Aziz o'quvchi



Download 0,99 Mb.
bet36/61
Sana22.01.2022
Hajmi0,99 Mb.
#400257
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   61
Bog'liq
Aziz o\'quvchi

(“She'rim»)

deb baholagan yildan boshlab uning ijodining yangi davri, yangi oqimi, yangi to'lqini, yangi toshqini boshlandi. Bu toshqin shoir ijodining kamolot bosqichi edi. Bu bosqichda u yetakchi shoirlar kabi falsafiy fikrlashni, teran mushohadani, voqeani poetik tasavvur qilishni o'rganib, bu xususiyatni o'z she'rlariga badiiy sodda ifodalarda singdirdi. Uning lirikasida siyosat va ijtimoiy turmush hayotiylik, originallik, chuqur hissiyot, poetik tuyg'u, intim kechinmalar bilan sug'orildi, yurak sadosi bo'lib yangradi va mehr o'ti bo'lib olovlandi. Shuning uchun ham shoir shu yillardagi she'riy majmualariga «Yurak» va «Mehrim» deb nom qo'ydi...

Usmon Nosir yosh ijodkorlarga murabbiylik qildi. O'rta maktabda o'qib yurgan chog'larida Qo'qondagi havaskor qalamkashlar, o'z davrining yosh shoirlari Amin Umariy, Nasrulla Davron, Ibrohim Nazir va shu satrlarning muallifi - kamina kabi shoirlar uning ko'magidan bahramand bo'ldi... Keyinchalik Usmon Nosir barcha katta-kichik shoirlar yuragiga kirib bordi va ularga o'rnak bo'lib qoldi.

...Usmon Nosirning adabiyotda paydo bo'lishi hammaning e'tiborini tortgan edi. Uning ijod maydoniga kirib kelishi, mislsiz kuchi bilan hammani o'ziga jalb qilgan notanish bir pahlavonning maydonga kirib kelishiga o'xshar edi. Ha, u ijod maydoniga yosh va kichkina jussasi bilan keldi-yu, juda katta yuk ko'tardi. «Usmon she'riyatimizga shamolday kirib keldi. Balki bo'ronday! U shunday to'polon va to'lqin bilan keldiki, uncha-muncha she'riy uslub va ijodni to's-to's qilib yubordi. Uni o'zimizda «O'zbekning Lermontovi», Moskva gazetalarida «Sharqda Pushkin paydo bo'ldi», deb yozishdi», - deydi shoir Turob To’la.

...Usmon Nosir 1944-yil 23-martda 32 yoshida Uzoq Sharqda vafot etdi. Lekin, shoir o'zi aytganidek, uni Vatan, xalqimiz, adabiyot unutmadi!

Bargdek uzilib ketsam

Unutmas meni bog'im.

Ishimni hurmat qilur,

Gullardan haykal qurur.

She'rlarim yangrab qolur,

Ming yillardan keyin ham

Unutmas meni bog'im, ­



(<)

degan edi Usmon».

O'tkir Rashid, ­filologiya fanlari nomzodi, 1984-yil

YURAK


Yurak, sensan mening sozim,

Tilimni nayga jo'r etding.

Ko'zimga oyni berkitding,

Yurak, sensan ishqibozim.

Senga tor keldi bu ko'krak,

Sevinching toshdi qirg'oqdan.

Tilim charchar, ajab, gohi

Seni tarjima qilmoqdan.

Sen ey, sen - o'ynoqi dilbar,

Zafardan izla yoringni.

To'lib qayna, toshib o'yna,

Tirikman, kuyla boringni.

Itoat et!

Agar sendan

Vatan rozi emas bo'lsa,

Yoril, chaqmoqqa aylan sen,

Yoril! Mayli, tamom o'lsam!..

1933, Samarqand

Usmon Nosirning «Yurak» she'ri shoirning insoniy xarakterini va ijodiy taqdirini o'zida mujassam etgan she'rlar sirasiga kiradi. Ijodkor tarjimayi holidan o'rin olgan shoir Turob To'laning unga bergan ta'rifi Yodingizdami? «Yurak» she'ridan xuddi shu bo'ronday shiddatni, to'polonni, to'lqinni his qilmaymizmi? Shoir Yurak obrazini o'zining ilhomi, ijodiy intilishlari, his-tuyg'ulari, orzu-o'ylarining mujassam timsoli deb biladi. Ya'ni uning Yurakka murojaati, aslida, o'z shaxsiga, ijodiga murojaatidek yangraydi. Qalbida ilhom bulog'i jo'sh urgan shoirgina

Senga tor keldi bu ko'krak,

Sevinching toshdi qirg'oqdan.

Tilim charchar, ajab, gohi

Seni tarjima qilmoqdan, ­-

deyishi mumkin.

Qarang, Yurakning xuddi qaldirg'och jivir-jiviridek, bulbul chax-chaxidek kuyini, zavq-u shijoatini shoirning tili bor-yo'g'i tarjima qilishga zo'rg'a ulguradi. Chunki, ichingizda ozmi-ko'pmi she'r, hikoyalar yozishga ishtiyoqmand o'quvchilar bo'lsa guvohlik berishlari mumkinki, ilhom degan to'lqin hech bir ogohlantirishsiz, egasini qalam-qog'oz olishga-da ulgurtirmay, toshib keladi. Usmon Nosir bir she'rida aytganiday «Ilhomning vaqti yo'q, selday keladi...» Shoir fikricha, Yurakka faqat bir o'rinda buyruq bermoq, uni itoatga ko'niktirmoq, balki majburlamoq ham qiynamoq mumkin: agar undan “Vatan rozi emas bo'lsa...» Usmon Nosir ham ko'ziga oyni berkitib, u bilan ishqibozlik qilishiga-da yo'l qo'yib bergani Yurakdan avvalo Vatan rozi bo'lishini talab qiladi. Aks holda <


Download 0,99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   61




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish