58-mashq. Berilgan gaplardagi so‘zlarda subyektiv baho qo‘shimchalari ifodalayotgan ma’nolarni izohlang.
1. Aylanayin oqchamdan, Lablari qaymoqchamdan, Bay-bay ekan ko‘ylakchasi, Ko‘ylakchasi-mo‘ylakchasi, Chiqa qolsin mo‘ylabchasi. («Bolalar folklori») 2. Hamma «kattakonning kuchugi» deb atay boshlagan bu maxluq, aslida, jimitdekkina laycha yo jo‘n-jaydari ko‘ppak emas, naqd yo‘lbarsdek keladigan bir balo! (Erkin A’zam) 3. O‘zingiz uyga kirib andakkina damingizni olsangiz-chi, aylanay! Yo‘ldan kelgan odam!
(Erkin A’zam) 4. O‘zlari shiringina taom pishirib yeb, kechqurun boyga g‘ozi yo‘q, suyuq osh tayyorlab qo‘yishar ekanlar. (Oybek) 5. Tentakkinam Hamroalini topib kelib, issiq-sovug‘idan xabar olib tu ringlar. (Said Ahmad) 6. Samolyot uchishiga to‘rt soat qolganda, Aziztoyning hujjatiga pechat yumshoqqina qilib bosildi. (Xurshid Do‘stmuhammad) 7. Laylak dedim-ku, jinni voy, – deb ohista egilib, o‘g‘lining yuzidan o‘pdi. (O‘. Ho shimov) 8. Birpasda darcha-darvozalardan chiqib kelgan yetti- sakkiz bolakay Habibullani o‘rab olishdi. (Sh. Xolmirzayev) 9. Chol turib, ko‘ziga yosh oldi: – Afv et, bo‘talog‘im! (Sh. Xolmirzayev) A. Hojiyevning «O‘zbek tili sinonimlarining izohli lug‘ati»dan olingan avaylamoq so‘zi sinonimlari tavsifi bilan tanishing, ulardagi
ma’no nozikliklarini eslab qoling. Bu so‘zlar ishtirokida gaplar tuzing. AVAYLAMOQ, ayamoq, ehtiyotlamoq, ehtiyot qilmoq, ardoqlamoq, e’zoz lamoq, e’zoz etmoq, papalamoq (po‘palamoq). Ehtiyot holda tutmoq, ehtiyot bilan munosabatda bo‘lmoq.
Avaylamoq, asosan, «tashqi ta’sirdan, tashqi ta’sir natijasida biror narsa bo‘lishdan ehtiyot qilish» ma’nosida qo‘llanadi. Bu so‘zda ehtiyotlash darajasi ayamoq, ehtiyot qilmoq so‘zlaridagiga nisbatan kuchliroq. Ayamoq «tashqi ta’sir natijasida biror narsa bo‘lishdan, shuningdek, yo‘qolish, sarflanish kabilardan ehtiyotlanish» ma’nosida ham qo‘llanadi. Ehtiyotlamoq, ehtiyot qilmoq so‘zlarining ma’no xususiyati ularning o‘zagi (ehtiyotdan) anglashilib turadi. Bular «tashqi ta’sir yoki biror sabab bilan biror narsa bo‘lishdan ehtiyot holda tutmoq» ma’nosida qo‘llanadi. Ardoqlamoq oddiy so‘zlashuvda kamroq uchraydi. Bu so‘zda g‘amxo‘rlik, hurmat munosabati ham aks etadi. E’zozlamoq, e’zoz etmoq kitobiy uslubga xos, unda g‘amxo‘rlik munosabati yana ham kuchliroq bo‘ladi. Papalamoq so‘zlashuv nutqiga xos, suyish munosabati aks etadi.
1. Kichraytirish-erkalash shakllariga misollar keltiring.
2. Kichraytirish shakllari qanday uslubiy ma’nolarni ifodalashi mumkin?
3. Erkalash shakllari «erkalash», «hurmatlash»dan tashqari yana qanday uslubiy ma’nolarni ifodalashi mumkin?
4. -gina, -kina, -qina qo‘shimchalari egalik shakllaridan oldin yoki keyin kelganda, qanday uslubiy ma’nolarni namoyon etadi?
Do'stlaringiz bilan baham: |