Aziz o'quvchi



Download 0,99 Mb.
bet46/61
Sana22.01.2022
Hajmi0,99 Mb.
#400257
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   61
Bog'liq
Aziz o\'quvchi

< Shu birgina misrada bir necha ma'no nazarda tutilayotganiga e'tibor beraylik. Xo'sh, shoirga el-yurt baxtini kuylash qachon yoki nega yarashmaydi?

- agar el-yurt aslida baxtsiz bo'lsa-yu, uni «baxtli» deya kuylash chinakam shoirga yarashmaydi;

- agar o'zini shoirman deb yurgan odam el-yurt baxtini samimiy, ishonarli va ta'sirli kuylay olmasa - bu ham yarashiqsiz qiliqdir;

- agar shoir el-yurt baxtini kuylashni oddiy maddohlik deb o'ylab, o'ziga ep ko'rmasa, bu - ijodkor samimiyatidan emas, balki takabburligidan nishonadir;

- agar shoir o'z ijodida nuqul muammobozlik, hasrat bilan shug'ullanib, baxt qo'shiqlarini kuylashdan qolgan bo'lsa, bu zo'rma-zo'rakilik yarashmasligi bilan darrov o'zini oshkor qiladi...

Shu o'rinda ijodiy jarayonning bir muhim sirini oshkor qilib ketish kerak. Gap shundaki, iste'dodli shoir har bir misraga falon qatlamli ma'no singdiraman, deya oldindan reja qilishi shart emas. Ilhom mahsuli bo'lmish quyma misralar shoir ixtiyoridan ayri holda o'zining ming bir jilvasi va ming bir ma'nosini bag'riga jo qilib dunyoga keladi. (Chinakam she'rning dunyoga kelishini bolaning tug'ilishiga o'xshatganlarini ko'p eshitgansiz. Ona o'z bag'ridagi, hali o'zi ham ko'rmagan bolasining to'rt muchasi sog', barcha a'zolari mukammal tug'ilishini alohida rejalashtirishi mumkin emas. She'r ham xuddi shunday!) .

Endi mana bu misraga diqqat qilaylik: «Muallaq qolsa kimdir, yer turib, osmon turib...»

Matndan olib qaraganda, «yer turib» tayanchsiz – muallaq qolishni tasavvur qilish va qoralash mumkin. Zamindan oyog'i uzilgan - kibr zabtiga olib xalqdan uzoqlashgan, bosar-tusarini bilmay «uchib yurgan» kimsalar aks ettirilgan bu holat hammaga tanish. Lekin nima uchun shoir «Muallaq qolsa kimdir ... osmon turib» ham deydi? Axir osmonda tayanch nuqtasi yo'q-ku! Nima, shoir hayot haqiqatiga zid boryaptimi? Mantiqsizlikka yo'l qo'yyaptimi?

Aslo!

Bu yerda gap boshqa yoqda. Avvalo, inson o'zini ko'klarga ko'targan xalqning osmon qadar yuksak ishonchiga tayanishi, bu tayanch - ishonchni boy berib qo'ymasligi lozim. Ikkinchi ma'no­ ishora shuki, agar insonning imon-e'tiqodi mustahkam bo'lsa, u har qancha yuksalib borsa-da, iymon tayanchini - Xudoni yoddan chiqarmaydi. Unga suyanadi. Shoir, odam bolasi ikki dunyo orasida



muallaq qolmaslikni istasa, Yerga - o'zi singari odamlarga va Osmonga - o'zini yaratgan qudratga suyanmog'i lozimligini birgina misrada ifoda etadi. Shunday qilib, yuqorida ta'kidlanganidek, «Armon» she'rining har bir misrasidan ruhiyatga oziq bo'luvchi ma'nolarni ko'plab topish mumkin.

***


To'ra Sulaymonning yuqoridagi ikki she'ri tahlili tajribasiga suyangan holda, navbatdagi she'rlarini o'zingiz mustaqil tahlil qilishga urining. Bunda she'rlar uchun berilgan savol va topshiriqlarning har biriga alohida diqqat qilish, ularning oldinma ketinligiga rioya qilish yaxshi samara beradi.

TAVALLO

Nelardandir ko'ngil bo'lib g'ash,

Ham egilib, bu egilmas bosh,

Ko'zlarimda qalqib tursa yosh,

Bu holimga berolmay bardosh,

Bir mushtipar Onam yig'laydir,

Qolganlari yolg'on yig'laydir.

Qaytar bo'lsam quruq qo'l ovdan,

Qora qozon qolsa qaynovdan,

Ham ayrilib o'lja, ulovdan,

Qarzga botar bo'lsam birovdan,

Taskin berib Onam yig'laydir,

Qolganlari yolg'on yig'laydir.

Birda haqdin, birda nohaqdin,

Jabr ko'rsam bir betavfiqdin,

Ortda tursam qalbi quroqdin,

Qadrim xarob bo'lsa tuproqdin,

Ohlar urib Onam yig'laydir,

Qolganlari yolg'on yig'laydir.

Og'a-ini o'rtasida gap...

Alhol, kelib chiqsa ixtilof,

Biri izzat, biri mulk talab,

- Bu oq sutim, mehrimga xilof,

Deya sho'rlik Onam yig'laydir,

Qolganlari yolg'on yig'laydir.

Sinalmoqning gali kelganda,

Nogoh mag'lub bo'lsam maydonda,

1 Qalbi quroq – qalbi aynigan, ruhiyati maydalashib, “yamoq bosib ketgan” kimsa ma’nosida.

Nomim qolmas bo'lsa jahonda,

Kim do'st-dushman bilinar onda

Ahvolimga Onam yig'laydir,

Qolganlari yolg'on yig'laydir.

G'anim bir yon, men bir yon bo'lsam,

U ustuvor, men uryon bo'lsam,

Bu ham kamday nogiron bo'lsam,

Yog'och otga yonma-yon bo'lsam,

Oy tutilib, Onam yig'laydir,

Qolganlari yolg'on yig'laydir.

Bo'lsam gumroh, bo'lsa gunohim,

Vujudimga solmasdan vahm,

Qabul aylab tavallo - ohim,

Darig' tutmay mehring, Ilohim,

Yig'latmagin mushfiq Onamni,

Volidayi muhtaramamni.




Download 0,99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   61




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish