Ish bilan bandlar- a) pul bilan to'lanadigan yoki natural xolidagi haq evaziga yollanib, shuningdek, o‘z faoliyati evaziga qancha muddat haq yoki daromad olishidan qat’iy nazar, foyda yoki oilaviy daromad olish uchun yollanmasdan haftasiga kamida 2 soat mobaynida ish bajargan; b) kasalligi yoki jarohatlanganligi tufayli, bemorlarga qarab turish uchun; yillik mehnat ta’tili yoki dam olish kunlarida; o‘z ish joyidan tashqarida ta’lim olganligi uchun; ma’muriyat tashabbusi bilan ta’minoti saqlab qolingan yoki saqlab qolinmagan holda mehnat ta’tilida boigan va boshqa shunga o‘hshash sabablar bilan vaqtincha ishda
bo'lmagan; vjoilaviy korxonada haq olmasdan ish bajargan shaxslar hisoblanadi.
Ishsizlar — bu xalqaro tashkilotlaming bergan ta’rifiga binoan ishga ega bo'lmagan, ishlashga tayyor va ish izlayotgan fuqarolardir.
Do'stlaringiz bilan baham: |