Optik disgrafiya – ko’rish gnozisi, analiz va sintez, atroflicha tasavvur etishning rivojlanmagani bilan bog’lanadi hamda u yozuvda harflarni noto’g’ri yozish va ularning o’rnini almashtirishda namoyon bo’ladi.
Bunda ko‘proq grafik jihatdan o’xshash qo’l yozma harflar o‘rni almashadi. Unga quyidagilar kiradi: bir xil elementlardan tashkil topgan, lekan har xil ko’rinishda tuzilgan harflar (v-d, t-sh); bir xil elementlarni o’z ichiga olgan, lekin qo’shimcha elementlar bilan bir-biridan farq qiladigan harflar (i-sh, p-t, x-j, l-m); oynavon harflar (s-e, z-e); bir xil element bilan bog’lanadigan harflarni elementlarini tushirib qolidirish (au-a); ortiqcha element qo’shib yozish (sh-) va noto’g’ri joylashtirilgan elementli harflar (x – ss, m-nn).
Literal disgrafiya paytida hatto bog’lanishsiz harflarni topish va talaffuz etish ham buziladi. Verbal disgrafiya paytida izolyatsiyalashgan harflar to’g’ri talaffuz etiladi, lekin yozuvda ular buziladi, optik tavsifdagi harflar o’rni almashadi. Optik disgrafiyaga teskari yozuvlar ham kiradi, bular ko’pincha chapaqay kishilarda, shuningdek miyaning organik yallig’lanish hollarida uchraydi.
O‘QISh VA YOZUVIDA KAMChILIGI BO‘LGAN BOLALARNI TEKShIRISh
Yozma nutqning tekshirishdan asosiy maqsad – o’qish va yozuv buzilishlarini mexanizmi, simptomatikasi, etiologiyasini aniqlashdir. Tekshirish jarayonida buzilish darajasi, xarakteri, buzilish turlari aniqlanadi hamda logopedik-tuzatish yo’llanmasi belgilanadi.
Tekshirish jarayonida bolaning ko’rish qobiliyati, eshitish holati, markaziy nerv sistemasi, bilish faoliyatlari hisobga olinadi.
Tekshirish quyidagi asosiy tamoyillarni hisobga olgan holda o’tkaziladi: komplekslilik tamoyili, sistemalilik tamoyili, patogenetik tamoyili, faoliyati, shaxsiyati, rivojlanish tamoyili.
O‘qish va yozuv kamchiligiga ega bo’lgan bolalarni tekshirish sxemasi quyidagi bo’limlarni o’z ichiga oladi.
Anketaga oid ma’lumotlar va tibbiy-pedagogik hujjatlarni o’rganish.
Anamnez.
Artikulyatsion apparatning periferik bo’limining tuzilishi.
Nutq motorikasi.
Eshitish qobiliyati.
Tovushlar talaffuzi holati.
Fonematik analiz, sintez va tasavvur holati.
Fonematik idrok (tovushlarni farq qila olish).
Lug’at boyligi va nutqning grammatik tuzilishi xususiyatlari.
Nutqning dinamik tomoni xususiyatlari.
Ko’rish qobiliyati: biologik ko’rish, ko’rish gnozis, mnezis, ko‘rish analiz va sintezi, fazoviy tasavvurlar.
O‘qish jarayonining holati (bo’g’ini, so’z, gap, turli ko’rinishdagi tekstlarni o’qish); o’qish tezligi va usullari (harflab, bo’g’inlab, so’z-frazali o’qish).
Yozuvning turli ko’rinishdagi holati (ko’chirib yozish, diktovka ostida yozish, bayon va insho yozish).
Logopedik xulosada o’qish va yozuvdagi kamchiliklarni darajalari va turlari hamda uning og’zaki nutq bilan bog’liqligi ko’rsatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |