Ориф Толиб
Noma — o’zbek mumtoz adabiyotining janriy ko’rinishlaridan biri. Lug’aviy jihatdan bu forsiy so’z «xat», «maktub» degan ma'noni anglatadi. Istilohiy ma'nosi ham shundan kelib chiqadi. Chunki shaklan noma janriga doir asarlar xat, maktub tarzida bitiladi.
Biroq endi buni boshqa asarlar ichida qahramonlarning bir-biriga maktub yo’llashi bilan bir narsa deb tushunmaslik kerak. Masalan, Alisher Navoiyning «Farhod va Shirin» dostonidan Farhodning Shiringa, Shirinning Farhodga, shuningdek, «Layli va Majnun»dan Laylining Majnunga, Majnunning Layliga maktublari o’rin olgan. Mustaqil biror asar tamoman noma usulidan foydalanilgan holda bitilsagina, u noma janriga daxldor hisoblanadi.
Xorazmiyning «Muhabbatnoma»si o’zbek mumtoz adabiyoti-dagi noma janrining ilk yorqin namunasi sanaladi. Albatta, «Muhabbatnoma» faqat nomalar yig’indisi emas, unda g’azal, qit'a, fard kabi kichik lirik janrlarga xos asarlar ham mavjud. Lekin asardagi o’n bir noma asar tuzilishining bosh xususiyatini belgilaydi. Shoir shundan kelib chiqib «noma» so’zini asar nomiga ham chiqazgan.
Xorazmiyning nomanavislik an'anasini adabiyotimizda Xo’jandiy «Latofatnoma»si, Yusuf Amiriy «Dahnoma»si, Said Ahmad «Taashshuqnoma»si, Sayyid Qosimiy «Haqiqatnoma»si va «Sadoqatnoma»si bilan davom ettirdi.
«Noma» so’zini asar nomiga tirkash bu janrga taalluqli bo’lmagan boshqa asarlarda ham uchraydi. Masalan, Salohiddin Toshkandiyning «Temurnoma», Zahiriddin Muhammad Bobur-ning «Boburnoma», uning nevarasi Gulbadanbegimning «Humo-yunnoma» asarlari nomlarida «noma» so’zi ham qo’llangani bilan ular noma emas, sarlavhada qayd etilgan shaxs hayoti bilan bog’-liq tarixiy asar ma'nosini anglatadi.
QOFIYA
Adabiyotning asosi bo’lmish badiiy nutqning ikki shakli — she'riy va nasriy ko’rinishlari mavjudligini bilasiz. Adabiyotshunos-larning ta'kidlashicha, she'riy nutq o’zining kelib chiqishi jihatidan qadimiyroq hisoblanadi. Buni shu narsa ham isbotlaydiki, barcha xalqlar adabiy yodgorliklarining ilk namunalari she'riy yo’lda bitilgan. Nasriy asarlar esa nisbatan keyinroq yaratilgan.
She'riy asarlar muayyan bir o’lchov — vazn asosidagi ritm (bir xil takrorlanuvchi ohang)ga ega bo’ladi. Ular o’zining musiqiyligi, his-tuyg’ular bo’rtma shaklda ifodalanishi bilan o’quvchiga tez va samarali ta'sir ko’rsatadi. Lirik asarlarda muayyan bir kayfiyatga alohida urg’u beriladi, ritmik ohang mazmun bilan uyg’unlashib ketadi.
Buning yorqin misolini biz G’afur G’ulomning «Vaqt», «Sog’inish» singari she'rlarida ko’rdik.
She'r tuzilishida, uning musiqiyligini kuchaytirishda ohang hosil qiluvchi va uni kuchaytiruvchi qofiyaning katta ahamiyati bor.
Misra yakunida so’z, qo’shimcha, ba'zan esa, so’z birikma-larining ohangdosh bo’lib kelishi she 'riy qofiya deyiladi. Qofiya lirik asarning musiqiyligi, ohangdorligi va ta'sirchanligini kuchaytiradi, asarning yod olinishini osonlashtiradi. She'r o’qiganingizda, yoddan aytganingizda yoki uni tinglaganingizda qofiya misraning tugaganligidan darak berishini yaqqol his qilasiz:
Boshing egib, ta'zim ayla, shukrona ayt Seni guldek erkalagan chaman uchun, Osmonlarda yurgan bo’lsang, tuproqqa qayt, Aytgil, do’stim, nima qildik Vatan uchun?
(Iqbol Mirzo)
She'riyatda qofiyaning bir necha turlari mavjud: toiiq (to’q) va to’liqsiz (och) qofiya, unlilar yoki undoshlar ohangdoshligiga asoslangan qofiyalar. Toiiq (to’q) qofiyada qofiyadosh so’zlarning tovush tarkibi toia mos keladi: «bahorim — dildorim», «so’ralar— mo’ralar», «yuragimgacha — suyagimgacha» va boshqalar. Toiiqsiz (och) qofiyalarda so’zlarning tovush tarkibi qisman mos keladi: «dahriy— qahridan», «tutun — Alovuddin» singari.
Qofiyalarning tartibi degan tushuncha ham bor. U she'r bandidagi misralarning o’zaro qofiyalanish tartibini anglatadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |