A`zamjonova Fayziniso
18-mavzu bo`yicha savollarga javoblar :
1-savol.Xalqaro turistik tashkilotlarni turizmni rivojlanishdagi ahamiyatini yoriting.
Javob: Xalqaro turizm katta istiqbolga ega soha hisoblanadi. 2000-yilda ko`p mamlakatlarda turizm asosiy xizmat ko`rsatish sohasiga aylandi. Chunki xalqaro turizm davlat rivojlanishida juda katta rol o`ynaydi. Bunda xalqaro turistik tashkilotlar ham katta ahamiyatga ega. Masalan, Butunjahon turizm tashkilotini oladigan bo`lsak uning asosiy maqsadi turizmning rivojlanishi uchun qulay sharoitlarni yaratish: rivojlanish, o`zaro tushunish, gullab-yashnash, millati, dini va jinsiga qaramasdan barcha inson huquqlari va erkinliklarini himoya qilishdan iborat. Yana misol : Osiyo turizm institutining maqsadi Osiyo va Tinch okeani mamlakatlari uchun turizm sohasida yuqori malakali kadrlarni tayyorlashdir. Bundan tashqari, Osiyo va Tinch okeani mamlakatlari assotsiatsiyasining asosiy maqsadi assotsiatsiyaga a`zo mamlakatlarda turizmni rivojlantirish va targ`ibot qilish chora-tadbirlarini ishlab chiqish va amalga oshirish hisoblanadi. Bulardan kelib chiqib aytadigan bo`lsam, xalqaro turistik tashkilotlar davlatlarda turizmni rivojlantirish, sifat darajasini oshirish, turistlarni jalb qilish va ularning huquq va erkinliklarini himoya qilishda katta rol o`ynaydi. Xalqaro turizmning yetakchisi butunjahon turizm tashkilotidir. Butunjahon turizm tashkiloti 1946-yilda 100 ta milliy turizm tashkilotini birlashtirgan rasmiy turistik tashkilotlarning xalqaro jamiyati (UOTO) ning izdoshi hisoblanadi. Bulardan tashqari, Yevropa sayohat komissiyasi, Osiyo-Tinch okeani sayohat assotsiatsiyasi, Karib havzasi turistik tashkilot kabi mintaqaviy tashkilotlar ham ko`p. Ularning faoliyati asosan marketing va texnik yordam ko`rsatishga qaratilgan.
2-savol. O`zbekiston qanday qaysi xalqaro turistik tashkilotlar bilan hamkorlik amalga oshirib kelmoqda? Mazkur hamkorlik munosabatlari yetarli darajada amalga oshirilmoqda deb hisoblaysizmi? Fikringizni asoslang.
Javob: O`zbekiston 1993-yilda o`z safida 120 dan ortiq mamlakatni birlashtirgan Jahon turistik tashkiloti (WTO; 1975-tuzilgan) ga a`zo bo`ldi. Shuningdek, O`zbekiston WTO Yevropa komissiyasi rayosatining ham a`zosidir. Yurtimizda turizmning ravnaqi, uni yangi pog‘onalarga ko‘tarish, yurtimizni jahon turizm markazlaridan biriga aylantirish uchun avvalo huquqiy zamin yaratish lozim edi. Shu bois, O‘zbekiston Respublikasi Oliy majlisining mazkur yo‘nalishga taaluqli qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining turizmga oid qator Farmonlari ishlab chiqilib hayotga tadbiq etildi. Bu sohaga e’tiborning qaratilishi Respublikamiz ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishida juda katta ahamiyatga ega bo‘lgan, turizm orqali dunyoni bilish, boshqa mamlakatlarning faol aholisini bu yerlarga jalb qilish, mamlakat xazinasiga valyuta tushirish va shu orqali aholining turmush farovonligini yaxshilashda katta imkoniyatlar tug‘diradi. O‘zbekiston Respublikasi ham turizm orqali rivojlanib ketishi mumkin bo‘lgan davlatlardan biridir. Bunga misol qilib respublikamizning tabiiy sharoiti, iqlimi, har xil tarixiy obidalari, tog‘li hududlari, manzarali joylarini keltirishimiz mumkin. Agar shu sohani yanada yaxshiroq yo‘lga qo‘yib, turistik firma va mehmonxonalar soni va sifatini, milliy restoranlar va ovqatlar turini ko‘paytirib, sifatli xizmat ko‘rsatish to‘g‘ri yo‘lga qo‘yilsa, O‘zbekiston kelajakda turizm orqali yuqori daromad oladigan mamlakatlar safiga qo‘shiladi. O‘zbekistonda turizmni rivojlantirishdan asosiy maqsad jamiyat ehtiyojlarini qondirish, xizmat ko‘rsatish sifati va hajmini kengaytirgan holda dunyo standartlari darajasida bozor iqtisodiyoti modelining turizmga kirib kelishini ta’minlashdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |