Ayzenk savolnomasi



Download 36,5 Kb.
Sana07.04.2022
Hajmi36,5 Kb.
#534304
Bog'liq
Ayzenk savolnomasi

Ayzenk savolnomasi


  1. Sen atrofingdagi shovqin-suron va yugur-yugurlarni yoqtirasanmi?

  2. Seni qo‘llab-qo‘ltiqlashi mumkin bo‘lgan do‘stlaringga tez- tez ishing tushib turadimi?

  3. Sendan biror narsa haqida so‘rashganlarida har doim ham tezda javob topib bera olasanmi?

  4. Biror narsadan g‘azablangan hollaring tez-tez bo‘lib turadimi?

  5. Kayfiyating tez-tez o‘zgarib turadimi?

  6. Senga bolalar bilan birga bo‘lishdan ko‘ra kitoblar bilan bo‘lish osonroq va yoqimliroqligi to‘g‘rimi?

  7. Sening uxlashingga turli-tuman xayollar tez-tez xalaqit beradimi?

  8. Sen hamisha aytishganlarini qilasanmi?

  9. Kimlarningdir ustidan hazil-mutoyiba qilishni yoqtirasanmi?

  10. Sen qachonlardir arzigulik sabab bo‘lmasa ham o‘zingni baxtsiz his qilganmisan?

  11. O‘zing haqingda quvnoq va tiyrak odamman deb ayta olasanmi?

  12. Sen qachondir maktabda odob-axloq qoidalarini buzganmisan?

  13. Tez-tez jahling chiqib turadimi?

  14. Senga hamma ishni tez-tez, shoshib qilish yoqadimi?

  15. Sen hammasi yaxshilik bilan tugagan, ammo sodir bo‘lishiga sal qolgan har xil dahshatli hodisalarni eslab qattiq qayg‘urasanmi?

  16. Senga har qanday sirni ishonib aytsa bo‘ladimi?

  17. Tengdoshlaringni zerikarli davrasini hech qanday qiyinchiliksiz jonlantirib yubora olasanmi?

  18. Hech qanday sababsiz yuraging qattiq urib turadimi?

  19. Odatda kim bilandir do‘stlashish uchun sen birinchi qadamni qo‘yasanmi?

  20. Sen biror marta yolg‘on gapirganmisan?

  21. Seni yohud qilgan ishingni tanqid qilishsa o‘sha paytdayoq kayfiyating buziladimi?

  22. Sen tez-tez do‘stlaringga hazil mutoyiba qilib yoki kulgili voqealarni hikoya qilib turasanmi?

  23. Sen o‘zingni tez-tez horg‘in his qilasanmi?

  24. Sen hamisha avval darslaringni tayyorlab, so‘ng boshqa yumushlarni qilasanmi?

  25. Sen odatda quvnoq va hammadan mamnunmisan?

  26. Xafa bo‘ladiganlardanmisan?

  27. Sen o‘zga bolalar bilan muloqot qilishni juda yaxshi ko‘rasanmi?

  28. Qarindoshlaringni xo‘jalikka yordam so‘rab qilgan iltimoslarini hamisha ham bajarasanmi?

  29. Boshing aylanib turadimi?

  30. Sening hatti-harakating, qilgan ishlaring o‘zga kishilarni noqulay ahvolga solib turadimi?

  31. Sen tez-tez o‘zingni nimadir joningga tegib ketganday his qilasanmi?

  32. Ba’zida maqtanganingni his qilasanmi?

  33. Notanish kishilar davrasida odatda o‘tirib sukut saqlaysanmi?

  34. Ba’zida bir joyda o‘tirolmaydigan darajada hayajonlanasanmi?

  35. Odatda tez qaror qabul qilasanmi?

  36. O‘qituvchi bo‘lmaganda ham sinfda hech qachon shovqin suron ko‘tarmaysanmi?

  37. Tez-tez dahshatli tushlar ko‘rib turasanmi?

  38. His-tuyg‘ularingga erk berib, do‘stlar davrasida xursandchilik qila olasanmi?

  39. Seni xafa qilish osonmi?

  40. Kim haqidadir yomon gaplarni gapirgan paytlaring bo‘lganmi?

  41. Sening odatda uzoq o‘ylab o‘tirmasdan gapirishing va harakat qilishing to‘g‘rimi?

  42. Ahmoqona holatda qolsang, so‘ng uzoq vaqt qayg‘urib yurasanmi?

  43. Senga shovqin suronli va quvnoq o‘yinlar juda yoqadimi?

  44. Oldingga quyilgan taomni har doim ham tanlamasdan yeyaverasanmi?

  45. Biror narsani iltimos qilishsa, «yo‘q» deyish qiyin kechadimi?

  46. Mehmonga tez-tez borishni yaxshi ko‘rasanmi?

  47. Sendan kimlardir nimanidir iltimos qilib turgan paytlari tez-tez bo‘ladimi?

  48. Sen qachonlardir ota-onanga qo‘pollik qilganmisan?

  49. Bolalar seni quvnoq va tiyrak odam deb hisoblaydimi?

  50. Dars tayyorlaganingda diqqating tez-tez chalg‘ib turadimi?

  51. Sen odatda umumiy vaqtichog‘likda faol qatnashgandan ko‘ra, ko‘proq o‘tirib, uni tomosha qilishni afzal ko‘rasanmi?

  52. Odatda uxlayotganingda turli-tuman xayollar ta’sirida ko‘z yumishing qiyin kechadimi?

  53. Bajarishing kerak bo‘lgan ishning uddasidan chiqishingga mutlaqo ishonasanmi?

  54. O‘zingni yolg‘iz his qilgan paytlaring bo‘lganmi?

  55. Yangi odamlarga birinchi bo‘lib gap ochishga uyalasanmi?

  56. Biror narsani to‘g‘lash endi kech ekanligini tez-tez payqab qolasanmi?

  57. Bolalardan birortasi senga qarab baqirsa, sen ham unga o‘ziday qilib javob qaytarasanmi?

  58. Sen ba’zan o‘zingni hech qanday sabablarsiz quvnoq yoki g‘amgin his qilasanmi?

  59. Tengdoshlaringning jo‘shqin davralaridan haqiqiy rohat olish qiyin deb hisoblaysanmi?

  60. Biror narsani o‘ylamasdan qilib qo‘yganingdan tez-tez iztirobga tushib turishingga to‘g‘ri keladimi?

Download 36,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish