Ayev В. Ch., ndKirish «inson resurslari iqtisodiyoti» fanining predmeti va mazmuni L l. Inson resurslari to‘g’risida tushuncha



Download 1,27 Mb.
bet3/129
Sana30.12.2021
Hajmi1,27 Mb.
#192631
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   129
Bog'liq
2 5431881092422438601

«Inson resurslari » tushunchasi XX asrning oxirlarida yuzaga keldi. Bu davrda yirik korxonalar kadrlarga ehtiyoj seza boshladi. Kadrlar tayyorlashni rejalashtirish va ulardan samarali foydalanish yo‘llarini izlab topish harakati kuchaydi. Har bir xodimning qobiliyatini oshirish maqsadida katta mablag’lar ajratila boshlandi. Ishchi kuchining tarkibi va unga qo'yiladigan talablar oshib

bordi. Ishchilarda yuqori egiluvchanlik, turli imtiyozlarga moyillik, kasbiy tayyorgarlik va kompyuterlashgan ishlab chiqarishda ishtirok etish ishtiyoqi paydo bo‘ldi. Fan-texnika taraqqiyotining tezlashishi iqtisodiyotda ham tub burilishlar yasadi. Inson texnologikjarayonlarni nazorat qiluvchi va taitibga soluvchiga aylandi. Undan yangi bilimlarni egallash, kasbiy malakasini oshirish, mustaqil fikrlash, ijodiy faollik va tashabbuskorlik talab etila boshladi.

Inson resurslari — odamlardir. Ular faqat moddiy ne’matlar yaratibgina qolmay, ne’matlarni iste’mol ham qiladilar. Odamlar o'zlarining moddiy va ma’naviy ehtiyojlari jihatidan bir xil emaslar. Bunga ularning jinsi, yoshi, sog’lig’i, oilaviy ahvoli, ma’lumot darajasi va boshqa ijtimoiy, psixo-fiziologik sifatlari

sabab bo‘ladi. Shuning uchun biri ikkinchisiga o‘xshamaydi (l.l-chizma(62).

Mehnat sohasida odamlarning muhim ehtiyojlari amalga oshadi, lekin hamma ehtiyojlari ham ro‘yobga chiqavermaydi. Shu boisdan inson mehnatidan samarali foydalanish uchun uning shaxs sifatidagi talablarini ham esda tutish muhimdir. Boshqacha aytganda, iqtisodiyotning muvaffaqiyatli rivojlanishi shuni taqozo qiladiki, murakkab xo‘jalik mexanizmining amal qilishi inson resurslarining sifat darajasi bilan belgilanadi. (21)Har qaysi fuqaro, har qaysi inson jamiyat taraqqiyoti va uni yangilashga bo‘lgan o‘z munosabati va o‘rnini aniqlab olishi zarur..2. Ishlab chiqarish tizimida inson resurslari

Inson resurslari nazariyasi inson omilining korxonadagi ijtimoiy-iqtisodiy tizimlari yig’indisidan tashkil topgan. Rivojlanish va taraqqiyot natijasida, iqtisodiy hayotning sub’ekti sifatida inson to‘g’risida «ishchi kuchi», «inson omili», «inson resurslari», «inson kapitali» tushunchalari yuzaga keldi. Ushbu kategoriyalarni alohida ko‘rib chiqsak, ularning mazmunini ham ochib bergan boiamiz. Fan-texnika taraqqiyoti inson resurslariga sifat jihatidan yangicha yondashuvni talab etadi.

Har qanday mamlakat asosini unda mavjud bo‘lgan aholi tarkibidagi inson resurslari soni tashkil etadi. Inson resurslari jismoniy va aqliy qobiliyatga ega

bo‘lib, mehnat jarayonida moddiy ne’matlar va xizmatlarni yaratadilar. Ularda

jamiyatning mehnatga boigan ijtimoiy qobiliyati jamlangan bo‘ladi.

Inson resurslari tarkibiga ijtimoiy ishlab chiqarishda ishtirok etmayotgan ayrim shaxslar (uy bekalari, talabalar) ham kiritilishi mumkin. Bu tarkib

mehnat zahiralarini tashkil etadi. Ulardan kelajakda foydalanish mumkin.

Jamiyatning inson resurslari demografik, tarmoq, kasbiy daraja va hududiy ko'rsatkichlar bilan tavsiflanadi. «Ishchi kuchi» va «mehnat resurslari» tushunchalari bir xil mazmunga ega emas. Chunki mehnat qobiliyat va ko‘nikmasiz amalga oshirilmaydi. Inson qobiliyati faqat mehnat jarayonida ro‘yobga chiqadi. Ishchi kuchi esa insonlarning qobiliyat salohiyatini aks ettiradi.

Makroiqtisodiyotda «iqtisodiy faol aholi» va «ish bilan bandlik» tushunchalari muhim ahamiyatga ega. Halqaro mehnat tashkilotining tasnifi

(klassifikatsiyasi)ga asoslanib 0 ‘zbekiston aholisining mehnat yoshiga kirib kelish

16 yosh qilib belgilangan. Iqtisodiy faol aholini hisobga olishda uchta kategoriyadan foydalaniladi: ish bilan band aholi, ishsizlar, ishchi kuchidan tashqaridagilar. Ish bilan band aholi va ishsizlar yig’indisi ishchi kuchini, ya’ni joriy davrda o‘z ishchi kuchini faol taklif etuvchilardan tashkil topadi. Uchinchi guruh vakillariga ishga, ish haqiga ega bo‘lmagan, ish izlamayotgan, mehnat yoshiga toimagan yoki mehnat yoshidan o‘tgan shaxslar kiradi. Ular odatda, iqtisodiy nofaol aholi, deb ataladi.

Inson resurslarining ishchi kuchiga aylanish jarayoni bir qancha bosqichlarni bosib o‘tadi. Dastlabki bosqichda mehnat resurslari ishchi kuchining salohiyatli qismi bo‘lib, ular mehnat vositalari va qurollari bilan ishlash tajribasini orttirgan.

Ikkinchi bosqichda esa mehnat resurslari ish joylariga taqsimlanadi. Shu tariqa jismoniy va aqliy qobiliyatlaming mehnat jarayonida sarflanishi ro‘y beradi. Mehnat resurslari bu jarayonda ishchi kuchiga aylanadi. Uchinchi bosqichda ishchi kuchi

vaqt sarflab, moddiy ne’mat yaratadi va bu ne’mat iste’mol qiymatiga ega bo'ladi. Ishchi kuchi mehnat faoliyatini to'xtatishi bilan yana mehnat resursi tusini oladi. Shu sababli mehnat resursi mehnat salohiyatidan o‘z mehnati bilan ishlab chiqarishda ishtirok etish imkoniyatiga ko‘ra farqlanadi. «Mehnat salohiyati», «ishchi kuchi», «mehnat resurslari» tushunchalari bir-biridan farq qiladi. Mehnat

Иnsoniy omil — bu, nafaqat jamoa ishchisi, balki inson - jamoa sub’ekti bo‘lib, ijtimoiy hayotda demografik, iqtisodiy va siyosiy tarkibga ega, ularning o‘zaro aloqadorligi jamiyat taraqqiyotini belgilab beradi. Shaxsiy insoniy omil — ishlab chiqarishning shaxsiy omilidir. Unga faoliyatdagi ishchi kuchi va

uning sifat ko‘rsatkich!ari yig’indisi shaklida qaraladi (25).




Download 1,27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   129




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish