Ayupova M. Yu


Nutq apparatining tuzilishi



Download 3,2 Mb.
Pdf ko'rish
bet12/177
Sana11.03.2022
Hajmi3,2 Mb.
#491387
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   177
Bog'liq
Ayupova M Логопедия кутубхонага

Nutq apparatining tuzilishi 
Nutq apparati o‘zaro chambarchas bog‘langan ikki qismdan: markaziy (yoki 
boshqaruvchi) nutq apparati va pereferik (yoki bajaruvchi) qismdan tashkil topgan (1-
rasm). 
Markaziy nutq apparati bosh miyada joylashgan. U bosh miya qobig‘idan, qobiq 
osti tugunlaridan, o‘tkazuvchi yo‘llar, o‘zakdan (avvalo, uzunchoq miyada), yadrolar va 
ovoz, nafas, artikulyatsiya muskullariga boruvchi nervlardan tashkil topadi. 
Markaziy nutq apparati va uning bo‘limlari vazifasi nimalardan iborat? 
Nutq, boshqa oliy nerv faoliyatining ko‘rinishlari singari, reflekslar asosida 
shakllanadi. Nutq reflekslari miyaning turli qismlari faoliyati bilan bog‘liqdir. Biroq 
bosh miya qobig‘ining ayrim bo‘limlari nutqning hosil bo‘lishida asosiy rolь o‘ynaydi. 
Bular chap (chapaqaylarda o‘ng) yarimsharning peshana, chakka va ensa qismlaridir. 
Bosh miya qobig‘ining bu qismlarida nutq faoliyatida faol ishtirok etuvchi: 
1.
Nutq harakat analizatori. 
2.
Nutq ko‘ruv analizatori. 
3.
Nutq eshituv analizatori joylashgan. 


Nutq harakat analizatori bosh miya qobig‘ining chap peshana qismida joylashgan 
bo‘lib, Broka markazi deb ataladi. Bu qism og‘zaki nutqning paydo bo‘lishida 
qatnashadi. 
Nutq eshituv analizatori bosh miya qobig‘ining chap chakka qismida joylashgan 
bo‘lib, Vernike markazi deb ataladi. Bu qismda begona nutqni qabul qilish jarayoni ro‘y 
beradi. Nutqni tushunishda bosh miya qobig‘ining orqa bo‘lagi katta rolь o‘ynaydi. Bu 
bosh miyaning ko‘ruv markazi hisoblanib, yozma nutqni o‘zlashtirish uchun xizmat 
qiladi. 


Qobiq osti yadrolari nutqning sur’ati va ifodaliligini boshqaradi. 
O‘tkazuvchi yo‘llar
. Bosh miya qobig‘i periferik nutq a’zolari bilan o‘zaro 
bog‘liqdir. Bunda nerv yo‘llarining ikki: markazdan qochuvchi va markazga intiluvchi 
turlari ishtirok etadi. 
Markazdan qochuvchi (harakatlanuvchi) nerv yo‘llari bosh miya qobig‘ining 
periferik nutq apparati faoliyatining boshqaruvchi muskullari bilan bog‘laydi. 
Markazdan qochuvchi yo‘l bosh miya qobig‘ining Broka markazidan boshlanadi. 
Periferiyadan markazga, ya’ni nutq a’zolari qismidan bosh miya qobig‘iga, 
markazga intiluvchi yo‘llar o‘tadi. 


Markazga intiluvchi yo‘l proprioretseptorlarda va baroretseptorlarda boshlanadi. 
Proprioretseptorlar muskullar harakat a’zolarining bo‘g‘inli qatlamlarida joylashgan 
bo‘ladi. Proprioretseptorlar muskullarning qisqarishi ta’sirida harakatga keladi. 
Proprioretseptorlarning 
vazifasi 
muskullarimiz 
faoliyatini 
nazorat 
qilishdir. 
Baroretseptorlar o‘zlariga nisbatan bo‘lgan bosimning o‘zgarishi natijasida harakatga 
keladi va ular halqumda joylashgan bo‘ladi. Biz gapirgan vaqtimizda markazga 
intiluvchi yo‘l orqali bosh miya qobig‘iga kelayotgan proprio va baroretseptorlar 
harakati ro‘y beradi. Markazga intiluvchi yo‘l butun nutq organlari faoliyatida umumiy 
regulyator (boshqaruvchi)lik rolini bajaradi. 
Stvol yadrosidan bosh miya nervlari boshlanadi. Periferik nutq apparatining 
hamma a’zolari bosh miya nervlari bilan ta’minlanadi. Ulardan asosiylari: uch tarmoqli, 
yuz, til-halqum va sayyor nervlar-hiqildoq va ovoz boylamlarini, halqum va yumshoq 
tanglay muskullarini innervatsiyalaydi. Bundan tashqari til-halqum nervi tilning 
sezuvchi nervi bo‘lib hisoblanadi. Sayyor nerv esa nafas va yurak a’zolarining 
muskullarini innervatsiyalaydi. Qo‘shimcha nerv bo‘yin muskullarini innervatsiyalaydi, 
til osti nervi til muskullarini harakat nervlari bilan ta’minlaydi. 
Bu tizim bo‘yicha bosh miya nervlari orqali nerv impulьslari markaziy nutq 
apparatidan periferik nutq apparatiga yuboriladi. Nerv impulьslari nutq a’zolarini 
harakatga keltiradi. 
Markaziy nutq apparatining nutq apparatiga boruvchi bu yo‘l nutq mexanizmining 
faqat bir qismini tashkil qiladi. Uning boshqa qismi orqaga, ya’ni periferiyadan 
markazga qaytuvchi aloqadan iborat. 
Endi periferik nutq apparatining tuzilishini ko‘rib chiqamiz. 

Download 3,2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   177




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish