Darsning jihozi: Darslik, ko’rgazmali qurollar.
Didaktik jihoz: Tarqatma materiallar, slaydlar ,bukletlar.
D arsning texnik chizmasi:
Dars bosqichlari
|
Vaqt
|
I.Tashkiliy qism.
|
2 minut
|
II.O’tilgan mavzuni tekshirish
|
10 minut
|
III.Yangi mavzuni bayoni
|
20 minut
|
IV.Yangi mavzuni mustahkamlash
|
8 minut
|
V.Darsni yakunlash va baholash
|
3 minut
|
VI.Uyga vazifa
|
2 minut
|
Darsning borishi (reja):
I.Tashkiliy qism: a)Salomlashish, b)tozalikni aniqlash,
d)davomatni aniqlash c) darsga tayyorgarlik ko`rish va dars rejasi
II. Ona tili darsligi bilan tanishtirish
III.Yangi mavzu bayoni:
1-topshiriq. Matnni o‘qing va uni qayta hikoya qilib bering. O‘rtadagifarqlarni aniqlab, tushuntiring.
Go‘dakning tili chiqqanda, ilk aytgan so‘zi «ona» bo‘ladi. Xalqimiz bu mo‘tabar kalomga uyqash tarzda «Vatan» so‘zini bog‘lab aytadi: «Ona Vatan». Millatmiz tili ham bizda shunday yuksak mehr va e’zoz bilan ifodalanadi: «Ona tilim». Istiqlol bizga ona tilimizni o‘zining butun boyliklari bilan qaytarib berdi, ezilgan mavqe va martabasini tikladi. Millat birligi va birdamligi timsoli bo‘lmish tilimizning ravnaqi uchun keng imkoniyatlar eshigini ochdi. (A. Abduazizov)
2-topshiriq. Berilgan matndagi ilmiy uslubga xoslangan birliklarni aniqlang va ularni izohlashga harakat qiling.
Mamlakatimizdagi joy nomlari – toponimlarni to‘plash, ularning rivojlanish va o‘zgarish tamoyillarini aniqlash, nomlarning muhim leksik-semantik, grammatik xususiyatlarini yori tish, ularning kelib chiqishini o‘rganish va har bir hudud bo‘yicha toponimik lug‘atlar tuzish ma’naviyatimiz va azaliy qadriyatlarimiz tiklanayotgan hozirgi paytda alohida ahamiyat kasb etmoqda. Chunki toponimlar ko‘p ming yillik tariximizning «tilsiz» guvohlaridir. (S. G‘aybullayev)
Ijtimoiy hayotning barcha sohalarida, demakki, nutqiy uslublarning hammasida erkin qo‘llanadigan til birliklari mavjud. Ular uslub nuqtayi nazaridan betaraf, ya’ni biron-bir uslubga xoslanmagan vositalar hisoblanadi va ular tilda juda katta qismni tashkil etadi. Masalan, ishlamoq, o‘qimoq, yurmoq, kitob, uy, suv, katta, kichik, kun kabi leksik birliklar va boshqalar. Ular barcha uslublarning umumiy unsurlari sanaladi.
Ayni paytda tilda bir qancha vositalar borki, ular ko‘proq muayyan bir uslubga xoslangan bo‘ladi, asosan, shu uslubda qo‘llanadi, hatto tegishli uslubning o‘ziga xos belgisi sifatida xizmat qiladi. Masalan, ilmiy matnda terminlar va boshqa vositalar. So‘zlovchi (yozuvchi) matn tuzar ekan, ana shu uslubiy vositalarni, ularning qaysi uslubga daxldor ekanligini yaxshi bilishi lozim.
Nutqning og‘zaki va yozma shakllari ham ana shunday xoslangan til vositalariga ega. Masalan, muayyan tasvirda yuqorida, quyida kabi so‘z shakllari ko‘proq yozma nutqqa xos, shuning uchun og‘zaki nutqda, aytaylik, majlisda yuqorida aytilgan fikrlarga qo‘shilaman tarzidagi ifoda juda g‘aliz.
12-mashq. Matnni o‘qing. Najmiddin Kubroning mashhur «Yo Vatan, yo o‘lim!» degan gaplarini eslang va bu haqda fikrlashing. Matnning uslubiga diqqat qiling. Elchi dedi: – Shahzoda ma’lum etadurlarkim, yuz kishi ngizni olib, istagan tomonga ravona bo‘lgaysiz. Shayx yuzida tag‘in faqat muridlargagina ayon bo‘lgan istehzo ko‘rindi. Ular bildilarki, hazrat taklifni rad aylagay. Ammo, ular o‘ylagandek bo‘lib chiqmadi. Murshid yana elchini gangitib qo‘ydi:
–Yuz kishi dersiz. Odamlarim ondin ko‘pdur, Elchi tag‘in orqasiga qaytib ketishga majbur bo‘ldi. Oradan ko‘p o‘tmay qaytib keldi-da: – Xo‘p, ming kishini yoningizga oling, – dedi go‘yo katta iltifot ko‘rsatgandek kerilib.
Shayx dedi: – Yo‘q, men yurtimni, xalqimni tashlab, hech qayon ketmasmen. Yaxshi-yomon kunida birga bo‘lgan xalqim ila bir tomchi qonim qolguncha birga bo‘lurmen! Shu Vatanda tug‘ilibmiz, shu Vatanda o‘lurmiz!
Bu gapdan, tabiiyki, elchi g‘azabga mindi va xonaqohdan o‘qdek otilib chiqib ketdi.
Muridlar hazratning niyatini endi aniq bildilar va bir kuni asqatar deb tog‘dan keltirib qo‘yilgan toshlarni, yarog‘larni qo‘lga ola berdilar. Hazrat bu paytda yetmish besh yoshda edi, lekin g‘o‘ch yigitlardek o‘rnidan dast turib, kamarni beliga mahkam bog‘ladi.
– Azizlarim, – dedi muridlariga, qarindosh-urug‘lari, yor-u birodarlariga qat’iyat bilan, – ayonki, yog‘iy so‘zun qabul aylab, Vatandin chiqib ketar bo‘lsak, jonimiz omon qolg‘ay va begona ellarda bo‘lsa-da, o‘zumizga yarasha martaba topgay erdik. Magaram, o‘z elimizda qolur esak, yog‘iyga xizmat yelkamizga tushmay qolmagay. Bizim yelkamiz tog‘ni ko‘tarur, ammo bu isnodni ko‘tara bilmas. O‘z yurtingda o‘zgaga tobe bo‘lib yashagandin o‘lgan yaxshidur! (Erkin Samandar)
13-mashq. She’rni yod oling. Undagi g‘oya va badiiy uslubga xoslangan so‘z va so‘z shakllari haqida fikrlaringizni ayting.
Sen mangusan, baqosan,
Men esam o‘tkinchi zot.
Sen hamisha bahorsan,
Men – lahzalik xotirot.
Ona tilim, jon tilim,
Sensiz men so‘ladurman,
Devona bo‘ladurman.
Tug‘ganimga yetti yot
Begona bo‘ladurman.
Ona tilim, jon tilim –
Yuragimning qoshida
Sayrab turgan bulbulim.
(Shukur Qurbon)
«O‘zbek tilining izohli lug‘ati»dan olingan quyidagi so‘zlarning izohlariga diqqat qiling. Mazkur so‘zlarning qaysi davrlarda va kimlar tomonidan qo‘llangani haqida gapirib bering.
Do'stlaringiz bilan baham: |