Alisher Navoiy gʻazallariga sharhlar
Erkin Vohidov, Najmiddin Komilov
62
library.ziyonet.uz/
Yakpora tuzilishga ega bu gʻazal ramali musammapi maqsur vaznida bitilgan.
Gʻazalning birinchi baytiyoq vafo, sadoqat, fidoyilik kabi olijanob insoniy tuygʻular bilan
yoʻgʻrilgan. Yagona inson muhabbati bilan yashash, oʻz sevgilisiga sadoqat Navoiy
zamonida qanchalar dolzarb ijtimoiy muammo boʻlsa, bizniig davrimizda undan ham
muhimroq ijtimoiy-axloqiy muammodir. Oʻz umr yoʻldoshlariga sodiq yashaydigan,
hattoki, «pari birla malakka qayrilib boqishdan orlanadigan chin sevgi sohiblari
Navoiyning yuksak orzusidir. Navoiy shunday oshiqona oriyat — odamiylikning asosiy
shartlaridan ekanligini alohida uqtiradi. Bu Navoiyning shoh baytlaridan boʻlib, unda
shoir mazmun salmoqdorligi va ta’sirchanligini tardi aks (ters takror) san’atini
«malaksiymo parivash» va «pari birla malak» shaklida mahorat bilan qoʻllagan.
Shoir vafo asosiga qurilgan hayotning inson farogʻati va kamoloti uchun naqadar ijobiy
ahamiyatga ega ekanligini ikkinchi baytdayoq koʻrsatadi:
Kecha ulkim chirmanur bir gul bila, ne tong, agar
Gʻunchadek har subh oʻlub xandon nashot izhori bor.
U oilaviy farovonlikdan bahramand kishini tongla gul-gul ochilib, chor atrofga chiroy
ulashayotgan, muattar hidlar taratayotgan gʻunchaga qiyoslaydi.
Gʻazalning navoiyvor tuzilishiga koʻra, koʻpgina asarlar mavzu va gʻoyani bayon etish,
uni badiiy sharhlash va umumlashish xamda xulosa chiqarish kabi qismlardan iborat
boʻladi. Yuqorida birinchi qismning ifodasiii koʻrdik. Uchinchi baytdan mavzu va
gʻoyani badiiy sharhlash boshlanadi.
Shoir yuqorida sevikli yor vasli gʻanimatligʻi haqida fikr yuritgan edi. Endi oʻsha fikrni
quvvatlash maqsadida gul va bulbul timsolida ayriliq iztirobi manzaralarini ham chizadi.
Yoʻq ajab bulbulgʻa gul shavqidin oʻlmoq zorkim,
Pardin oʻq jismiga sonchilgʻon adadsiz xori bor.
Klassik she’riyatimiz sahifalarida bulbulning gulga shaydoligini aks ettiruvchi minglab
baytlarni koʻzdan kechirish mumkin. Ularning aksariyatida bulbulning gulga munosabati
tavsifiy xarakterda, axborot tarzida bayon etilgan. Navoiy esa mazkur baytda badiiy
fikrni hayotiy tafsillar bilan asoslash yoʻlidan borgan. Shoirning talqinicha, bulbulning
gulga boʻlgan muhabbatiga uning shaydoligigina emas, balki hamdardligʻi ham boisdir.
Gulga bulbulning hamdardligi boisi shundaki, bulbulning jismiga pardan yasalgan oʻqlar
kabi tikanlar sanchilgan. Xuddi shuningdek, gulning badani ham tikanlar bilan oʻralgan.
Gulning mana shu ozurdajoiligʻiga kuyunish bulbulning gulga mehrini yanada
kuchaytirgan. Badiiy fikrning bu qadar topqirlik va nafosat bilan asoslanishi sharq
badiiyati ilmida «husni ta’lil» deb yuritilgan. Ramziy obrazlar orasidagi bunday
mutanosiblik asosida real insoniy munosabatlar yotadi. Iisonning insonga muhabbati
Do'stlaringiz bilan baham: |