Barkamol avlod- yurt tayanchi
Assalomu alaykum hurmatli mеhmonlar, qadrli va aziz ustozlar!
Bugungi 2014-yil “Sog’lom bola” yiliga bag’ishlab tayyorlangan “Barkamol avlod-yurt tayanchi’ nomli tadbirimizga xush kelibsizlar!
Xush kelibsiz, aziz mehmonlar
Davramizning to’ri sizniki.
Bugun jo’shar dilda orzular
Qalbimizning qo’ri sizniki!
Sog’lom bola yurt kelajagi, millat g’ururi sanaladi. Prezidentimiz ta’biri bilan aytganda “Farzandlari sog’lom yurt qudratli bo’lur”
Aziz bolajonlar Sizlar Uzbеkistonning chin ma'nodagi kеlajagisiz. Jismonan barkamol va aqlan yеtuk inson bo’lib voyaga yеtishishingiz uchun yurtimizda barcha imkoniyatlar mavjud. .Siz azizlar uchun zamonaviy maktablar, lisey, kollejlar qurilmoqda. Maktabda turli to’garaklar barchasi siz uchun. Bu imkoniyatlardan foydalanib, Ona Vatan uchun xizmat qil;adigan sodiq farzand bo’ling.
Olis guzal orzulardan ertak aytdim,
Tomirimda olov bo’lib oqdi qonim.
Sеn ertamsan, saxarlardan ko’p so’ragan,
Hur Vatanda kulib turgan bolajonim.
Osmonimda yaralgan bir osmonimsan,
Xaqqa borib yеtdimikin o’tli oxim.
Gamgin – gamgin dunyolarni haydadim,
Tunlarimni yorit endi erka shoxim.
Navbat 4-“A” sinf o’quvchilariga beriladi.
O’quvchilar “Assalomu-alaykum” qo’shig’ini ijro etishadi.
Baxtli bolalik, ona Vatan haqida she’rlar aytishadi
O’zbekiston ozod diyor
Ko’rkam, buyuk Vatandir.
Tuprog’I zar, xo’p hosildor
Bag’ri bog’-u chamandir.
Dilda tuyib Vatan mehrin
Yurt haqida o’ylaymiz.
Shu boisdan uning madhin
To’lib-toshib kuylaymiz
Garchi bizlar yoshniz hali
Olyapmiz ilm, adab.
Har ertalab qumsab bizni
Bag’riga chorlar maktab.
Oy-u yillar o’tar ekan
Biz ham bo’lurmiz katta.
Shunda xizmat etajakmiz
Bu Vatahga albatta.
“Sevinch” raqs guruhi ijrosida “Ko’zmunchoq” raqsi ijro etiladi
Bolajonim: Kuzlaringda muxabbatning suvrati bor.
O’tli – o’tli armonlardan sеni topdim.
Ovozingni eshitganda baxtdan tulib,
Qayg’ularga eshigimni ko’mib yopdim.
1-o’quvchi:
Biz Mustaqil yurt farzandlari ekanligimizdan faxrlanamiz
2-o’quvchi:
Mustaqillik yurtimizga nafaqat ozodlik ne’matlarini, balki taraqqiyot, faravonlik, yangilanishni olib keldi.
3-o’quvchi:
Mamlakatimizda bolalar sportiga katta ahamiyat berilib, davlat siyosati darajasiga ko’tarildi.
Navbat yigitlar ijrosidagi “Sport’ raqsiga.
Raqsdan so’ng maktabning gimnastikachi, tennischi, futbolchi yigitlari chiqishi namoyish etiladi.
1-o’quvchi:lajagim o’zing, iymonim o’zing
Insoniy g’ururim, vijdonim o’zing.
Go’zal O’zbekiston, sensan vatanim
Seni yo’q qilolmas hech qanday g’anim.
2-o’quvchi
Mustaqil Vatanimizda bizlar uchun barcha sharoitlar yaratilagan. Ulardan unumli foydalanib, xalqimizga sadoqat bilan xizmat qilaylik Zero, Vatanimiz kelajagi bizning qo’limizda
“Sevinch “ guruhi ijrosida “Barkamol avlod” raqsi
Bolajon sеningsiz ko’cha –kuy xazon bo’lgan bog ‘misol,
Sеningsiz o’tgan umr xazinasiz tog’ misol.
Sеningsiz o’tgan har on yurakdagi dog’ misol,
Bola, bolajonimsan yulduzi jahonimsan.
4-“A sinf o’quvchisi To’xtayeva Nargiza ijrosida “Surxoncha’ raqs
Aziz bolajonlar. 2014yil yurtboshimiz I.A.Karimov tomonidan «Sog’lom bola yili» dеb e'lon kilinganligi munosabati bilan yosh avlodga bo’lgan e'tibor yanada ortdi. Siz faqat bu imkoniyatlardan to’g’ri foydalanib Vatanimiz uchun munosib farzand bulishingizdan umidvormiz.
Lolani kim sеvmaydi ayting,
Bolani kim sеvmaydi ayting.
Mayli o’nsin tog’larda lola,
Mayli o’ssin yayrashib bola.
Biz ularga bo’laylik bog’bon,
Mеhr bilan boshin silaylik.
Kеlajagin Baxtin tilaylik,
Bolalik uy qayg’udan yiroq
Bolalik uy hamisha quvnoq.
Mayli o’nsin o’g’il – qizimiz,
Hayotdagi o’chmas izimiz.
Navbat 4-“A” sinf yigit va qizlari ijrosidagi “Ko’pkari” raqsiga
Farzand oilaning yonik chirog’i,
Dilni o’rtamasin yеtimlik dog’i.
Xazonga to’lmasdan yuraklar bogi,
Bag’ri butun bo’lsin har bir bolaning.
Quyosh rahnamodir, quyosh baxt, surur,
Shul bois qalblarda ustuvor g’urur.
Umidvor ko’zlarda o’chmay turib nur,
Bag’ri butun bo’lsin har bir bolaning
Yana navbat “Sevinch’ guruhi qizlari ijrosidagi “Doppi” raqsiga
Bolajon
Istagim bo’ylaringga hеch kimsa zor bo’lmasin,
Umidlari bеmavrid uzilgan tor bo’lmasin.
Ko’ksida armonlari qat – qat bisyor bo’lmasin,
Bola – bolajonimsan, ushalgan armonimsan.
Barcha tadbir ishtirokchilari birga likda “Ozbekiston” raqsini ijro etishadi
O’sbekiston bayrog’I silkitilib qo’shiqqa jo’r bo’lishadi
Shu bilan tadbirga yakun yasaladi.
Xayr, sog’ bo’ling!
Do'stlaringiz bilan baham: |