilidir.
O`tilgan mavzu yuzasidan o`quvchilarga savollar beriladi:
Ergashtiruvchi bog`lovchilar deb nimaga aytiladi?
Ergashtiruvchi bog`lovchilarning qanday turlari mavjud?
Javoblar uchun rag`bat kartochkalari berib boriladi.
O`tilgan mavzuni mustahkamlash jarayonida kompyuter orqali slaydlarni ko`rsatib boriladi va o`qituсhi tomonidan izohlanadi.
Yangi mavzu bayoni 1-topshiriqni bajarishdan boshlanadi. Sinf taxtasiga birinchi topshiriqda berilgan gaplar yozilgan plakat osib qo`yiladi.
O`quvchilar nuqtalar o`rniga qavs ichida berilgan
bog`lovchilardan mosini qo`yib ko`chiradilar. Nuqtalar o`rniga tanlangan bog`lovchilar chunki, negaki ning qo`yilish sababini izohlaydilar.
O`quvchilar e’tibori monitor ekraniga jalb etiladi. Monitordan yangi mavzuga oid slayd namoyish etiladi.
O`quvchilar sabab bog`lovchilarining ishlatilishi va ulardan oldin vergul qo`yilishini aytib o`tadilar.
Kompyuter orqali sabab bog`lovchilari ishtirok etgan gaplar o`qib eshittiriladi va sabab bog`lovchilarining o`zaro tobelanib kelayotgan gaplarni bir-biriga bog`layotgani tushintiriladi.
217-mashq doskada bajariladi.
1. Biroq Zavqiy Mo`minboy bilan uzoq muddat ishlay olmadi, … (agar, chunki) boy va uning ukalarini hajv qilganligi sababli u vazifasidan ozod etiladi.
2. Lekin kun isishini kutish haqida gap bo`lishi ham mumkin emas, … (garchi, ya’ni chunki) havoga ishonish qiyin, eng muhimi, qor ustiga qor yog`ib, dashtda qolib ketishlari ehtimoldan xoli emas.
3. Biroq vaqt ketsa ham, otaning maslahati bilan ish tutganlari yaxshi bo`ldi, … (ya’ni, chunki) Yomontosh darasi ular kutganday mudhish edi.
O`quvchilar ushbu gaplarni yozayotganda mashq orqali
dars adabiyot faniga bog`lanadi.
1. Zavqiy kim?
2. Mo`minboy kim?
Javoblar:
1. Zavqiy qalami o`tkir hajvchi shoirdir.
2. Mo`minboy poyabzal rastasining xo`jayini. Zavqiy uning qo`lida mirza bo`lib ishlagan.
O`quvchilar bu topshiriqni bajarishda “Pinbord” usulidan foydalanadilar. Ular o`zaro hamkorlikda bir-birlarining fikrlarini davom ettirib matnni doskaga yozadilar. Bu usul o`quvchilarni ham fikrlilikka hamda do`stona munosabatlarni shakllanishiga yordam beradi. O`quvchilar tomonidan yaratilgan matn o`qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |