106-mashq. Deb so‘zi yordamida ergashgan qo‘shma gaplarni soda gap larga aylantiring, ularning mazmunida qanday uslubiy o‘ziga xosliklar yuz berganini tushuntiring. 1. Bu nozik raqqosa sovuqda shamollab qolmasin deb, issiq to‘n kiydirib, beliga qiyiq bog‘lab qo‘yishgan. (Said Ahmad) 2. Mili yirik, yaxshi ko‘rinadi deb, shunaqa katta soat taqadi, bildingmi? (Said Ahmad) 3. Bobong uzumning yarmini savobi otishmada o‘lgan o‘g‘illarimga tegsin deb, beva-bechoralarga, yetim-yesirlarga tarqatadi. (X. To‘xtaboyev) 4. Buvim meni aldab ketib qolmasin deb, undan hech ajralmayman. (X. To‘xtaboyev)
Do'stlaringiz bilan baham: |