Azallariga sharhlar


Alisher Navoiy gʻazallariga sharhlar



Download 0,67 Mb.
Pdf ko'rish
bet74/80
Sana30.12.2021
Hajmi0,67 Mb.
#98553
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   80
Bog'liq
alisher navoiy gazallariga sharhlar

Alisher Navoiy gʻazallariga sharhlar 

Erkin Vohidov, Najmiddin Komilov 

 

69 



library.ziyonet.uz/ 

 

Tiyra aylab benihoyat kecha umrum sham’ini, 



Vasl subhi hasrati ranjim yuz ul miqdor etar. 

Rostlig uldurki, yetkach ul quyosh, rahm aylagay, 

Ulcha ahvolimga har tun charxi kajraftor etar. 

Ey, Navoiy, ishq dardidin shikoyat qilmakim, 

Joninga javru jafosin har nechakim, bor etar. 

Mavzu xususiyatiga koʻra, bu Alisher Navoiyning ishqiy gʻazallari toifasiga kiradi. U 

shoir ijodiy takomilining uchinchi bosqichi mahsuli boʻlib, Navoiy uni ilk bor «Navodir 

un-nihoya» devoniga kiritgan. Keyinchalik bu gʻazal «Xazoyin ul-maoniy»ning «Navodir 

ush-shabob» devoniga koʻchgan. Gʻazalning oʻziga xos va murakkab obrazlar silsilasi 

mavjudligi, hajmining kattaligi (oʻn bir baytdan iborat), tili va badiiy tasvir uslubining 

oʻzga ishqiy gʻazallarga nisbatan ogʻirligi ham uni Navoiy ayni ijodiy kuchga toʻlgan 

oʻrta yoshlarida yaratganligini tasdiqdaydi. Bu — Navoiyning koʻpma’nolilik 

xususiyatiga ega asarlaridan. Unda vasf etilgan ishq «majoziy ishq», ya’ni oddiy insoniy 

muhabbatdan koʻra kengroq ma’nolarga ega. Gʻazal ruhiy mundarijasining nisbatan 

murakkablashuviga sabab shuki, unda shoir insoniy ishq bilan panteistik 

dunyoqarashdagi «haqiqiy ishq» xususiyatlarini bir nuqtada mujassamlashtirishga harakat 

qilgan va bunga erishgan. Gʻazal ramali musammani mahzuf vaznida bitilgan. 

 

Gʻazalda Navoiy lirik qahramon kechinmalari hamda taxayyulini tasvirlashda yangicha 



yoʻl tutadi. 

Koʻk binafshazorini anjum chu nargiszor etar, 

Nargising birla binafshang hajri koʻnglum zor etar. 

Bir qarashda, bu — an’anaviy ruhdagi bayt. Unda Mavlono Lutfiy tahsiniga sazovor 

boʻlgan «Orazin yopqach, koʻzimdin sochilur har lahza yosh, Boʻylakim, paydo boʻlur 

yulduz nihon boʻlgʻoch quyosh» matla’iga hamohanglik bor. Mazkur baytlarni inson va 

tabiat munosabatlari, inson ruhiyati hamda tabiat manzaralarining qiyosiy talqini 

tutashtiradi. Birida avval inson ruhiyati lavhasi yoritilib, soʻng uiga mutanosib tabiat 

tasviri yaratiladi. Tahlil qilinayotgan gazal matla’ida esa boʻlakcha. Avval, ilk misrada, 

tabiat, aniqrogi, osmonning hijron shomidagi qiyofasi yaratiladi. Kun bilan tunning 

almashinishi goʻzal badiiy ifodalanadi. Ya’ni, shoir nazdida, osmon kunduzi binafshazor 

edi. Binafsharang koʻm-koʻk samoni tasavvur qiling-a! Koʻk qadahiga shom bodasi 

quyilishi bilan, nargisdek sochilgan yulduzlar koʻk binafshazorini nargiszorga aylantirdi. 

 

Ikkinchi misrada tabiatdagi holatdan kelib chiqib, inson ruhi tahlil etiladi. «Koʻk 



binafshazori»ga lirik qahramon koʻngli, «anjum» va «nargis» obrazlariga ma’shuqaning 

nargismonand koʻzlari va binafsharang xatti, binafshashakl zulfi she’riy parallelizm usuli 





Download 0,67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   80




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish