Ayupova M. Yu. Logopediya toshkent 2007


So’zlarning bo’g’in tarkibini shakllantirish



Download 2,99 Mb.
bet132/142
Sana20.03.2022
Hajmi2,99 Mb.
#504435
1   ...   128   129   130   131   132   133   134   135   ...   142
Bog'liq
Ayupova M Логопедия кутубхонага (2)

So’zlarning bo’g’in tarkibini shakllantirish


Ona tilini o’zlashtirishning turli bosqichlarida so’zlarning bo’g’in tarkibi ustida olib boriluvchi ish turlari murakkablashib, o’zgaradi. Dastlab logoped boladan so’z qismi singari bo’g’inga xech qanday ongli munosabatni talab qilmaydi. Bolalar so’zlarni anglamagan holda bo’g’inga bo’ladilar va bo’lish jarayoni so’zlarni aniq bo’g’inlab gapirishga asoslanib amalga oshiriladi. Bunda gapirish takt ostida qo’lni stolga ritmik harakatli urib turish bilan bog‘lanadi. Bu holda bo’g’inlar miqdori bir vaqtning o’zida harakatlari bilan ritmik tarzda uyg’unlashadi. Bundan tashqari bolaga alohida qog’oz bo’laklari ko’rinishdagi bo’g’inning ko’ruv tayanchi beriladi. Logoped bolaga so’zlarning uzun yoki qisqa bo’lishini tushuntiradi. So’z qancha uzun bo’lsa, bo’g’in ham ko’p bo’lishini – qog’oz bo’laklarini ketma-ket bir chiziqda terib ko’rsatadi. Ҳar bir bo’g’in (qog’oz) orasini ochib, nechta bo’g’in bo’lsa shuncha «chapak chalib» yoki takt berib bo’g’inlarni aniqlashtiradi.
So‘ngra logoped bola diqqatini qisqa so’zlarga qaratadi: gul (bir qog’oz bo’lagiga bir chapak) bog’ non.
Keyinroq logoped bolaga so’zning xar bir bo’g’iniga qanchadan chapak chalganiga qarab, bu so’zning uzun yoki qisqaligini aytib berishni taklif qiladi. Taqqoslash uchun bir bo’g’inli va uch-to’rt bo’ginli so’zlar beriladi.
Logoped bolaga so’zni bo’g’inlab talaffuz qilish bilan bir vaqtning o’zida xar bir bo’g’inga qo’l harakatlari bilan takt berib turishni o’rgatadi.

Tovush talaffuzini shakllantirish


Tovush talaffuzi ustida olib boriladigan ish so’zning bo’g’in tarkibi ustidagi ish bilan uzviy bog’liq. Nutq rivojlanishining past darajasiga ega bolalar uchun nutqning alohida tovushlarini ajratish va ularni alohida ma’no birligi sifatida anglash murakkabdir. «Ona tilidagi tovushlar va ularning uyg’unlashuvini o’zlashtirish, so’zlarni o’zlashtirish vositasi orqali amalga oshiriladi: faqat tovushlarning barqaror kompleksi singari so’zlar o’zlashtiriladi.
Nutq rivojlanishning bu darajasida bolaga so’zlardan alohida tovushlarni ajratish, so’zning tovush tarkibini og’zaki tahlil qilish taklif qilinadi. Bunday faoliyat boladan so’zning tovush tomoniga ongli munosabatda bo’lishni talab qiladi. Kichik yoshli bolalarga bu jarayon murakkablik qiladi. Nutq tiklanishining bu bosqichida jarangli undoshlarning jarangsizlanishi, yumshoq undosh tovushlarning mos keluvchi qattiq tovushlarga aralashtirilishi yoki almashtirilishi ehtimoldan holi emas.
Bo’g’inli mashqlar extiyotkorlik bilan beriladi, chunki 3-4 yoshli bolalar uchun bo’g’in xech nimani bildirmaydi. Ҳar qalay bo’g’inli mashqlarsiz ham bo’lmaydi, shuning uchun ularni o’yin shaklida o’tkazish lozim.

Download 2,99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   128   129   130   131   132   133   134   135   ...   142




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish