Mavzu: Burchak va chiziqli tezliklarning o’zaro bog’liqligi
Reja:
Aylanma harakat
Chiziqli tezlik
Burchak tezligi
Aylanma harakat
Trayektoriyasi aylanadan iborat bo'lgan harakatga aylanma xarakat aytiladi. Aylanma harakat egri chiziqli harakatning xususiy holidir. Egri chiziqli harakatda egrilik radiusi va aylana markazi o'zgarib turadi, aylanma harakatda esa egrilik radiusi va aylana markazi hech qachon o'zgarmaydi. Trayektoriyasi aylanadan iborat bo‘lgan jism teng vaqtlar ichida teng burchaklarga burilsa, bunday harakat tekis aylanma harakat deyiladi. Boshqacha aytganda aylanma harakatda chiziqli tezlik o‘zgarmasa, bunday harakat tekis aylanma tekis harakat deyiladi. Tekis aylanma harakatdagi
kattaliklarni xuddi to‘g‘ri chiziqli tekis harakatdagi kattaliklarga o‘xshatish mumkin.
T ekis aylanma harakat qilayotgan jismning burchak koordinatasi t vaqt ichida φ dan φ gacha tekis o'zgarsa, burilish burchagining vaqtga nisbatiga teng kattalik burchak tezlik deyiladi.
Boshqacha aytganda, burchak tezlik vaqt bo'yicha burchakdan olingan birinchi tartibli hosilaga teng bo‘ladi. Tekis aylanma harakat qilayotgan jismning harakat tenglamasi quyidagicha boladi:
φ = (φ0 + ωt)
Yuqoridagi formulani to‘g‘ri chiziqli tekis harakatdagi harakat tenglamasiga o'xshatish mumkin. Burchak tezlik vektor kattalik boTib, uning yo'nalishi o‘ng parma qoidasi bo‘yicha aniqlanadi. Agar o‘ng parmaning aylanish yo'nalishi chiziqli tezlik vektorini ko'rsatsa, ilgarilanma harakat yo‘nalishi esa burchak tezlik vektorini ko‘rsatadi. Burchak tezligi vektorining uchidan qaraganda jismning aylanishi soat strelkasiga qarama-qarshi bo’lib ko‘rinadi.
Aylanma harakat qilayotgan jismning bir marta to‘liq aylanib chiqishi uchun ketgan vaqti aylanish davri deyiladi va T bilan belgilanadi. Olchovbirligi [r]=[^] boTadi.
Aylanma harakat qilayotgan jismning t vaqt ichidagi aylanishlar soniga aylanish chastotasi deyiladi va v bilan belgilanadi. Olchov birligi [v]= [s' 1 = 1/ s = G.sJ boladi. Aylanma harakat qilayotgan jismning n sekund vaqt ichidagi aylanishlar soni burchak tezlik (yoki siklik chastota) deyiladi va ω bilan belgilanadi. Olchov birligi [ω] = [rad /s] boladi.
Agar aylanma harakat qilayotgan jism t vaqt ichida N marta aylansa, m , v , T kattali r
quyidagicha boladi:
Tekis aylanma harakat qilayotgan jismning chiziqli va burchak tezliklari orasidagi bog’liqlik quyidagicha bo‘ladi
Agar avtomobil v tezlik bilan ketayotgan bo’lsa, avtomobil gildiragining markazi, ya’ni o‘qidagi tezlik ham $ ga teng bo’lib, yo‘nalishi ham gorizontal yo‘nalgan boladi. G'ildirakning markazidan boshqa barcha nuqtalaridagi tezlik miqdor va yo‘nalish jihatidan turlicha boladi. G‘ildirakning yerga tegib turgan nuqtasining tezligi tegib turish onida nolga teng boladi, ya’ni bir on, bir lahza davomida yerga nisbatan qo‘zg‘almas holatni egallaydi. Shuning uchun g‘ildirakning sirtga tegish nuqtasi tezliklarning oniy markazi deyiladi. Boshqa barcha nuqtalar o‘sha oniy nuqta atrofida bir on, bir lahza davomida oniy aylanma harakat qiladi. G‘ildirakning hohlagan nuqtasining tezligini topish uchun o‘sha nuqtadan oniy marlcazgacha masofani burchak tezlikka ko‘paytiramiz. Yo'nalishini esa o‘sha nuqta va oniy markazni tutashtiruvchi kesmaga perpendikulyar qo'yamiz. Tekis aylanma harakatda tezlikning miqdori o'zgarmasdan, yo‘nalishi esa har onda tinimsiz o‘zgarib turadi. Shuning uchun egrilik markaziga qarab yo‘nalgan va markazga intilma tezlanish deb ataluvchi tezlanish paydo boladi. Demak markazga intilma tezlanish harakat yo'nalishi o‘zgarganda hosil boiadigan tezlanish ekan.
Tekis aylanma harakatda markazga intilma tezlanish quyidagicha bo‘ladi.
a= /R
Do'stlaringiz bilan baham: |