Azimjon
Shukurov, [09.02.2022 18:42]
Yana
Jonima oʻt soldi ul ruxsorayi zebo yana,
Koʻngluma ul zulf boʻldi moyayi savdo yana.
Koʻrsatib ruxsoru zulfin ul pariy paykar manga,
Jonu koʻnglumni qilibdur volavu shaydo yana.
Yor koʻyindagi tom sensen manga pushti panoh,
Soyayi lutfungni sol, chun sanga keldim to yana.
Shodliqniyu farogʻatni qoʻyub oshiq boʻlib,
Mehnatu gʻamni qilibmen oʻzuma paydo yana.
Yorgʻa qulmen degach Boburni rasvo ayladi,
Tengri mendek bandasini qilmasun rasvo yana.
G‘OFIL O‘LMA
G'ofil o‘lma ey soqiy, gul chog'in g'animat tut!
Vaqti aysh erur boqiy ol chag'ir, ketur, bot tut!
Bu nasihatim ongla, ne bilur kishi yongla,
Ne bo‘lur ekin tongla, sen bu kun g'animat tut!
G‘ofil o‘lma davlatda o’zni
solma mehnatda,
Tangri berur albatta, davlat ista, himmat tut!
Xush turur visoli yor, anda bo‘masa dayyor,
Bo‘sa, vasl beag'yor davlat-u saodat tut!
G'am cheriki behaddur, chorasi budur, Bobur, Bodani ko‘mak keltur, jomni himoyat tut!
GUL JAMOLIN YOPQON UL GULNING IKI RAYHONIDUR
Gul jamolin yopqon ul gulning iki rayhonidur,
G'uncha sirin ochqon ul ikki labi xandonidur.
Ul musalsal ikki zulfi gul yuzining davrida,
Gul uza og'nar, magar, ul ikkining davronidur.
O‘qi zaxmini ko‘rub har yon tanimda el degay,
Kim, bu ko‘hi dardning ul lolayi No‘monidur.
Sel emasdur yer yuzin tutqon — ko‘zumning yoshidur!
Ra’d emasdur ko‘kka chirmashqon — ko‘ngul afg'onidur!
Lojaram bo‘lg'ay
parishon-u havoyi men kibi,
Zarra yanglig‘ kimki bir xushred sargardonidur.
Ul
pari ishqida, Bobur, ko‘nglum andoq telbadur.
Kim, sochi zanjiridur chohi zaqan zindonidur.
Azimjon Shukurov, [09.02.2022 18:46]
Bahor ayyomidur dog'i yigitlikning avonidur,
Ketur soqiy, sharobi nobkim - ishrat zamonidur.
Gahi sahro uzori lola shaklidin erur gulgun,
Gahi sahni chaman gul chehrasidin arg'uvonidur.
Yana sahni chaman bo‘ldi munaqqash rangi gullardin,
Magarkim sunning naqqoshig'a rang imtihonidur.
Yuzung, ey sarv, jonim gulshanining toza gulzori,
Qading, ey gul, hayotim bog'ining sarvi ravonidur.
Ne yerda bo‘lsang, ey gul, andadur chun joni Boburning, G'aribingg'a tarahhum aylagilkim, andi jonidur.
RUBOIYLAR
AZM AYLA SABO
Azm ayla sabo, yet guli xandonimg'a,
Ne gulki, quyoshdek mahi tobonimg'a.
Yetgil dog'i ishtiyoq ila Boburdin,
Zinhor degil salom tuqqonimg'a.
Azimjon Shukurov, [09.02.2022 18:47]
HAR KIM-KI
Har kim-ki vafo qilsa, vafo topqusidur,
Har kim-ki jafo qilsa, jafo topqusidur.
Yaxshi kishi ko‘rmagay, yomonlik hargiz,
Har kim-ki yomon bo‘lsa, jazo topqusidur.
Azimjon Shukurov, [09.02.2022 18:42]
Jonima oʻt soldi ul ruxsorayi zebo yana,
Koʻngluma ul zulf boʻldi moyayi savdo yana.
Koʻrsatib ruxsoru zulfin ul pariy paykar manga,
Jonu koʻnglumni qilibdur volavu shaydo yana.
Yor koʻyindagi tom sensen manga pushti panoh,
Soyayi lutfungni sol, chun sanga keldim to yana.
Shodliqniyu farogʻatni qoʻyub oshiq boʻlib,
Mehnatu gʻamni qilibmen oʻzuma paydo yana.
Yorgʻa qulmen degach Boburni rasvo ayladi,
Tengri mendek bandasini qilmasun rasvo yana.
Azimjon Shukurov, [09.02.2022 18:45]
GUL JAMOLIN YOPQON UL GULNING IKI RAYHONIDUR
Gul jamolin yopqon ul gulning iki rayhonidur,
G'uncha sirin ochqon ul ikki labi xandonidur.
Ul musalsal ikki zulfi gul yuzining davrida,
Gul uza og'nar, magar, ul ikkining davronidur.
O‘qi zaxmini ko‘rub har yon tanimda el degay,
Kim, bu ko‘hi dardning ul lolayi No‘monidur.
Sel emasdur yer yuzin tutqon — ko‘zumning yoshidur!
Ra’d emasdur ko‘kka chirmashqon — ko‘ngul afg'onidur!
Lojaram bo‘lg'ay parishon-u havoyi men kibi,
Zarra yanglig‘ kimki bir xushred sargardonidur.
Ul pari ishqida, Bobur, ko‘nglum andoq telbadur.
Kim, sochi zanjiridur chohi zaqan zindonidur.
Azimjon Shukurov, [09.02.2022 18:46]
Bahor ayyomidur dog'i yigitlikning avonidur,
Ketur soqiy, sharobi nobkim - ishrat zamonidur.
Gahi sahro uzori lola shaklidin erur gulgun,
Gahi sahni chaman gul chehrasidin arg'uvonidur.
Yana sahni chaman bo‘ldi munaqqash rangi gullardin,
Magarkim sunning naqqoshig'a rang imtihonidur.
Yuzung, ey sarv, jonim gulshanining toza gulzori,
Qading, ey gul, hayotim bog'ining sarvi ravonidur.
Ne yerda bo‘lsang, ey gul, andadur chun joni Boburning, G'aribingg'a tarahhum aylagilkim, andi jonidur.
Azimjon Shukurov, [09.02.2022 18:47]
RUBOIYLAR
Azimjon Shukurov, [09.02.2022 18:47]
AZM
AYLA SABO
Azm ayla sabo, yet guli xandonimg'a,
Ne gulki, quyoshdek mahi tobonimg'a.
Yetgil dog'i ishtiyoq ila Boburdin,
Zinhor degil salom tuqqonimg'a.
Azimjon Shukurov, [09.02.2022 18:47]
HAR KIM-KI
Har kim-ki vafo qilsa, vafo topqusidur,
Har kim-ki jafo qilsa, jafo topqusidur.
Yaxshi kishi ko‘rmagay, yomonlik hargiz,
Har kim-ki yomon bo‘lsa, jazo topqusidur.
Azimjon Shukurov, [09.02.2022 18:49]
Agarchi
sensizin sabr aylamak, ey yor, mushkuldur,
Sening birla chiqishmoqlik dag'i bisyor mushkuldur.
Mizojing nozik-u sen tund, men bir beadab telba,
Sanga holimni qilmoq, ey pari, izhor mushkuldur.
Ne osig' nola-u faryod xobolud baxtimdin,
Bir unlar birla chun qilmoq ani bedor mushkuldur.
Manga osondurur bo‘lsa, agar yuz ming tuman dushman,
Vale bo‘lmoq jahonda, ey ko‘ngul, beyor mushkuldur.
Visolinkim tilarsen nozini xush tortg'il, Bobur,
Ki olam bog'ida topmoq guli bexor mushkuldur.
Azimjon Shukurov, [09.02.2022 18:49]
SOCHING
Ko’ngulga bo’ldi ajoyib balo qaro soching,
Shikasta ko’ngluma ermish qaro balo soching.
Muyassar o’ldi junun mulki,
ey junun ahli,
Nisori ashkni emdi bu kun mango soching.
Soching shikastida bordur shikasta ko’ngullar,
Ko’ngullar ochilur, ochilsa ul qaro soching.
Ochildi ko’ngli, chu ochting sochingni, Boburning,
Ne ayb, agar desa dilbandu dilkusho soching.
TOPILMAS
Sendek menga bir yori jafokor topilmas,
Mendek senga bir zori vafodor topilmas.
Bu shaklu shamoyil bila xud huru pariy sen
Kim, jinsi bashar ichra bu miqdor topilmas.
Ag’yor ko’z ollidaku ul yor ayon yo’q,
G’amxore ko’ngul ichrayu g’amxor topilmas.
Ey gul, meni zor etmaki, husnung chamanida
Ko’zni yumub ochquncha bu gulzor topilmas.
Bobur, seni chun yor dedi, yorlig’ etgil,
Olamda kishiga yo’q esa yor topilmas.
***ko’rgamen
Ne vafo umrumda ul jonu jahondin ko’rgamen,
Kim vafo jondin ko’rubdurkim, men ondin ko’rgamen.
Ko’z yo’lidin ul sari husnun nazar aylar edim,
Qon yoshim ul yo’lni tutti, emdi qondin ko’rgamen.
Yorab, ul kun shum toli’din manga bo’lg’aymukim
Jonima orom ul oromi jondin ko’rgamen.
Ko’z ko’rar, lekin solur meni balog’a bu ko’ngul,
Bu baloni necha chashmi xunfishondin ko’rgamen.
Bartaraf qilg’il vafo istarni eldin, Boburo,
Ul g’alatdurkim, vafo ahli jahondin ko’rgamen.
══════════════
Azimjon Shukurov, [09.02.2022 18:51]
Kim ko’rubtur, ey ko’ngul, ahli jahondin yaxshilig’,
Kimki ondin yaxshi yo’q, ko’z tutma ondin yaxshilig’.
Bu
zamonni nafi qilsam ayb qilma, ey rafiq,
Ko’rmadim hargiz, netayin, bu zamondin yaxshilig’.
Dilrabolardin yomonliq keldi mahzun ko’ngluma,
Kelmadi jonimg’a hech oromi jondin yaxshilig’.
Ey ko’ngul, chun yaxshidin ko’rdung yomonlig’ asru ko’p,
Emdi ko’z tutmoq ne ya’ni har yomondin yaxshilig’.
Bori elga yaxhshilig’ qilg’ilki, mundin yaxshi yo’q
Kim, degaylar dahr aro qoldi falondin yaxshilig’.
Yaxshilig’ ahli jahonda istama Bobur kibi,
Kim ko’rubtur, ey ko’ngul, ahli jahondin yaxshilig’.
Azimjon Shukurov, [09.02.2022 18:51]
onimdin o’zga yori vafodor topmadim,
Ko’nglumdin o’zga mahrami asror topmadim.
Jonimdin o’zga jonni dilafkor ko’rmadim,
Ko’nglum kibi ko’ngulni giriftor topmadim.
Usruk ko’ziga toki ko’ngul bo’ldi mubtalo,
Hargiz bu telbani yana hushyor topmadim.
Nochor furqati bila xo’y etmisham, netay,
Chun vaslig’a o’zumni sazovor topmadim.
Bore boray eshigiga bu navbat, ey ko’ngul,
Nechaki borib eshigiga bor topmadim.
Bobur, o’zungni o’rgatako’r yorsizki, men
Istab jahonni muncha qilib yor topmadim.