Bostirma qopqoqli taqilma
Ostki va ustki qopqoqlarining o’ngini kiyimning teskarisiga qaratib qo’yiladi va qopqoqlar bilan kiyim kesimi qirqimlari to’g’ri keltirib ulanadi. Choklar qopqoq tomonga yotqizib to’g’rilanadi va dazmollanadi. Qopqoqlar kertimlarga moslanib, o’ngini ichkariga qaratib bukiladi va yuqori uchlari bukilgan ziydan kertimgacha ag’darma chok bilan tikiladi. Hosil bo’lgan burchak o’ngiga ag’darib to’g’rilanadi va dazmollanadi. Ostki qopqoqining yon cheti 0,5-0,7 sm ichkariga bukiladi, qopqoq ulangan chok 0,1-0,2 sm yopib turadigan qilib bukilgan ziyidan 0,1 sm naridan bostirib tikiladi, Ostki qopqoqning pastki uchini bukib, ziy bo’ylab tikish bir vaqtda uni asosiy detaJning kesimidan 1 sm pastroq joyiga tikiladi. Ustki qopqoq asosiy detalning o’ng tomoniga bukilib, tashqi ziy bo’ylab bostirib tikiladi. Bunda baxyaqator kesimidan 1 sm pastroqqa yotqiziladi. Ustki qopqoq pastki qopqoq ustiga, uning tashqi cheti pastki qopqoqning ulangan chokini yopib turadigan qilib qo’yiladi. Qopqoqning tikilmagan cheti 0,5-0,7 sm bukib, ichki ziy va pastki uchi bo’yMi bostirib tikiladi. Ustki taqilma qirqim uchidan yuqoriroq joyiga bitta ko’ndalang baxyaqator yuritiladi (63-rasm)
«Molniiya» tasmali taqilmalar
«Molniya» tasma asosiy detalning choksiz joyiga yoki chokiga qo'yib tiqilishi mumkin. «Molniya» tasma choksiz joyga tikiladigan bo’lsa (64-rastri,a), u joyga oldin mag'iz qo’yib olinadi. Buning uchun mag’izlar cheti kant kengligidan 0,7-1,0sm ortiq kenglikda teskarisini ichiga qilib bukiladi.
64-rasm
Ularning o’ngini asosiy detalning o’ngiga qararib, qirqimlarini taqilma kesimi tomonga qaratib qo’yiladi va belgilangan chiziqlar bo’ylab universal mashinada ulanadi. Asosiy detalning baxyaqatorlar orasidagi joyi o’rtasidan qirqilib, kesim uchlari baxyaqatorlar oxiriga 0,1 sm yetkazmay qiyalatib kertib qo’yiladi.
Mag’iz asosiy detal teskarisiga qayirib otkaziladi va choklari to’g’rilanib, qaytarma baxyaqator yuritib puxtalanadi. Mag’izlar tagiga «molniya” tasma qo’yib, uni univeisal mashinada mag’iz ulangani choklar yonidan baxyaqator yurilib, asosiy delatga bostirib tikiladi.
«Molniya» tasma choklca qo’yib tikiladigan bo’lsa (64-rasm, b), chok tikilayotganda tasma qo'yladigan joy tikilmay qoldiriladi. Tikilgan chok yorib dazmollanadi va taqilma uchun tikilmay qoldirilgan joy chetlari bukib dazmoilanadi. Bunda dazmollangan ziylar tagiga asosiy detalning teskari tomonidan «Molniya» tasma qo’yib, asosiy detalga bostirib tikiladi. Bunda baxyaqator bukib dazmollangan ziylardan 0,4-0,7 sm masofada, taqilma uchida esa kesiraga perpendikulyar yo’nalishda, tasma tishlaridan 0,1 -0,5 sm masofada o’tadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |