1.3. Inson resurslarining o‘ziga xos xususiyatlari
Korxona va tashkilot o‘z oldiga qo'yilgan maqsadlarni ro'yobga chiqarish uchun barcha resurslardan - professorlar va ekspeditorlar mehnatidan, laboratoriya jihozlari va metallga ishlov berish stanoklaridan, prokat stanoklaridan, neft va paxta xom ashyosidan, metall rudasi va suvdan, pul
vositalaridan foydalanadi. Foydalaniladigan resurslar qanchalik xilma-xil bo'lmasin, ular an’anaviy ravishda uchta guruhga bo'linadi: natural yoki tabiiy resurslar (fransuz iqtisodchisi J.B. Eyting ta’rifi bo‘yicha yer); moddiy resurslar (kapital) va inson resurslari. Ularni ishlab chiqarish omili deb atash mumkin.
Insonlami boshqarish har qanday korxona va tashkilotni boshqarishning tarkibiy qismidir (moddiy va tabiiy resurslami boshqarish bilan bir qatorda). Biroq o‘z ta’riflariga ko'ra, odamlar tashkilotlar foydalanadigan har qanday resurslardan farq qiladi. Binobarin, ular boshqarishning alohida usullarini talab etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |