O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI XALQ TA`LIM VAZIRLIGI
JIZZAX VILOYAT XALQ TA`LIM BOSHQARMASI
JIZZAX TUMANI X T M F M T VA T E
BO`LIMIGA QARASHLI
14-SONLI UMUMTA`LIM MAKTABNING
O’ZBEKISTON DAVLATI VA HUQUQI
ASOSLARI FANI O`QITUVCHISI
AXROROVA DILFUZANING
8-SINFLAR UCHUN “O’zbekiston Respublikasida fuqarolik jamiyatining asoslari ” MAVZUSIDA BIR SOATLIK
DARS
ISHLANMASI
Sana:
Sinf: 8 “a”, “b”, “v”
Dars:O’zbekiston davlati va huquqi asoslari
Mavzu: O’zbekiston Respublikasida fuqarolik jamiyatining asoslari
Maqsad:
Ta’limiy maqsad: Mavzu haqida o’quvchilarga batafsil ma’lumot berish; mavzudagi huquqiy atamalarini tushunchasini singdirish;
Tarbiyaviy maqsad: Vatanparvarlik va O’zbekiston Respublikasi hizmat qiuvchi , o’z bilimi va kuchiga ishongan, haqiqiy fuqarolik pozitsiyasiga ega bo’lishni singdirish;
Rivojlantiruvchi maqsad: Egallagan bilim, ko’nikma, malakalarini hayotda ham qo’llay olish imkoniyatlarini shakllantirish.
Dars turi: yangi bilim berish va mustahkamlash
Dars jihozi:
1. 8- sinf O’zbekiston davlati va huquqi asoslari darsligi;
2.Me’yoriy materialar:
-O’zbekiston Respubliksi Konstitutsiyasi;
-“Jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish Milliy dasturi”
3.Adabiyotlar:
- I. Karimov “Yuksak ma’naviyat –yengilmas kuch”
-“Ma’naviyat ko’zgusi” mualliflar jamoasi
-A.Oripov “Adolat ko’zgusi” she’riy to’plami
-Muhammadyusuf “ Xalq bo’l elim” she’riy to’plami.
Tayanch atamalar:
Fuqarolik jamiyati institutlari,nodavlat va notijorat tashkilotlar, uchinchi sektor, inson huquqlari tashkilotlari,mahalla
Dars metodlari:
“Vatan madhi” ,“Har bir darsga bir kitob”, blits-so’rov, aqliy hujum, klaster, konstitutsiya charxpalagi
Darsning taqsimlangan blok-chizmasi
-
T/r
|
Dars bosqichlari
|
Vaqti
|
1
|
Tashkiliy qism
|
3 minut
|
2
|
O’rganilgan materiallarni takrorlash
|
7 minut
|
3
|
Yangi mavzu bilan tanishish
|
15 minut
|
4
|
Yangi mavzuni mustahkamlash
|
9 minut
|
5
|
“Konstitutsiya charxpalagi” o’yini
|
8 minut
|
6
|
Dars yakunlarini chiqarish
|
2 minut
|
7
|
Uyga topshiriqlar berish
|
1 minut
|
Darsning borishi
1.Tashkiliy qism:
a) salomlashish;
b)tozalikka e’tibor;
v)davomatni aniqlash;
d)o’qituvchining kirish so’zi. “Vatan madhi”
O,ota makonim,
Onajon o’lkam,
O’zbekiston, jonim to’shay soyanga,
Senday mehribon yo’q seningdek ko’rkam,
Rimni alishmasman,bedapoyangga.
Bir go’sha suv bo’lsa, bir go’sha qirlar,
Qancha yurtni ko’rdim, qancha taqdirlar.
Qayga borsam, boshni tik tut deb,
Tog’laring ortimdan ergashib yurar.
Bildimki baridan ulug’im o’zing,
Bildimki,yaqini shu tuproq menga,
Bahorda bahmalda tug’ilgan qo’zing,
Arab ohusidan azizroq menga,
Sen bilan o’tgan har kun bayramdir bazm,
Sensiz bir on qolsam vahmim keladi,
Seni bilganlarga qilaman ta’zim,
Seni bilmaslarga rahmim keladi.
2. O’rganilgan materiallarni takrorlash:
Blits- so’rab bilish savollari:
1.Fuqarlik jamiyati qanday jamiyat?
2.“Fuqarolik jamiyati” tushunchasi qachon,qayerda paydo bo’lgan?
3.Abu Nasr Farobiy qanday asarlarini bilasiz?
4. Abu Nasr Farobiy o’z asarlarida fuqarolik jamiyati haqida qanday tushunchalar berib o’tgan?
5. Fuqarolik jamiyati xususiyatlari ijtimoiy,iqtisodiy va ma’naviy sohalarda qay tarzda namoyon bo’ladi?
6.Prezidentimiz I.Karimov “Yuksak ma’naviyat- yengilmas kuch” asarida fuqarolik jamiyatini nimaga qiyoslaydi?
7.Demokratik jamiyat Prezidentimiz I.Karimov talqinida qanday jamiyat?
8. Ali ibn Abu Tolibning ”Adolat- oxiratda najot, dunyoda saodat boshidur” hikmatli so’zini izohlang.
9.Abu Nasr Farobiy qanday nomga sazovar bo’lgan?
10.Fuqarolik jamiyatida shaxs-shaxs, shaxs-davlat munosabatlari qanday tartibga solinadi?
3.Yangi mavzu bilan tanishish:
Fuqarolik jamiyati ,davlatning tazyiqisiz, qonun doirasida vujudga kelgan muayyan kishilik jamiyatining ixtiyoriy o’zini-o’zi boshqarishidir.
Jahonning bir qator taraqqiy etgan davlatlari singari O’zbekiston Respublikasida ham fuqarolik jamiyatini shakllantirish muhim ustivor vazifa sifatida davlat islohatining bosh mezoniga aylantirildi.
Ayni davrda O’zbekistonda fuqarolik jamiyatining quyidagi belgilari shakllanib bormoqda:
1.Siyosiy partiyalar va ijtimoiy-siyosiy harakatlar.
2.Jamoat tuzilmalari.
3.Nodavlat, notijorat tashkilotlar.
4.Ta’lim-tarbiya muassasalari.
5.Diniy tashkilotlar.
6.Milliy-madaniy markazlar.
7.Jamoatchilik fikrini o’rganish tashkilotlari.
8.Oila va uning manaatlarini aks ettiruvchi maxsus tashkilotlar.
9.Fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish orgalari.
10.Ommaviy axborot vositalari.
11.Demokratok saylov tizimi.
2010-yil 12-noyabrda O’zbekiston Respubikasi Oliy Majlis palatalari qo’shma majlisidagi O’zbekiston Respubikasi Prezidenti Islom Karimovning “Mamlakatimizda demokratik islohatlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish” konsepsiyasi ma’ruzasida
- Fuqarolik institutlarinin ahamiyatini oshirishga, fuqarolarning eng muhim ijtimoiy va iqtisodiy muammolarni hal qilishga qaratilgan 200 dan ortiq qonun hujjatlari qabul qilingani;
- Nodavlat , notijorat tashkilotlar soni 2000 yilga nisbatan 2,5 barobarga oshgani;
- Mahallalar soni 10 mingtadan ortiqni tashkil etgani;
-Oliy Majlis huzuridagi Jamoat fondi , “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati, O’zbekiston Xotin-qizlar qo’mitasi, “Sog’lom avlod uchun”, “Nuroniy” jamg’armalari, Ijod fondi kabi institutlar faoliyati keltirilgan.
Inson huquqlari bo’yicha tuzilgan tashkilotlar ham fuqarolik jamiyati institutlariga kiradi:
-
Ombudsman;
-
Inson huquqlari bo’yicha miliy markaz;
-
“Ijtimoiy fikr” jamoatchilik markazi;
-
Amaldagi qonun hujjatlari monitoring instituti.
“Uchinchi sektor” bo’lgan fuqarolik jamiyati institutlarini qo’llab-quvvatlashni kuchaytirish uchun davlat budjetidan katta mablag’ sarflab, uning nazoratini tuzilmalarning mas’ul xodimlaridan tarkib topgan Parlament komissiyasi tashkil qilgani ham e’tiborga sazovordir.
Fuqarolik jamiyati institutlari shakllantirish va rivojlantirish uchun quyidagi qonun hujjatlari qabul qilindi:
-“Nodavlat notijorat tashkilotlar faoliyatining kafolatlari tog’risida”gi;
“Jamoat fondlari to’grisi”gi;
“Homiylik to’grisi”gi qonunlar.
-O’zbekiston Respubikasi Prezidentining “O’zbekistonda fuqarolik jamiyati institutlari rivojlanishiga ko’maklashish chora- tadbirlari tog’risida”gi qarori;
- O’zbekiston Respubikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senati Kengashlarining “Nodavlat notijorat tashkilotlarini,fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo’llab-quvvatlashni kuchaytirish chora tadbirlari tog’risi”dagi qo’shma qarorlar .
Qonunchilik hujjatlari:
-
fuqarolik jamiyati institutlarini tashkil qilish va rivojlantirish;
-
ularning mustaqilligi va to’laqonli faoliyat olib borishi uchun qonuniy sharoit yaratish;
-
moddiy-texnikaviy ta’minotini yo’lga qo’yish;
-
ijtimoiy faolligini oshirish;
-
davlat va hokimiyat ustidan ta’sirchan nazoratni amalga oshirishdagi rolini kuchaytirishga qaratilgan.
O’zbekistonda milliy o‘zini o’zi boshqarish tuzilmalari ichida sharqona demokratiya va sharqona tarbiyaning boshlang’ich maktabini o‘tovchi, jamoatchilik fikriga asoslangan munosabatlar o’zaro mehr-muruvvvat,o’zaro hurmat va yordam ruhida barpo bo’lgan asriy an’ana va urf- odatlar maskani mahalla alohida kasb etadi.
Ammo bunun har hil ma’naviyatimizga tahdid bo’layotgan- ilmsizlik, didsizlik, mahalliychilik va korrupsiya,ichkilikbozlik,giyohvandlik,egosentrizm, pornografiya, xalqaro terrorchilik , diniy aqidaparastlik kabi illatlar va qusurlar fuqarolik jamiyati institutlarining faoliyatiga salbiy ta’sir ko’rsatib kelmoqda. Bunday oxiri mahdudlik,manqurtlikka olib keluvchi illatlarni hozirgi zamonamiz mutaxassislari bir boshini kessalar,o’rniga ikki, uchta bosh o’sib chiquvchi afsonaviy “Gidra”ajdariga qiyoslamoqda. Ularni tag tomiriga bolta urish esa siz yoshlarning ma’naviy salohiyatingizga bog’liq.
O’zbekistonda yoshlar fuqarolik jamiyati ijtimoiy negizini tashil qiladi. Shunday ekan,siz aziz,sog’lom va barkamol yoshlar yaxshi xulqingiz va a’lo baholar va bilimingiz bilan foal fuqarolik pozitsiyasiga ega komil inson bo’lib yetshishingiz darkor. Milliy mentalitetimizga ma’naviyatimizga tahdid soluvchi illatlardan uzoq yuring.Zero,
Yaxshi birla yursa har kim, maqsudi hosil bo’lur,
Yursa nodonlar ila, bir kun borib qotil bo’lur.
4.Yangi mavzuni mustahkamlash:
1.Fuqarolik jamiyatiga ta’rif bering.
2. O’zbekistonda fuqarolik jamiyatining qanday belgilari shakllanib bormoqda?
3.Konsepsiyada fuqarolik jamiyati institutlari haqida qanday ma’lumotlar berilgan?
4.Yurtimizda Inson huquqlari bo’yicha qanday tashkilotlar tuzilgan?
5.“Uchinchi sektor” qanday tashkilot?
6. Fuqarolik jamiyati institutlari shakllantirish va rivojlantirish uchun qanday qonun hujjatlari qabul qilindi?
7.Ushbu qonunchilik,hujjatlari qanday maqsadlarga hizmat qiladi?
8.Mahallaning hayotimizdagi rolini ayting.
9. O’zbekistonda kimlar fuqarolik jamiyati ijtimoiy negizini tashil qiladi?
10.Amir Temur bobomizning hikmatlar bo’stonidagi “Davlat ishlarining 9 ulushini kengash,tadbir, mashvarat, qolgan bir ulushini qilich bilan bajo keltirilur” degan so’zlarini izohlang.
5.”Konstitutsiya charxpalagi” o’yini o’ynaladi.
O’quvchilar “Qaror”, “Qonun” va “Konstitutsiya” kartochkalari bilan baholanadi. 6.Dars yakunlarini chiqarish.
O’zbekistonda yoshlar fuqarolik jamiyati ijtimoiy negizini tashil qiladi. Shunday ekan,siz aziz,sog’lom va barkamol yoshlar yaxshi xulqingiz va a’lo baholar va bilimingiz bilan foal fuqarolik pozitsiyasiga ega komil inson bo’lib yetshishingiz darkor. Milliy mentalitetimizga ma’naviyatimizga tahdid soluvchi illatlardan uzoq yuring.Zero,
Yaxshi birla yursa har kim, maqsudi hosil bo’lur,
Yursa nodonlar ila, bir kun borib qotil bo’lur.
7.Uyga topshiriqlar berish:
Mavzuga oid qo’shimch adabiyotlardan foydalanib, ma’lumotlar to’plab kelish.
Do'stlaringiz bilan baham: |