Darsning jihozi: Darslik, ko’rgazmali qurollar.
Didaktik jihoz: Tarqatma materiallar, slaydlar ,bukletlar.
D arsning texnik chizmasi:
Dars bosqichlari
|
Vaqt
|
I.Tashkiliy qism.
|
2 minut
|
II.O’tilgan mavzuni tekshirish
|
10 minut
|
III.Yangi mavzuni bayoni
|
20 minut
|
IV.Yangi mavzuni mustahkamlash
|
8 minut
|
V.Darsni yakunlash va baholash
|
3 minut
|
VI.Uyga vazifa
|
2 minut
|
Darsning borishi (reja):
I.Tashkiliy qism: a)Salomlashish, b)tozalikni aniqlash,
d)davomatni aniqlash c) darsga tayyorgarlik ko`rish va dars rejasi
II. Ona tili darsligi bilan tanishtirish
III.Yangi mavzu bayoni:
Topshiriq. Berilgan gaplarda qo‘llangan kirishlarni so‘z, birikma va gap shaklidagi kirishlarga ajrating.
1. Men kirib suhbatlaringizga xalal berdim, shekilli? – dedi u davraning jimib qolganini ko‘rib. (Tohir Malik) 2. To‘g‘ risini aytsam, men ham u odamni ko‘p xushlamayman. (O. Yoqu bov) 3. Shu barobar o‘sha tomondan dimog‘iga allaqanday achimsiq hid urildi (Nima bo‘lsa ekan bu?). (Murod Mansur) 4. Voy o‘lmasam, Bahriddinginadanmi? – oyim yuzlarini qo‘shqo‘llab changalladilar, etaklaridagi jiyda yer bilan bitta bo‘lib ketdi. (Murod Mansur) 5. Dangalini aytsam, bunaqangi qo‘l-oyoqli xizmatkor, boshqacha aytganda, farosatli qullar bizda hali ko‘p emas. (Ulug‘bek Hamdam) Tilimizdagi kirishlar deb umumlashtiriladigan birliklar juda kata uslubiy, ekspressiv-emotsional imkoniyatlarga ega. Kirishlar so‘zlovchining bayon qilinayotgan fikrga bo‘lgan subyektiv bahosi, turli munosabatini ifodalash uchun xizmat qiladi, ya’ni nutqning ifodaliligi, ta’sirchanligi, ekspressivligini ta’minlaydi. Ular ishonch (U, albatta, keladi), gumon-taxmin (U, ehtimol, keladi), istak, mamnunlik (U, xayriyat, keldi), taajjub (Tavba, u kelmaydimi?!), ta’kid (Axir, u keladi), fikrning kimga tegishliligi (Menimcha, u keladi), fikrni jamlash, xulosalash (Xullas, u keladi) kabi bir qancha uslubiy ma’nolarni ifodalaydi. Kirishlar mohiyatan subyektiv ma’no ifodalashga xos langani uchun rasmiy uslubda deyarli qo‘llanmaydi.
Kirishlar alohida so‘z (afsuski, sizningcha, aytishlaricha kabi), so‘z birikmasi (gapning ochig‘i, dangalini aytganda, so‘zning qisqasi kabi), gaplar (Rostini aytsam, O‘ylab ko‘rsam, Buni qarang kabi) yoki undan katta birliklar shaklida bo‘lishi mumkin. Kirishlar asosiy gapdan verguldan tashqari, ayniqsa, gapga teng holatlarda qavslar, ba’zan tire bilan ajartilishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |