O‘rmalovchi ayiqtovon (Ranunculus repens) - nam joylarda ko‘p uchraydigan o‘t bo‘lib,ildiz yonidan chiqqan uchta-uchtalik yopirma barglari (rozetkasi)bor. Gullari qimoz tipda shoxlanadigan yoyiq to‘pgul bo‘lib turadi. Gulning qo‘sh gulqo‘rg‘oni bor.Bu gulqo‘rg‘on 5 ta gulqo‘rg‘on, 5 ta gulkosacha va och sariq rangli 5 ta gultojbarglardan tashkil topgan. Har qaysi gulbarg tagida nektardonli kichkina chuqurcha bor,bu chuqurcha sariq rangli tangacha bilan bekilib turadi. Otaliklar soni cheksiz sonda bo‘lib spiral xolda joylashgan.Ulardan yuqoriroqda talaygina onaliklar joylashgan. Har kaysi onalik bitta meva bargchasidan iborat bo‘lib, ularda ko‘zga arang ilinadigan ustuncha bor. Bir uyali tugunchada bitta urug‘kurtak bo‘ladi. Mevasi ochilmaydigan quruq meva-yong‘oqchadan iborat. - O‘rmalovchi ayiqtovon (Ranunculus repens) - nam joylarda ko‘p uchraydigan o‘t bo‘lib,ildiz yonidan chiqqan uchta-uchtalik yopirma barglari (rozetkasi)bor. Gullari qimoz tipda shoxlanadigan yoyiq to‘pgul bo‘lib turadi. Gulning qo‘sh gulqo‘rg‘oni bor.Bu gulqo‘rg‘on 5 ta gulqo‘rg‘on, 5 ta gulkosacha va och sariq rangli 5 ta gultojbarglardan tashkil topgan. Har qaysi gulbarg tagida nektardonli kichkina chuqurcha bor,bu chuqurcha sariq rangli tangacha bilan bekilib turadi. Otaliklar soni cheksiz sonda bo‘lib spiral xolda joylashgan.Ulardan yuqoriroqda talaygina onaliklar joylashgan. Har kaysi onalik bitta meva bargchasidan iborat bo‘lib, ularda ko‘zga arang ilinadigan ustuncha bor. Bir uyali tugunchada bitta urug‘kurtak bo‘ladi. Mevasi ochilmaydigan quruq meva-yong‘oqchadan iborat.
Bu oilaga: adonis yoki suvur o‘t-Adonis,sedana-Nigella, isparak (Delphnium), akonit-Aconitum, kabi avlodlar ham kiradi. - Bu oilaga: adonis yoki suvur o‘t-Adonis,sedana-Nigella, isparak (Delphnium), akonit-Aconitum, kabi avlodlar ham kiradi.
- Akonit avlodi-(Aconitum). Bu avlod vakillari ildizlari tuganaksimon, bo‘rtgan, poyasi tik chiqqan, barglari panjasimon qirqilgan yirik gulli o‘t o‘simliklar bo‘lib ularning gullari noto‘g‘ri, ko‘k, binafsha, sariq ba’zan oq ranglidir. Gulqo‘rg‘oni tojsimon. Mevasi ko‘p urug‘li, bargsimon bo‘ladi. Akonitning barcha turlarida akonitin alkaloidi bor.Tanasining barcha qismi zaharlidir. Ko‘pincha dorivor va dekorativ o‘simlik sifatida ekib o‘stiriladi. Dori bo‘ladigan o‘simliklar orasida bahor suvur o‘ti (Adonis vernalis) hammadan ko‘proq ishlatiladi. Bularning yer ustki qismidan yurak kasalliklarini davolashda qo‘llaniladigan adonizit va adonin brom nomli preparat tayyorlanadi. Pionlar, isparaklar manzarali o‘simliklar sifatida ekib o‘stiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |