Ayol jinsiy a’zolarining anatomiyasi va fiziologiyasi



Download 1,18 Mb.
bet3/10
Sana29.01.2022
Hajmi1,18 Mb.
#419072
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Ayol jinsiy a’zolarining anatomiyasi va fiziologiyasi

ICHKI JINSIY A’ZOLAR
(GENITALIA ENTERNA)
Ichki jinsiy a’zolarga qin, bachadon, bachadon naylari (tuxum yo‘llari) va tuxumdonlar kiradi (2-rasm).
Qin (vagina s. colpos) – kichik chanoqning o‘rtasida yotgan naysimon, muskulli elastik a’zodir. Qin oldindan va pastdan orqaga ham yuqoriga qarab boradi, qizlik pardasidan boshlanib, bachadon bo‘yniga yopishadigan joyda tugaydi. Qinning bo‘yi va eni ancha o‘zgaruvchan bo‘ladi. Qinning oldingi devori o‘rta hisobda 7–8 sm, orqa devori esa 1,5–2 sm dan uzunroq. Qin cho‘ziluvchanligiga yarasha eni o‘zgaradi, u o‘rta hisobda 2–3 sm bo‘ladi, shu bilan birga qinning pastki bo‘limi torroq, yuqori bo‘limi kengroq.

2-rasm. ayolning ichki jinsiy a’zolari (frontal sathdan kesilgan).
1 – qin; 2 – bachadon bo‘ynining qindagi qismi; 3 – bachadon bo‘ynining kanali; 4 – bachadon bo‘g‘zi; 5 – bachadon bo‘shlig‘i; 6 – bachadon tubi; 7 – bachadon devori 8 – bachadon nayi (tuxum yo‘li); 9 – tuxumdon; 10 – bachadon nayining interstisial qismi; 11 – bachadon nayining istmik (bo‘g‘iz) qismi; 12 – bachadon nayining ampulyar qismi; 13 – bachadon nayining shokilalari (fimbriyalari); 14 – dumg‘aza-bachadon boylami; 15 – tuxumdonning o‘z boylami; 16 – voronkachanoq boylami; 17 – bachadonning serbar boylami; 18 – yumaloq boylami;
19 – tuxumdon (kesilgan), follikula va sariq tana bilan birga ko‘rsatilgan; 20 – parovarium.
Qin shilliq pardasida bezlar yo‘q. Qin sekretining suyuq qismi qon va limfa tomirlaridan suyuqlik sizib chiqish yo‘li bilan hosil bo‘ladi; unga qin epiteliysining ko‘chib tushuvchi hujayralari, mikroorganizmlar va leykositlar aralashadi. Qin sekreti oqimtir, o‘ziga xos hidli, ozgina bo‘lsa ham qin shilliq pardasining namlanishiga kifoya qiladi. Sog‘lom ayol qin chiqindilarini sezmaydi. Balog‘atga yetish davrida qin sekreti sut kislota borligidan kislotali reaksiyada bo‘ladi. Qin epiteliysining hujayralaridagi glikogen qin basillalari (Bacillus vaginalis) ning hayot faoliyati natijasida hosil bo‘ladigan moddalar ta’sirida parchalanib, sut kislota hosil qiladi. Qin basillalari (Doderleyn tayoqchalari) sog‘lom ayollar qinida doim yashaydigan mikroorganizmlar (normal flora) hisoblanadi.
Mikroflora harakteriga qarab qin tozaligi to‘rt darajaga bo‘linadi.

Download 1,18 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish