IV.Mustahkamlash
122-mashq. Berilgan gaplardagi kirishlar va kiritmalarni uslubiy xususiyatlaridan kelib chiqib farqlang, ularning ma’nolariga izoh bering.
1. Albatta, yarim kunda hammayoqni ko‘rib bo‘lmaydi, – dedin shoir, – bog‘ning o‘zini ko‘rishga ham rosa bir kun kerak ekan. (Abdulla Qahhor) 2. Rahmatli buvamlar Yoqub (jonlari jannatda bo‘lg‘ay!), haqiqatan, Qarnoq qishlog‘ining eng katta masjidida to
inqilobgacha so‘filik qilgandilar. (O. Yoqubov) 3. Zarb bilan otilgan grafin shundoq qulog‘im tagidan o‘tib (Chamasi, jonholatda boshimni olib qochgan bo‘lsam kerak!), devorga tegib, chil-chil sindi. (O. Yoqubov) 4. Ochig‘ini ayt ganda, Monika xonim ham Zaynabni uncha xushlamaydi. (Tohir Malik) 5. Nariroqda, loyli ariq ichida uning kalishi
yotar, chamasi, sim oyog‘iga tekkanida yulib olmoqchi bo‘lgan-u, qo‘liga o‘ralashib yiqil gan edi. (O‘. Hoshimov)
Do'stlaringiz bilan baham: |